O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


V bob. OTATURK HUKUMATI VA ISLOHOTLAR. JAHON IQTISODIY INQIROZI VA TURKIYA



Download 2,62 Mb.
bet57/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

V bob. OTATURK HUKUMATI VA ISLOHOTLAR. JAHON IQTISODIY INQIROZI VA TURKIYA
XX asrning 20-yillari oxiri va 30-yillari boshidagi inqiroz respublikaning tinchlik davridagi ijtimoiy-iqtisodiga putur yetkazdi. U qoloq bo‘lgan iqtisod, milliy va shaxsiy kapitalni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutar edi. Inqiroz yillarida Turk iqtisodiyotining kuchsiz ekani va uni dunyo xo‘jaligiga qaram bo‘lishida o‘z tasdig‘ini topdi. Ijtimoiy va siyosiy ahvolni yomonlashish xavfi ortdi va 1920-yillarning boshiga eslatardi. Ahmad Hamdi (Bashar) o‘sha paytlarning milli iqtisodiy konsepsiyalarni obro‘li edi, 1931-yili o‘zining “iqtisodiy etatizm” kitobida shunday deb yozadi: “davlatimizning kop qismida qiyinchilikni, azob-uqubatni, inqirozni, ishsizlikni, noroziliklarni ko‘rish mumkin… qishloqlarda asosan bug‘doy yetishtiradigan xavf va noxushlik alomatlari hukumron”. Bunday sharoitlarda, muallifning so‘zlariga ko‘ra, hukumat “yangi tuzumga” murojaat qilishi va o‘ziga “yangi majburiyat”larni olishi kerak. Bu asar muallifning 1930-yili noyabridan 1931-yilning martigacha M.Kamolov bilan bo‘lgan davlat bo‘ylab bo‘lgan tashriflarning yakunida yozilgan.

Haqiqatdan ham agar Turkiyadagi inqiroz o‘zining salbiy ta’sirini asosan, qishloq xo‘jaligiga yetkazadi. Eng muhim bo‘lgan boshoqlilar – bug‘doy ekinlari mln gektardan 1928-yilda 2,4 mln gektargacha 1929-yilda qisqardi, arpa esa 1,5 mln gekatrdan 1,3 mln gektargacha Tukiya eksportini eng muhim mahsuloti tabak 1928-yildan 1929-yilgacha 32,5% ga qisqarib ketdi va uni tortib olish 69,6 ming tonnadan36,5 ming tonnagacha tushib ketdi. 1932-yilda taban bargi yanada kam terildi 18ming tonna. Inqiroz o‘z ta’sirini paxtachilikka ham ko‘rsatdi: 1927-yilda paxta terimi 69,3 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1929-yilda esa 45 ming tonna bu asosan, ichki bozor talabini tushushi bilan bog‘liq edi. Turk to‘qimachilik sanoati o‘zining mahsulotlarini sotish qiyinchilikka uchrashi edi, chet el gazlamalarining importini oshishini deb chorvachilik ham qiyinchilikni boshdan kechirayotgan edi. Chorvani soni 1927-1933-yilda 26 mln boshdan 21,3 boshgacha qisqardi. Bug‘doy, arpa, tabak, paxta, meva, jun va boshqalarning narxi keskin tushib ketdi.

Bunda holat sanoatda ham ko‘zga tashlanardi. Yevropani fabrika mahsulotlari bilan ular raqobatlasha olmasdi. Yana kamida ular demping narxlarda olib kelinardi.

Davlatning favqulotda choralarini tergagligi keragligi boshida etatizm siyosati tomonidan nazarda tutilmagan edi va hukumat Turk iqtisodini “yopishga “qaror qilishdi. 1929-yil qabul qilingan “valyuta birjalari” haqidagi qonunda shu narsalar nazarda tutilardi. Valyuta operatsiyalari faqat aytilgan birjalarda amalga oshirilishi mumkin va aloxida shaxslar va tashkilotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita valyutani va ko‘chmas mulkni sotish yoki sotib olish huquqiga ega emasdi, agar bunga ehtiyoj bo‘lmasa, bu ehtiyojni moliya vazirligi aniqlaydi. 1929-yilda bojxona tariflari haqidagi №1499 qaror qabul qilindi unga ko‘ra, hukumat bojxona bojini oshirish va import cheklovlarini kiritishi mumkin edi. 1930-yil majlis Turk valyutasini himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu qonunlar vazirlar kengashiga devizlar, tangalar, aksiyalari va obligatsiyalarni tartibga solish, sotib olishni cheklash, sotish va eksportni amalga oshrish vakolatini berdi.

Turk lirasini qo‘llab-quvvatlash uchun va valyuta savdosi uchun 1930-yili martida vaqtinchalik konsortsium tashkil etildi. Unga barcha katta milliy va chet el banklari, Istanbulda faoliyat olib boradigan va Turkiya moliya vazirligi. Konsortsium tashkil etilganidan 6 oy o‘tib emissiya huquqi. Pul sistemasi va Turk lirasini tartibga solishdagi keyingi qadam bu 1930-yili iyunida markaziy bankni tashkil etilishi, markaziy bank o‘z foaliyatini 1931-yilning oktyabrdan boshladi.

Yangi bank o‘z foaliyatini boshlagandan so‘ng konsortsium tugatildi va emissiya huquqi markaziy bankga o‘tdi. Barcha bu choralar davlatdan valyutani olib chiqishni chekladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar qattiq va mufassal davlat nazoratiga olindi. Bu esa davlat ichida valyutani yig‘ilishi va monopolizatsiya qilishga yo‘l ochib berdi. Birinchi bo‘lim “etatizm” termini bosh vazir Inyenyu ishlatdi. 1930-yil oktyabrida Inyenyu davlat rejasini muhokamasi paytida iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari M.Sheref shuni ta’kidladiki, “Milliy iqtisodiyot tushunchasi shaxsiy tadbirkorlikni davlatnnikiga almashtirilisini nazarda tutmaydi, aksincha ularning hamkorligi. Yana u “iqtisodiyotga yetakchilik qiladigan ba’zi bir sohalar bor… hech qachon davlat shaxsiy tashabbusga erkin va nazoratsiz bu sohalarni egallashga yo‘l qo‘ymaydi… Davlat to‘liq va har doim ularni egallab turadi va shuni deb shaxsiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlay oladi. Agar muhim pozitsiyalarni berib qo‘ysa bir yil ichida o‘n yillar sayi-harakati yo‘qqa chiqadi.

Iqtisodiyotdagi etatistik tadbirlar haqida Otaturk 1931-yil yanvar oyida shunday degan edi: “Partiyamizning dasturi o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq demokratik xalq dasturi; shu bilan birga, u iqtisodiy nuqtayi nazardan etatistik dastur hisoblanadi”. U yana etotizmni shaxsiy tashabbusga qarshi emasligini ham aytib o‘tadi: “Davlatning rivojlanishida katta savdogarlar, fabrika egalari, katta yer egalari va chiftlik egalarining o‘rni bor. Yaxshi ishlaydigan va texnikani ishlatadigan kapital egalari imtiyoz va qo‘llab-quvvatlanadi”. Hukmron xalq respublka partiyasining 1931-yil mayida bo‘lib o‘tgan kongressida partiyaning yangilangan dasturi qabul qilindi va uning asosida Etotizm konsepsiyasi bor edi. Iqtisodiyotning lokomotivi deb sanoat sektori aytiladi va uning asosiy investor esa davlatdir.

Siz bunday rejalashtiruvchilarni nima deb nomlagan bo‘lar edingiz – kommunistlar debmi, sotsialistlar, fashistlar yoki davlatchilar debmi? Ular orasida har toifaga mansub kishilar bor, bari bir-biriga qarshi, ammo ular bir masalada yakdildirlar. U ham bo‘lsa individualist va liberal iqtisodiyot tizim o‘z umrini yashab bo‘ldi va yangi rejim izlanishlari boshlangan”.

Italiyaga tashrif buyurgan va o‘z taasurotlarini bildirgan F.R.Otay fashizm haqidagi bobida shunday yozadi, zero kirib kelgan inqiroz davom etar ekan, kichik tuzatishlar orqali iqtisoda o‘rnatilgan yangi tartiblar ishlab chiqildi. «Liberalizm demokratiyadagi o‘z modelining haqiqiy vorisining topishga erishdi. Tabiyki yangi tartibga ko‘ra, u o‘zining yangi shaxsiy modelini topishni istaydi. Demokratiyaning nomiga nisbatan aytilgan tanqidiy qarashlar, qachonki, demokratlar inqirozdan hech kimga ogohlantirish bera olmaganligidan so‘ng kuchayib ketdi. Xalq mish-mishlardan juda bezor bo‘ldi.».

Turk tadqiqotchisi Ilxon Tekeli va Salim Ilkin o‘zining Turkiya etatizmiga bag‘ishlangan kitobida juda ko‘p manbalardan misollar keltirib, unda sovetlarning dastlabki industriyalashtirish bosqichida Turkiya davlatiga ko‘rsatgan yordamining amalga oshuvini faktlar yordamida ko‘rsatilgan. I. Inenyu boshchiligidagi turk delegatsiyasi vataniga qaytgach, shunday yozishadi – SSSRda to‘qimachilik bo‘yicha mutaxassislar Sharif O‘nay i Komil Ibrohim ushlanib qolindi. Ular 70 dan ortiq tashkilotlarda, qurilish institutlarida, to‘qimachilik fabrikalarida tadqiqotlar olib borishdi. Tadqiqotlarning natijasi sifatida nomlari qayd etilgan mutaxassislar Sho‘rolarning og‘ir sanoati kutilmagan rivojlanish oldida turibdi, degan xulosaga kelishdi.

Sho‘rolarning to‘qimachilik sanoati istisnosiz ravishda fan-texnikaning so‘nggi yangiliklari bilan rivojlaninshni aniqlab berishdi. Ularning kelgan xulosasiga ko‘ra, Turkiya to‘qimachilik sanoati 90% o‘zgarganda Sovetlarniki 32% ta’minlangan bo‘ladi.

To‘qimachilik fabrikalari bo‘yicha qurilish bitimi va sovet mutaxasisslarining kredit maslasi bo‘yicha materiallarni tayyorlash jarayonida ular 1932-yilning 12-avgustida Trukiyaga kelishdi. Delegatsiyani «Davloyihaqurilish» tashkilotining derektori iqtisodchi olim prof. Orlov boshqardi.

Orlovning turk tomoniga ma’ruza shaklidagi taqdim qilgan hisobotlar to‘plamida 1932-yil 22-sentyabr sanasi belgilangan. Buni shunday tushunish mumkin, bu Qaysardagi rus va turk mutaxassislarining o‘zaro uchrashuvi vaqtida tayyorlangan edi. Shu vaqtda Qaysar va Nazilladagi to‘qimachilik korxonalarining joylashuv o‘rni aniqlangan edi. Orlov Moskvaga qaytishdan oldin Istanbul universitetiga borib ma’ruza o‘qidi. U ma’ruzasida shuni ta’kidladi: «Men shuni mamnuniyat bilan aytamanki, o‘z salohiyatiga ko‘ra sizning yuqori darajadagi injenerlaringiz nafqat bizning mutaxasisslardan balki, boshqalardan xam hech qanday farqi yo‘qligiga amin bo‘ldim. Ular bizga juda qimmatli yordam ko‘rsatishdi, ammo men tushuna olmayman, shunday ekan nega siz Yevropaliklarni taklif etasizlar».

1933-yilning martida SSSRga turk delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Xerek Rashod fabrikasining derektori, Fasixan Shavkat Turg‘ut, ishlab chiqarish korxonasi boshqarmasi derktori Komil Ibrohimlar bor edi. Ular 9-iyulgacha shu yerda qolib, SSSR korxonalarini borib ko‘rishdi, ish jarayonini kuzatishdi. O‘zaro fikrlar almashuviga ko‘ra, Mlskva shahrida Turkqurilish tersti tashkil etilib, unga derektor qilib Zolotaryov saylandi.

Kredit bo‘yicha bitim 1934-yil 21-yanvarda rasmiylashtirildi. Bunga ko‘ra kredit ishlab chiqarish mashinalari va stanoklari mazmunida bo‘lib, har ikki korxonalar uchun foydali edi. Sovetlari tomomni loyhalashtirishda va korxonalarni asbob uskunalar bilan ta’minlashda katta yordam berdi. Kredit 20 yil muddatga berilib, foizsiz edi. Asbob-uskunalar hujjat kuchga kirganidan boshlab 4 yil davomida kirib turishi zarurligi belgilab qo‘yildi. Turk tomoni yilda ikki marta kredit pulini dollarni amaldagi kursiga ko‘ra, turk lirasi qiymatida London, Nyu-York va Istanbul birjalari orqali o‘tkazishni kelishib olishdi. To‘lov miqdoriga muvofiq sovet tarafdorlari kerakli mahsulotlarni xarid qildi.

Turkiya uchun sovetlar tomomnidan berilgan kerdit birinchi tajriba sanalib, teng huquqli iqtisodiy bitishuv usmoniylar davridagi xorijiy investorlardan olingan qarzlardan qutulib, bularning barchasi Turkiya davlatiga yangi bosqich, ma’lum majburiyatlarni shakllanishni boshdan kechirdi va bu bilan birga dastlabki qadamlarini sinovdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

«Mahmud Turg‘ut o‘zning 1964-yilda yozilgan kitobida shunday yozadi. Mana shunday yangi rejalarni qabul qilish davlat miqyosida yangi bosqichdan darak berdi». Kreditlarni realizatsiya qilish Turkiya davlatining besh yillik rejasini amalga oshirish strategiyasiga aylandi. Sovetlar taqdim etgan kredit miqdori uch barobar moliyalashtirish vositalarini o‘zida umumlashtirdi.

1935-yilda iqtisodyot vaziri SSSRga uzoq muddatli safar uyushtirdi. 13-iyuldan to 18-avgustgacha Odessada, Moskvada, Kievda, Leningradda yangi qurilayotgan korxonalarni (avtozavod, elektrzavod) i radiomarkazlarni kuzatdi. Safar nihoyasida u Odessa orqali Istanbulga «Chicherin» kemasida qaytdi.

Mamlakatdagi birinchi paxta va qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi Qaysarda 1934-yilda, ikkinchisi esa Nazilla shahrida 1935-1937-yilda tantanali ravishda ochildi. Unda shaaxsan Otaturkning o‘zi ishtirok etdi. Jalol Bayar o‘zining chiqishlarida yaqin orada yuz bergan jahon inqirozi shuni ko‘rsatdiki, o‘z kuchiga ishongan mamlakatlarning kelajagi qishloq xo‘jaligiga bog‘liqligi achinarlidir. «Statistika shuni ko‘rsatadiki, xorijga mahsulotlarni import qilishda to‘qimachilik birinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakat o‘zining xom-ashyosini arzimagan qiymatga berayotgani va buning evaziga tayyor mahsulotlarni qimmat narxga sotib olayotgani qiziq holat ekanligini aytmoqchiman. Sovet mutaxasisslari va ishchilari o‘zlarining samarali mehnatlari bilan katta xizmatlari uchun minnatdorchiligimizni izxor etamiz».

Bunday tantanali marosimlarda 1937-yil 9-oktyabrda Nazilladagi korxonaning ochilishida shaxsan Otaturk va Bayarlar ishtirok etishdi. Bunda ishlovchilarning soni 2400 odamni tashkil etdi.

Korxonalarni qurish chog‘ida SSSR uchun 140dan ortiq malakali kadrlar yetkazib berildi va 15 nafar injener malaka oshirdilar. Keyseri kombinati qoshida malakali mutaxasislarni yetkazib berish maqsadida Texnika universiteti ta’sis etildi. Qurilishlarning nihoyasida har ikki kombinat uchun Sumerbankga kiritildi.

1933-yilning boshida Turkiya elchisi Ahmad Muxtarbiy ishtirokida Vashingtonda Nyu-Yorkdagi «Xayns, Ririk, Dorr va Xammond» firmasi bilan shartnoma tuzililadi. 10 kishidan iborat mutaxasisslar guruhiga Uolker D.Xayns boshchilik qildi. Birinchi guruh ikki kishidan iboart bo‘lib, 1933-yilda 18-iyundaTurkiyaga borishadi, rahbarlari esa shu yilning 25-iyunida yetib borib bo‘lishgan edi. Asosiy hisobot 1934-yilda may oyida nihoyasiga yetdi. Bundan keyin birinchi besh yillik rejani ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘rsatilgan yillarda SSSR va Turkiya savdo sotiq munosabatlari shakllanib bordi.

1927, 1931 va 1937-yillarda asosiy savdo sotiq shartnomalari imzolanib to urushdan keyingi yillargacha davom etdi. Do‘stona va ko‘p taraflama hamkorlik doirasida Sovet Ittifoqi va Turkiya juda ko‘p xalqaro uchrashuvlarda, kollektiv xavfsizligini saqlash uchun konferensiyalarda ishtirok etishga erishdi.

Juda faol darajada har ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvlari tajriba almashuv bo‘lib xizmat qildi. 1930-1931-yillarda Turkiya tashqi ishlar vaziri Tavfiq Rashid va SSSRning tashqi ishlar bo‘yicha xalq kommisari Litvinovlar o‘zaro tashrif almashdilar. 1932-yilda SSSRga turk rahbariyati rahbari nomidan Turkiya bosh vaziri Ismat poshsho tashrif buyurdi. « Har ikki mamlakatlarning o‘zaro juda yaqin do‘stona hamkorligi o‘z mohiyati bilan dunyo mamlakatlari qiziqishlari saqlanib buni yanada kengaytirish yo‘lida safarbar qilinishi lozim». Turkiya davlatining tashrifiga javoban 1933-yilda sovet hukumati tomonidan K.E.Voroshilov rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 1932-yilning yozida Turkiya davlatining tashkil etilganiga 10 yil to‘lishi bayrami nishonlandi. Bunga ko‘ra har ikki mamlakat shuni ta’kidlab bayyonot berdiki, “1925-yilda tashkil topgan Turk-sovet shartonmasi hech qanday o‘zgarishsiz qoldi.».

Hamkorlik shartnomalariga ko‘ra bir qancha e’tiborli voqealar ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Sovet rahbariyati 1924-yilgi L. Trotskiyning qarashlarini e’lon qildi.

1927-yilda u siyosiy buyuroning tarkibiga kiritildi. O‘sha davr siyosiy buyuro qaroriga ko‘ra, u SSSRdan Turkiyaga yuboriladi. U ayoli va katta o‘g‘li Lv Sedovim Trotskiy bilan birgalikda Marmar dengizi atrofidagi Buyukqa’da orolida yashadi. Bundan keladigan xulosa shundan iboratki, Trotskiynikiga mehmonga, OGPU xodimi, qachondir Moskvadagi nemis elchisining suiqasdida ishtirok etgan Ya.G. Blyumkin tashrif buyurdi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish