O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet59/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Ichki siyosatdagi muammolar

1930-yillarda Turkiya xalqaro siyosatda o‘zining o‘rini belgilovchi qadamni qo‘yib, Lozanna prinsiplariga tayangan holda, bu ishni ado etdi. Otaturkning “yurtga tinchlik, dunyoga tinchlik” taklifi ular uchun asos bo‘ldi.

1932-yilning yozida Turkiya uchun juda muhim xalqaro voqea bo‘lib o‘tdi. U Millatlar ligasiga a’zo bo‘ldi. Turkiyaning xalaro munosabatlardagi o‘rni Otaturk hayotining so‘nggi yillarida xalqaro xavfsizlikni saqlash yo‘lida juda ko‘p muvaffaqiyatli qarorlarini qabul qildi. Hududiy doirada -1934-yilda Bolqon paktini tashkil etishda, uning ko‘p yilik tashabbustiga ko‘ra, Afg‘oniston, Eron, Iroq bilan hamkorlik o‘rnatish va 1937-yilda Saodobod paktini tuzishda asosiy vazifani bajardi.

Kelishilgan shartnomadagi asosiy paktning maqsadi: «Yaqin Sharqdagi tinchlikni saqlash va ta’minlash qo‘shimcha ravishda Millatlar ligasi sharnomasida o‘z aksini topdi.».

Lozanna “merosxo‘rlari” uchun nimalar ahamiyatli edi. 1930-yillar boshidagi Turkiyaning holatini G‘arb iqtisodiy va siyosiy jihatlarini boshqarishga va “merosxo‘lar”ning savollarining bir qismiga javob topishiga e’tibor qaratdi.

1933-yil boshida Gitler Germaniyaning hokimiyat tepasiga kelib, Yevropaga nisbatan harbiy tahdid o‘tkaza boshlaydi. Ayniqsa, Italiiyaga nisbatan. (turk qirg‘oqlaridan necha km uzoqda joylashgan Dodekanez orollarini mustahkamlab olish) O‘rta Dengiz havzalarida qo‘rqinchli vahimani paydo qildi. Turk diplomatlari 1923-yildagi Lozanna konvensiyasiga ko‘ra, qirg‘oqlardagi qaytadan qurollanish chorasini ko‘rib chiqishni maqsad qildi.

Mazkur hujjat, Lozzannaning “ingliz hujjati” sanalib, mamlakat suverenitetini saqlab, Turkiya Bosfor va Dardanellni majburiyati sifatida tanlab, Istanbulga xalqaro konvensiya talablari ijrosini nazorat etishini kuzatish uchun komissiyasini kiritdi.

Harbiy kemalar qoradengiz saltanatidan xoli bo‘lgan Qora dengizga hech qanday cheklovlarsiz kirib olishi hech gap emas edi. SSSR qo‘llab-quvvatlovchi Turkiyanng tashabbusiga ko‘ra 1936 yilning iyun-iyul oylarida Montradagi xalqaro konferensiyada Qirg‘oqlar masalasi bo‘yicha yangi xalqaoro konvensiya ishlab chiqildi va u keyinchalik ham harakatda bo‘ldi. Yangi konvensiya shartnomasiga muvofiq osonlikcha qo‘lga kiritilmadi.

Sovet hukumati turklardan kam bo‘lmagan holda qirg‘oqlar masalasiga qiziqish bildirdi va O‘rta Yer dengizini Qora dengiz bilan bog‘lab turuvchi qirg‘oqlarga bee’tibor bo‘lmadi.

Qirg‘oqlarda SSSRning ham eksport bo‘yicha kattagina ulushlari bor edi. Barchaga ma’lum bo‘lgan va muhim sanalgan Qirg‘oqlar masalasi Rossiya uchun ham oldindan ahamiyat kasb etgan va bugungi kunda Sovet Ittifoqi uchun ham ulkan harbiy-strategik jihatdan birday qiymatga molikdr.

Turk mualliflari shunday yozadi, sovet hukumati Turkiyaning Qirg‘oqlarni qurollantirish bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatladi. Shuning bilan birga o‘zlari ham harbiy jihatdan ta’minotni zimmalariga olishdi. Ammo turklar bu taklifni qabul qilishmadi. Qirg‘oqlar bo‘yicha statusni qo‘lga kiritish uchun haqiqiy diplomatik muzokaralar sovet va ingilz delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tdi.

Turkiya delegatsiyasining boshlig‘i Aras quyidagini e’lon qildi: Turkiya Qora dengiz bilan qanday bo‘lsa, O‘rta Yer dengizi mamlakatlari bilan ham shunday aloqada. Shuning uchun men ko‘proq, Bo‘g‘ozlar to‘g‘risida qiziqaman. Boshqa savollar yuzasidan Qora Yer dengizi va O‘rta dengizi mahsulotlari sulh tuzilishiga tarafdoriman!!! Oxir oqibatda inglizlar ham, turklar ham sovet hukumatiga yon bosdi, Ular sulhlarni buzish Yevropa fashizatsiyasi sharoitida noo‘rin ekanligini bilishdi.

Sovet delegatsiyasi turkiya bilan hamkorlikda Qora dengiz bo‘g‘ozlaridan cheklanmagan holatda o‘z qurolli kuchlarini olib o‘tish imkonyatini yaratishdi va 1936-yilda konferensiya ishtirokchilari asosida bo‘g‘ozlar rejimi to‘g‘risida yangi konsepsiya imzolandi.

Turkiya bog‘ozlar ustidan to‘la mustaqillikni o‘rnatdi. Uning funksiyalari butunlay turkiya qaramog‘iga o‘tdi, Bog‘ozlar ustidan hukmronlik qiladigan xalqaro komissiya inqirozga yuz tutdi. Bu yerlardan mustaqil ravishda barcha savdo sotiq ishlari o‘tadigan bo‘ldi, albatta qattiq sanitar nazorati ostida.

Harbiy sudlarga aloqador bo‘lgan konvensiyada belgilangandek- qora dengizga kirmaydigan davlatlar tinchlik vaqtida kichik suv osti qayiqlarini, kichik harbiy qismlarni, yordamchi qismlarni 9 birlikdan ko‘p bo‘lmagan holatda, eng yuqori o‘tish paytida 15 ming birlik tonnagacha olib o‘tish ruxsat etilgan. Qora dengizda uning tarkibiga kirmaydigan mamlakatlar 20 ming tonna, hammasi birgalikda esa 30 ming tonna yuk saqlashi mumkin edi xolos. Ularning bu yerda qolish muddati 21 kundan oshmasligi kerak edi. Yuklar yuqorida ko‘rsatilgan raqamlardan oshgan holatda Qora dengiz floti bu raqamlarni 30 dan oshirishi mumkin edi, lekin bu ko‘rsatgich 45 ming tonnadan oshmasligi kerak edi. Qora dengiz tarkibiga kiruvchi davlatlar esa 15 ming tonnagacha yukni olib o‘tishi mumkin bo‘lgan.

Konvensiya qora dengiz hokimiyati talablariga to‘la javob bermasdi, faqat uni Turkiya tomonidan boshqarilishga imkoniyat berilardi xolos. Bu esa Turkiya mustaqilligini qisman cheklab qo‘yardi. Shuning uchun konvensiyadagi asosiy qatorlar maqolalar Anqaraning tashqi siyosiy kurslaridan taqozo qilardi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu yilllardagi Turkiyaning erishgan yutuqlari faqatgina bo‘g‘ozlar ustidan hukmronlik qilish bilan to‘xtab qolmadi. Shu qatorda Rumin-turk do‘stlik sulhi 1933-yil, bir-biriga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi Balqon Antanta shartnomalari va boshqa shartnomalar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama sulhlar imzolandi. Bu shartnomalar birinchi jahon urushidan keyingi Balqondagi holatni yaxshilash uchun 1934-yilda Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviya qo‘shildi va Afinada imzolandi. Ikkinchi jahon urushi esa bu sulhlarni buzib yubordi.

Shu o‘rinda muhim o‘rinni 1937-yilda tashkil etilgan Saadobod sulhi egallagan. U Turkiya, Eron, Iroq, Afg‘onistonni politik blokini tayinlagan. U Saadobod qasri Tehronda imzolangan. Bu Pakt chegaralarni buzib o‘tmaslik, agressiyadan voz kechish, davlatning ichki ishalriga aralashmaslik va yana ko‘plab holatlarni belgilab qo‘ygan.

Shuningdek, yaqingacha o‘zining dushmani deb hisoblab yurgan Fransiya bilan tuzilgan shartnoma ham Turkiyan uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi, Fransiya u payt millatlar Ligasining asosiy o‘rnida, Suriya hukmronligini qo‘lga olgan va unga qo‘shib Xotayni ham boshqarardi. Bu hududni Turkiya ham o‘z hududi deb bilardi.

Uzoq vaqt davomida 1936-yilgacha Turkiya bu savolga qaytmadi, vaholanki Xotayda bir necha marta turk va fransuzlarning to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham, lekin 1936-yil 9-sentyabrda imzolangan franko-suriyasi sulhi Xotayni taqdirini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra 3 yildan so‘ng fransuz mondata yakunlanishi va Suriya ustidan hukmronligi ham. Shunga asosan, Aleksandr sandjaki Suriya tarkibiga intildi. Bu holat Turkiyani Fransiyaga nisbatan adovatini qo‘zg‘atdi. Ular sandjak ham Suriya va Livan kabi Mustaqillikka erishishni talab qildi.

1936-yil oktyabrda Turkiya va Fransiya o‘rtasida. Bunda Turkiya Sandjak ustidan hukmronlik to‘g‘risida so‘z olib borib, unga ko‘ra Sandjak mustaqil ravishda Suriya hududiga tegishli bo‘la olmasdi, chunki, Fransiya bilan imzolangan sulhda Fransiya Sandjak ustidan hukmronlikdan voz kechganda Sandjak Turkiya hukumatiga o‘tishi kerak edi. Yangi shartnoma ko‘ra buni iloji yo‘q edi, ya’ni o‘rtada uchinchi davlat Suriya paydo bo‘ldi.

Bunga javoban Fransiya Sandjakni mustaqilligini to‘liq deb ayta olmasdi, chunki bu mustaqil Aleksandretni mavjudligi va uning Suriyaga qarashligi o‘rtasidagi sulhni buzilishiga olib kelishi mumkin edi. Avvalgi sulhlarda Fransiya sandjak uchun avtonom tuzum tayinlagan, bu muhim status deb hisoblanmagan. Bu holat Candjak Suriyaga o‘tgandan keyin ham saqlanib qolgan. Turkiya Aleksandret Sandjakini mustaqil qilishga erishib bordi, keyinchalik uni ham o‘z hududiga qo‘shib olishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Shu tariqa sandjakda uzoq davom etadigan kelishmovchiliklar yuzaga keldi.

Turkiya bilan do‘stlik munosabatlarini uzishni istamagan Fransiya hukumati keyinchalik Turkiyaga yon bosdi va 1937-yil yanvar oxirida Millatlar Ligasi kengashida o‘zaro kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra Aleksandret ichki ishlarini mustaqilligiga erishadi, faqat boshqa tomondan Suriya, Turkiya va Fransiya qaramog‘ida qoladi. Turkiya maxsus Aleksandret portida qulay sharoitiga ega bo‘lib, yuklarini o‘tkazishda imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Miiliy Liga kengashida Aleksandretni konstitutsiyasi, uning hududlar daxlsizligi belgilanadi. 1937-yil Milliy Liga kengashi konstitutsiyasi belgilandi va shu bilan birga Jenevada frans-turk kelishuvi imzolandi. Lekin, 1937-1938-yil qishda yana to‘qnashuv sodir bo‘ladi. 1938-yilning mart oyiga kelib ko‘chalardagi kelishmovchiliklar haqiqiy turklar va turk bo‘lmaganlarning jangiga aylanib ketdi.

Bu paytda ham Fransiya Turkiyani qo‘llab quvvatlashini yo‘qotishini istamay (bu payt ikkinchi jahon urushi yaqinlashayotgan edi) Turkiyaga yana yon bosadi. Bu payt Britaniya hukumati ham Fransiyani Levante boshqaruvidan chetlashtirdi. 1938-yil 3-iyulda fransuz va turk generallari tomonidan sandjak hududiga fransuz harbiylari qancha bo‘lsa shuncha harbiy kritish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. 1938-yil 4-iyulda Anqarada turk-fransuz sulhi tuzilib turk harbiyalari sandjak hududiga kirib keladi. 1939-yil 23-iyunda bir vaqtning o‘zida Anqara va Parijda 2 ta hujjat imzolandi. Anqara kelishuvida Xotay (Aleksandret sandjaki) to‘la to‘kis Turkiya qaramog‘iga o‘tadi. Parij kelishuvi esa o‘zaro yordam haqida bo‘ldi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Suriya hukumati sandjakni butunlay Turkiyaga o‘tishini tan olmadi, shu kungacha bu holat Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarda nojoyaliklarni keltirib chiqaradi.

Bolqon, O‘rta Yer dengizi, ayniqsa Italiyadagi agressiv holatlar Turkiya va Gresiyani o‘zaro do‘stlik aloqalrini yaxshilashga undar edi. Hatto yaqin orada ular orasida turli to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga qaramasdan. 1934-yil Bolqon Antatasini tashkil etilishi, 1935-yildagi Italiyani Efiopiyaga hujumidan kelib chiqib Gresiya va Turkiya jentelmenlik sulhini Angliya bilan tuzishadi. Buni oqibatida Angliyaning Turkiyaga ta’siri kuchayib bordi va grek-turk bog‘lanishlarini yanada mustahkamladi. Bu munosabatlarning isboti bo‘lib 1937-yilda Turkiya premer-ministri Ismeti Inyonyuni Afinaga tashrifi bo‘ldi. Gretsiya va Turkiya Germaniyani Bolqonga yurishidan xavotirga tushadi va 27-aprelda yangi kelishuv tuzadi, unga ko‘ra bu uni davlat biron hujum ostida qolganida o‘zaro yordamlashish, qurol yaroq bilan ta’minlash, o‘zaro tinchlik totuvlik haqida edi. Xuddi shunday kelishuv anglo fransuz turklilar qo‘shuvchiligida ham tuzildi. Shunga ko‘ra Turkiya urush payti ya’ni O‘rta yer dengizi bilan, urush payti Angliya va Fransiya tomonida bo‘lishini ta’kidladi. Shu ma’noda Angliya va Fransiya aniqlik bilan harbiy yurishlarni boshlandi. Shuningdek bunga Gretsiya ham qo‘shildi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish