Hukumat koalitsiyasi va siyosiy kurash
1960-yilning so‘ngida o‘lkada talabalar namoyishi keng quloch yoydi. Bu harakatning birinchi to‘lqini 1968-yilning iyunida talabalar g‘alayonining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri ostida Fransiyada ko‘tarildi. 1968-yilning 10-iyunida Anqara universitetining til, tarix va geografiya fakulteti talabalari fakultet binosini egallab, o‘lkada oliy ta’lim islohoti haqidagi talabnomani ko‘rsatishdi. Bu harakat Anqaradagi boshqa oliy ta’lim muassasalarida shunga o‘xshash voqealarning sodir bo‘lishiga turtki bo‘ldi: 11-iyunda talabalar Anqara universitetining huquqshunoslik fakultetini egallashdi, 13-iyunda esa texnika fakulteti talabalari mashg‘ulotlarni to‘xtatdi. Bosh vazir Demireleya parlament kengashidagi partiyalar guruhining “xavfli holat” haqidagi haqqoniy qarorini tan olishga majbur bo‘ldi. Bu vaqtda Anqaradagi talabalar harakati goh bosilib, goh keng tus olib, doimiy o‘sishda bo‘ldi.
Harakat O‘rta Sharq Texnika universiteti, Xojattepa universiteti va Anqara Politexnika universitetiga ham yoyildi. Talabalar universitet binosini egallab, mashg‘ulotlarga qatnashishmadi. Ular boshlagan shiorlar soni ham kengaya bordi. Namoyish ko‘pgina Amerika va hukumatga qarshilarning e’tiborini jalb qildi. 1970-yilda antiamerika kayfiyatidagi talabalarning namoyishi saqlab qolingan edi. 1970-yilning 29-aprelida anqaralik talabalar 1960-yilgi harbiy o‘zgarishlarning 10 yilligi munosabati bilan talabalik namoyishini o‘tkazish uchun shahar markazidagi Qizil Oy maydonida norozilik chiqishini o‘tkazdilar. O‘sha kuni “Yangi milliy ozodlik kurashi”ning yosh kurashchilari va shahidlarni xotirlash kuni deb e’lon qilindi. Norozilik chiqishi “Mustaqil Turkiya”, “Demokratiya” shiorlari ostida bo‘lib o‘tdi. 1970-yilning 29-aprelida Yosh Milliy Turkiya Ittifoqini boshqarish antikommunistik ruh va millatchilikni qoralovchi shiori ostidagi ichki norozilik kayfiyatini shakllantiruvchilar qo‘lida edi. 25- may kuni Anqara universitetining huquqshunoslik fakultetida fakultet talabasi “qonunan” o‘ldirilgan edi. Uning dafn marosimi poytaxtdagi Otaturk xotirasiga bunyod etilgan Zafar maydonida uchta universitet talabalarining ommaviy noroziligiga aylanib ketdi.
1969-yil 16-fevral kuni AQShning 6-floti va imperializmga qarshi e’tiroz bildirgan Mustafo Kamol sharafiga namoyish tashkil qilindi. Tayoqlar bilan qurollangan soqolli namoyishchilar miting uyushtirgan kunda Turan Erdogan va Turgut Aymach o‘ldirildi va o‘n kishi yarador bo‘ldi. Bu kun “qonli yakshanba” nomini oldi.
Ushbu dalillar DP monopoliyasining tugashiga olib keldi. 1960-yil o‘rtalarida o‘zining siyosiy partiyalarida radikallar-panturkistlar va islomchilarni rasmiylashtirish boshlandi. Biz yoshlar milliy radikal faoliyatini 1960-yilgi keskinlashuvga qadar belgilagan edik. Nima bo‘lsa ham, turk elitasi xalq talabi bilan tartibga solinmadi, u hukm surishi kerak bo‘lgan yevropalashuvning keyingi boshqichi bo‘lgan hukm, sovuq urushdan keyin judayam tez oshkora chaqirila boshlandi. Taqsimotda berilgan Lozan shartnomasida biz xalq talabiga binoan Turkiya xalqaro majburiyatlari haqida yozgan edik. Turkiyaning bunday majburiyatlari mutlaqo bajarilmasligi aniq edi.
O‘sha yillarda tashqi mustamlakachilik kurashlari ikki yuqori nufuzli Nihal Otsiz va Alparslon Turkeshning bunday harakatlari birlashuvi ostida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Turkiyada N.Otsiz (1905-1975-y.) “o‘zining tashqi mustamlaka kurashida musulmon elementlari yo‘q qilib yuborilgan”ligini ta’kidlash bilan birga “turonizm yetakchilaridan biri” sifatida e’tirof qilindi.
Uning faoliyati adabiy asarlar, jurnal maqolalarida o‘z qarashlarini targ‘ib qilgan davr, ya’ni 1930-1950-yillarga to‘g‘ri keladi. U matbuotda o‘zining demokrat yozuvchi Sabohatdin Aliga qarshi chiqishlari bilan mashhur bo‘lgan.
Yana bir millatchi A.Turkesh edi. U Turkiyaga qaytishi bilan radikal millatchilar, panturkistlar, panturonistlar orasida faol siyosiy rahbar sifatida kurashlarda qatnashdi va oxir-oqibat 1967-yildan boshlab to umrining oxiriga qadar mamlakatning ko‘zga ko‘ringan siyosiy rahbarlaridan biri bo‘lib qoldi. 1969-yilda u Adanadan deputatlikka nomzod bo‘ldi, 1975-1977-yillardagi saylovlarda partiyasining g‘alabasidan so‘ng, bosh vazir o‘rinbosari va davlat vaziri lavozimi darajasiga erishdi. Panturkizm tarfdorlari kommunizm va sovetizmga qarshi targ‘ibotlari sababli, alohida ajralib turishar edi va bu narsa jinoiy javobgarlikdan qutulib qolishlariga sabab bo‘lar edi. Turkiya uchun doimiy ravishda xavf solib turuvchi Rossiya millatchi radikallar uchun kommunizmga qarshi ashaddiy dushman bo‘lib qoldi.
Yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyingi vaziyatni panturkist guruhlar o‘z siyosiy partiyasini tuzishga qulay vaqt deb bildilar. Turkesh 1965-yilda Dehlidan qaytganidan so‘ng, uning yaqin tarafdorlari Respublika dehqonlar milliy partiyasi boshqaruvini nazoratlari ostiga olishdi. Sobiq radikal guruhning 14 a’zosidan 9 nafari partiya tarkibiga kirdi va tez orada partiya rahbariyati va shiorlari o‘zgardi, A.Turkesh uning rahbari bo‘ldi. Partiyaning yangi dasturlari “yangicha davlat tartibi”ni tuzishni ko‘zda tutar edi, ayniqsa yoshlarga katta e’tibor berilib, ulardan kuchli harakatdagi yoshlarga aylantirilgan “jamoa” qurish haqidagi fikrlar ham bo‘lgan. 1969-yil fevralda Respublika Dehqon milliy partiyasi (RDMP) Millatchilar harakat partiyasiga o‘zgartirildi.
Noroziliklar talabalarning chiqishlari bilan cheklanib qolmadi. 1970-yil iyunda DISK inqilobiy kasaba uyushmalari chaqirig‘i bilan hukumat qatag‘onlarga qarshi Istanbulda 100.000 ga yaqin ishchi namoyishga chiqdi. Bu turk ishchilarining mamlakat tarixidagi eng katta namoyishi bo‘ldi.
Mamlakatdagi holatning bunday tus olishi boshqaruv hokimiyatini yanada sarosimaga soldi, so‘l harakatning o‘sishi Turkiyada ekstremizm jarayoni yuzaga kelishiga olib keldi. Politsiya yordamida talabalarni tarqatib yubormoqchi, ish tashlovchilarni to‘xtatmoqchi bo‘ldilar, ammo Menderes va uning tarafdorlari taqdiri hali hanuz ko‘pchilikning xotirasida saqlanib qolganligi sababli ular bunday tavakkalchilikka yo‘l qo‘ya olmadilar.
1969-yilning oktyabrida milliy palata TBMMga bo‘lgan yangi saylovlar APga omadli keldi (256 ta o‘rin, JXPda esa 143 ta o‘rin), lekin bu kam sonli partiyalarni umidsizlikka tushirdi. Saylov natijalari mamlakat siyosiy hayotidagi yetakchi vazifani tasdiqladi. Bosh vazir Demirelya o‘z lavozimida qoldi.
Mamlakatdagi qarama-qarshiliklar bilan o‘tayotgan bu demokratik jarayonlar reaksiya namoyishlari, politsiyachilarning fitnalari, devor ortidagi nohaqliklar va demokratlarning sud jarayonlari bilan birgalikda kechdi. Terroristik chiqishlar – bosh ko‘tarishlar, odam o‘ldirishlar va o‘g‘irliklar hokimiyatga barcha so‘l oqimdagilarga qarshi jazo chorasini ko‘rishga turtki bo‘ldi. Talabalar, ishchilar, kasaba uyushmalari harakatining uyg‘onishi 1960-yilning oxiri 1970-yilning boshlarida jamiyatning kichik o‘troq aholisi qatlamini siyosiylashtirish, shuningdek nafaqat radikal oqimdagilar, balki islomchilarning shikoyatlari bilan birgalikda kechdi. Mamlakat tarixidagi ilk islomiy partiya – Milliy Salomat partiyasi 1970-yilning yanvarida qonuniy tarzda tuzilgan edi. Islom tadqiqotchisi M.A.Og‘ao‘g‘ullari ushbu hodisani baholab shunday yozgan edi: «Otaturk davrida islom diniga masjiddan tashqarida e’tiqod qilish jazoga loyiq harakat sifatida qaralardi». Ushbu doimiy ketma-ketlikda o‘zgarib boruvchi partiyaning asoschisi va rasmiy boshqaruvchisi Najmiddin Erboqon (1926-yil) edi. Erboqonning taqdiri va ish faoliyati Turkiyadagi aynan viloyatlardagi kichik mulkdorlik va tadbirkorlikni aks etirar edi.
1969-yil Erboqon, asosan, kichik tadbirkorlarning ovozi bilan ittifoq palatasining vakili bo‘lib saylanadi. U katta kuch bilan o‘z lavozimidan olib tashlandi. 1969-yilgi saylovda partiyaga qabul ham qilinmadi. Mustaqil nomzod sifatida Konyada qo‘llab-quvvatlashlari tufayli 1969-yili deputatlikka qabul qilindi. 1970-yilning yanvar oyida o‘zining 17 ta safdoshi bilan birga milliy nizom partiyasining rahbari etib saylandi. Bu partiya o‘zida konservativ islom jamiyatidagi to‘dalarning siyosiy qiziqishlarini aks ettirarar, Istanbul o‘sha davrda uning markazi hisoblangan. U “Milliy qarash” nomi bilan atalgan. Bir necha yildan keyin bu “Milliy qarash” Germaniyada qayd etildi. Keyin Germaniyada ularining ta’siri yanada kuchaydi.
Erboqonga partiyaning boshqaruvi taklif qilindi. Partiyaning asosiy maqsadi rivojlangan butun dunyoga namuna bo‘la oladigan partiyani tuzish edi. Uning dasturida zodagonlar jamiyati islom jamiyatiga qarshi ekanligi yozilgan edi. Erboqon o‘z bayonotlarida umumiy bozorni, Yevropa jaamiyatini, katta boylarni tanqid qildi. Erboqon bu jamiyatga kirish Turkiyani mustamlakalashtirish va diniy tariqatni faollashtirishga olib keladi derdi. Undan oldin 1971-yil bu g‘oyaning tarafdori bo‘lgan nurchi qo‘lga olingan edi. Qamoqqa olinishining sababi Izmir masjidlariga nursizm g‘oyalarini targ‘ib qilgani edi. Bular Turkiya davlatiga qarshi qo‘yilgan edi. Nursizmning maqsadi yoshlarda Otaturkni dinning dushmani qilib ko‘rsatsh edi. U 8 oydan so‘ng ozodlikka chiqarildi.
Yangi Demirel hukumati ijtimoiy hayotni saqlab qolish maqsadida Istanbul va Izmirda o‘n yillik ta’limni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Lekin bu narsa yordam bermadi va 1971-yil 12-martda prizedent armiyasi “ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar, o‘ta og‘ir urushlar, anarxiyaga aralashuvni aks ettirgan mamlakat hukumati va parlamentdagi faoliyatlari, dunyoqarashi va pozitsiyasi natijasi”da ko‘rsatilgan oliy harbiy bosh qo‘mondonlik bayonnomasini topshirdi. Unda “konstitutsiyada ko‘zda tutilgan islohatlar amalga oshmaganligi sababli, Turkiya Respublikasi kelajagi jiddiy tahdid ostida” ekanligi ta’kidlangan edi.
Demirel hukumati iste’foga chiqarildi, favqulodda vaziyat joriy qilindi va harbiy qism nazorati ostidagi yangi Vazirlar mahkamsi shakllantirildi. Hokimiyatga qarshi kuchlarga barham berildi. Ishchilar partiyasi ta’qiqlandi va uning rahbari 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Ko‘payib borayotgan yoshlar tashkiloti va minglab mahbuslar tarqtib yuborildi. Ko‘pchilik bosma nashrlar ta’qiqlandi. 1973-yil parlament saylovlariga qadar ma’lum darjadagi, shuningdek, banklarni talash yo‘lidagi ekstremistlar va anarxistlarni yo‘ldan ozdirish, odamlarni o‘g‘irlash va qatl qilish kabilarga qarshi jazo choralari amalga oshirildi. Milliy nizom partiyasi rahbari Erboqon muayyan muddatga chet elda bo‘lishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |