O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet60/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Otaturksiz Turkiya

1930-yillar oxirlab qolgandi, Otaturkning oxirgi reformalari arafasi edi. 1937-yil oxiriga kelib mamlakatning birinchi prezidenti salomatligi yomonlasha boshladi. Uning jigar va buyraklarining eski kasalliklari mehnat layoqatiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu vaqtga kelib boshqaruvda va politik holatda ko‘p narsa o‘zgarishi boshlangandi. 1937-yilning sentyabrida I.Inyonyu kelishi oqibatida premer ministr bilan kelishmovchilik yuzaga keladi va uning iste’fosi bilan yakunlanadi. Uning o‘rnini Dj. Bayar egallaydi.

Istefoga chiqishidan oldin Inenyo shuni ta’kidladiki: “Otaturk atrifidagi odamlar Inyonyo shaxsiyatiga yomon munosabatda bo‘lgani uchun yarim oylik ta’tilga chiqib o‘rnini 21-sentyabrda Bayarga bo‘shatib berdi”.

1938-yil 26-may kuni Otaturk og‘ir kasal holida maxsus poezdda Anqaradan Istanbulga keldi. O‘limidan bir necha kun oldin u albatta Anqaraga, mamlakatning 15 yilligini nishonlash marosimiga qaytishiga ishonardi. Buning uchun unga stadionda maxsus ko‘tariluvchi o‘rindiq ham tayyorlab qo‘yilgan edi. Lekin bu rejalar amalga oshmay qoldi.1938-yil 29-oktyabrda Respublika kunini Anqara prezidentisiz nishonladi. Prezident o‘z uyidan uzoqda Istanbulda Do‘lmobog‘cha saroyida o‘lim yoqasida edi. Otaturk 10-noyabr kuni soat 9:15 o‘tganda vafot etadi. Bu kun hozirgacha Turkiyada motam kuni bo‘lib o‘tkaziladi. Keyingi kuni 11-noyabrda mamlakatni yangi prezidenti Ismet Inenyu tayinlandi. Dj.Baer boshchiligidagi yangi vazirlar maxkamasi tashkil etiladi. Arasning o‘rniga tashqi ishlar vaziri bo‘lib Shyukryu Sarajo‘g‘li tayinlanadi.

1938-yil 19-noyabrgacha Otaturkning qabri Do‘lmobog‘cha saroyida saqlandi, keyinchalik Izmit portidan daryo orqali va keyin maxsus poezd bilan Anqaraga yetkazildi. Ikki kun mobaynida xalq Otaturk bilan xayrlashish marosimini o‘tkazdi. Undan keyin qabr Etnografik muzeyda 15 yil saqlandi. 1953 yil(noyabr)ga kelib qabr maxsus qurilgan mavzoleyga ko‘chirildi, motam zali ostiga o‘rnatilib dafn etildi.

Ko‘plab xalqaro boshqaruv delegatsiyalari Turkiya Respublikasi prezidenti motam marosimiga 16-noyabrdan 26-noyabrgacha tashrif buyurdi. Sovet delegatsiyasidan Poyomkin boshchiligida tashrif amalga oshirildi. Sevastopoldan Istanbulgacha “Moskva” nomi ostida suzib o‘tdi. Istanbulda sovet kemasi 21 dona o‘q otib milliy mushaklarini amalga oshirib boshqa kemalr bilan birga marosimga qo‘shildi. Ular orasida –inglizlar kemasi “Moloe”, fransuzlar kemasi “Emil Bertin”, nemis kreyseri “Emden”, rumin esminsi “Redjina Mariya” va grek kemasi “Gidra” bor edi.

Uning yagona qonuniy merosxo‘ri Maqbule xonim, singlisi bo‘lib, u Chonkayda Otaturk bilan birga yashardi. Uning yana bir singlisi hadicha bo‘lib, lekin u 1901-yilda vafot etgandi. Mustafo Kemal uylangan edi, lekin uning nikohi omadsiz kechib, farzandlari ham bo‘lmagan. Otaturk vasiyati o‘qilishi 1938-yilda 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘in Anqaradagi 3-xalqaro sud maydonida, vazirlar, ichki va tashqi ishlar vazirlari, general xodimlar, shuningdek, Otaturkning singlisi, Anqara prokraturasi raisi, sudyalar, advokatlar va bir necha deputatlar ishtirokida kechdi. Vasiyatida keltirilgan ma’lumotlar Levant o‘g‘lu tomonidan yozilgan ,,Otaturkning” kitobidan olingan.

Unda aytilishicha Otaturk hisobidagi barcha boyliklar Respublika xalq partiyasiga o‘tkazilgan. Uchta shart bilan, Birinchidan, bu hisoblar markaziy bankda aylanma holatda bo‘ladi. Ikkinchidan undan olingan daromadlar vasiyatda sanab o‘tilgan shaxslar va organizatsiyalarga (tashkilotlarga) topshiriladi.

Vasiyatda alohida ko‘rsatilgan shaxslardan biri Otaturkning singlisi Mustafo-Kamolya ya’ni Moqbule xonim. Singlisiga merosning eng kata qismi qoldirilgan. Bu vaqtda u 53 yoshda edi, 1956-yil 71 yoshida vafot etdi. U Otaturk avlodining oxirgi yaqini edi.

Maqbuledan keying Orinda vasiyatda ismi tilga olingan inson bu Afet(Inon) bo‘lib, u Otaturkning asrab olingan qizi edi. U Otaturkning oxirgi paytlarida ham uning yonida ishalrida ko‘makdosh bo‘lgan.

Otaturkning kasalligi va o‘limi nafaqat Turkiya uchun balkib, Yevropa uchun ham dahshatli fojea bo‘ldi. Yevropaning o‘zida, Italiyada, Vengriyada, Ispaniyada, Germaniyada katta ekspantin, fashistik holatlar avj ola boshladi.

Neytrolizmga asoslangan yangi qurilish asta-sekin o‘tmishda qola boshladi. Bunda tarixiy tajriba muhim ahamiyatga ega. Kamolistik rejimda, aynan kimga tayanish nomalum bo‘lib qoldi. Qrim urushidan keyin chiqarilgan xulosalar ya’ni yevropalashtirish g‘oyalri orqada qoldi. Bu tanlovga dunyo revolyusiyasi lozungi ham o‘z e’tiborini qaratib turardi. Lekin Kamolistlar o‘z yo‘lini tanlab bo‘lgan va allaqachon keyingi bosqichga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Bu bosqich zaxira sifatida dunyo revolyusiyasida ishtirok etmaslik va Angliya ta’siri ostida qisman Yevropalashish bosqichi edi. Qo‘shnichilik aloqalarini qanday o‘rnatish Otaturk davrida yig‘inlarda ko‘rib chiqilgan. Bu tayyorgarliklar Montryoda o‘tkazilgan diplomatik konferensiya uchun edi. Jivkova o‘z kitobida bu revolyutsiya asosida asosli dalillarni keltirib o‘tgan. U 1934-yillarda izlanishni boshlagan. Bu yilning 17-iyun kunlarida Eron Otaturk sharafiga uyushtirilgan ziyofatdan keyin ingliz elchisi bilan poker o‘ynashni taklif etdi. Forin Ofisning aytishi bo‘yicha bu o‘yin ertalabgacha davom etgan. O‘yindan keyin suhbat davom etib 10:30 gacha bo‘lgan. Qozi Angliyaga nisbatan kata hurmat bildirishini aytdi, do‘stlik aloqalarini nima uchun o‘rnata olmasliklarini so‘radi!!. Bu savolga javoban elchi o‘rtadagi bir qancha ’’to‘siqlar’’ haqida aytib o‘tdi. Bu Turklarning ruslar bilan aloqasiga bo‘liq edi. Prezident shu borada elchining fikrini bilmoqchi bo‘ldi lekin diplomatic holat bunga yo‘l qo‘ymadi. Chunki bu payt Angliya va Rossiya munosabatlari tang ahvolda edi. Lekin elchi ular o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini o‘rnatishga juda katta to‘siqlar yo‘qligini ham ta’kidlab o‘tdi. 1936-yil 8-mayda forin ofisga jo‘natilgan telegrammada Persi Loren quyidagicha axborot beradi: Otaturkga turk do‘sti shunday savol berganda “Angliya bilan sizlar ancha yaqinlashib olibsizlarmi?" deganda Otaturk “yaiqnlashish ham gapmi biz ularni (Angliyani) quchog‘iga otildik” deb javob berdi.

O‘zining eng yuqori do‘stlik munosabatlarini yaxshilashga Turkiya va Angliya 1936-yilning sentyabr kunlarida erishdi. Shu yilning 4-sentyabrida Angliya qiroli Eduard VIII tantanali ravishda Turkiya prezidenti Otaturkni kutib oldi. 20-noyabrda yana bir do‘stlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, jangovor harbiy kemalar Malta sohillariga kirib keldi. Barcha tantanalardan so‘ng Turkiyada birinchi marta Angliya bilan do‘stlik aloqalari haqida yoza boshlashdi.

Shu tariqa Turkiyaning ichki va tashqi siyosatida ikkinnchi jahon urushiga eshiklar ochila boshladi. 1936-yilda Angliyaga nisbatan Turk General shtabining ham fikri o‘zgara boshlaydi. Bu Turkiyaning qayta qurollanishida, harakat boshlashida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri Angliya korxonalriga qurol yaroq buyurtma qila boshlashadi. Bu buyurtmalarni hajmi va chegarasi yo‘q edi. Angliyaning Montryodagi o‘tkazilgan konferensiyasidan so‘ng bog‘ozlar mavjud bo‘lgan tumanlarda harbiy mustahkamlikni oshirish, turk harbiy bazalaridan foydalanish, Izmirdagi portlarni rekonstruksiya qilish, Istanbul, Trabzon va boshqa turk hududlarida harbiy qismlar tashkil etish ko‘rib chiqiladi. Karabuyuksdagi metallurg kombinatini qurilishi uchun 1936-yil Angliya korxonasi “Brossert” tomonidan 3 mln. Ingliz funt sterlingi miqdorida kredit kiritadi.

Lekin, eng katta savdo sotiq hamkori Germaniya bo‘ldi. 1938-yil Germaniyaning Turkiyaga kiritgan kreditining umumiy miqdori 87mln. Dollarga teng bo‘ladi. Bu payt dollar bilan liraning qiymati bir xil edi. 1938-yilning oktyabr oyida 150 mln. morokka teng bo‘lgan rozilik shartnomasi imzolanadi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish