Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Iqtisodiy davrlarning xususiyati va koʻrinishi



Download 12,22 Mb.
bet228/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Iqtisodiy davrlarning xususiyati va koʻrinishi

Iqtisodiy taraqqiyot doimiy tebranishlarga uchrab turadi – pasayish, tanglilik davrlari iqtisodiy faollik va koʻtarilish bilan almashadi. Iqtisodiy oʻsishning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan bogʻliq. Shu tufayli asosiy fondlarni sakrash yoʻli bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tatbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamgarish va investitsiyalar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik oʻzgaradi. Iqtisodiy oʻsish holatida ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan boʻlib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:



  • qisqa (3-4 yil) muddatli, tovar-moddiy zaxiralarning oʻzgarishi bilan asoslangan;

  • oʻrta (7-8 yil) muddatli asosiy fondlar asbob–uskunalarni almashtirishi sifatidagi oʻzgarishlaridan kelib chiqadi;

  • Kuznets davri (15-20 yil), qurilish davr nazariyasining asoschisi Amerika iqtisodchisi Saymon Kuznets nomi bilan atalgan. Bu davrlar turar joylarni va ba’zi ishlab chiqarish inshootlarni vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda yangilanishi bilan bogʻliq boʻlgan tebranishlardir;

    • uzun toʻlqinlar (50-60 yil), infrastrukturani yangilanishi va tubdan yangi texnologik jarayonlarni kiritish bilan asoslanadi va rus tadqiqotchisi N.Kondratev nomi bilan nomlanadi.

Iqtisodiy davrni oʻrganish davlat tomonidan davriylikka qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash uchun zarurdir.

Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga erishish uchun intiladi va uni davlat siyosatining asosiy maqsadi deb biladi.

Chunki iqtisodiy oʻsish quyidagilarni bildiradi:


  • milliy mahsulot hajmini va daromadni muttasil koʻpayishini, oqibatda esa aholi farovonligini oʻsishini;

  • ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchlarini xoʻjalik oborotiga yanada toʻlaroq jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan resurslaridan toʻgʻri foydalanishni;

  • shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi yangi ehtiyojlarni va shu bilan bir vaqtda ularni qondirishning yangi imkoniyatlari paydo boʻlishi;

  • dunyo bozorida davlat ishonchining oʻsishi va oʻrni mustahkamlanishi.

Bu esa xalqaro ayirboshlashning nisbatan ustunlik qonuniga muvofiq qoʻshimcha xarajatsiz millatlar daromadini oshirishga olib keladi. Shu bilan birga iqtisodiy oʻsish ayrim salbiy oqibatlarga ham ega. Ularning ichida eng koʻzga tashlanadigani atrof-muhitga ortiqcha zoʻr berilishi va natijada uni ifloslanishi.

Barqaror iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlarni ta’minlash davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. U tartibga solish tayanchlaridan foydalanib, iqtisodiy oʻsishning ijobiy tomonlarini kuchaytirish va salbiy tomonlarini tekislash imkoniga ega.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish