Turkiya va sovuq urishining tugallanishi
1980-1990 yillar davomida davlat siyosatida navbatdagi o‘zgarishlar kuzatildi. K.Evrenning prezidentlik lavozimining muddati tugashi sababli, 1989-yilning oxirlarida uning o‘rnini T.Ozal egalladi va u Mesut Yilmazga o‘z o‘rnini bo’shatib berdi. Davlat siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlarni amalga oshirish liberallashtirish qiyin kechdi, islomiy kuchlar tobora mustahkamlanib, harbiy kuchlarga ochiqchasiga hujum uyushtirishmoqchi edi.
1993-yil bahorda T.O‘zal vafot etdi, S.Demiral Turkiya Respublikasining prezidenti etib saylandi va uning TYPdagi o‘rnini Tansu Chiller egalladi. T.O‘zal vafotidan oldin, “Kurdlarga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish”ni ta’kidlagan edi.
1990-yil o‘rtalarida ahvol yomonlashgan edi. Mamlakatning siyosiy kuchlari bo‘layotgan holatni turli xil talqin qilishdi va xalqqa o‘zlarining yangi siyosiy-iqtisodiy rejalarini taklif qilishdi. Turkiya AQSh bilan o‘zining yuqori darajadagi aloqalarini saqlab qoldi.
Shunisi aniq bo‘ldiki, G‘arb bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar saqlanib qoldi. Aynan shu payt, ya’ni 1992-yil yanvarda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshida turk hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tashkil etildi. Bu tashkilot o‘z ishiga bir nechta turk respublikalaridan tarixchilar, filologlar va tilshunoslarni jalb qildi. Tashkilot bir qancha sobiq sovet respublikalari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi yirik dasturlarni amalga oshirishga kirishdi.
Turgut O‘zaldan so‘ng mamlakatning yangi rahbarlari korxonalarni xususiylashtirishni davom ettirdilar, ammo uning natijasi kutilgandek bo‘lib chiqmadi. O‘zal qabul qilgan qonunlar tezlik bilan joriy etilmagan va konstitutsiyaning doiradan chiqib ketishiga olib boradigan hamma yangi qonunlar va qonunosti hujjatlarning qayta ishlanishiga ehtiyoj sezilgan.
Cho‘zilib ketgan xususiylashtirish jarayoniga ketgan sarf-xarajatlar sezilarli bo‘lgani aniqlandi, xarajatlarning boshqa ko‘lamda bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Ularni sotish masalasini ko‘tarish oson bo‘lmaganligi, nafaqat ularning ko‘lami va narx-navosi balki, yetarli darajada samarali ijtimoiy institut sifatida o‘n yillar davomida shakllangan mamlakat miqyosida har biri alohida hamda umumiy holatga ega bo‘lishi ham sabab bo‘ldi. Butun mamlakat bo‘ylab yoyilib ketgan turk sanoatlashtirish bayroqdorlari gohida viloyatdagi madaniy (shahar) hayotning yagona markazi, o‘tmish iqtisodiy taraqqiyotining yagona ramzi edi. Xususiylashtirilgandan so‘ng bu korxona va fabrikalarni ularni yopilishini aytmaganda ham, ularni qaytadan ishga tushirish, xodimlarni qayta tayyorlash, hamda ular sonini kamaytirish masalasining o‘zi mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin edi.
1994-yil 27-noyabrda barcha turdagi davlat mulkini xususiylashtirishga qaratilgan yangi qonun (4046-qonun) kuchga kirdi. Uning ijrosi oldingidan kam bo‘lmagan qiyinchiliklar bilan (muammolar) amalga oshirildi. Shu bois 1995-yil 6-mayda davlatga tegishli bo‘lgan “turk telekomunikatsion A.Sh” (“Turk Telekom”)ning 49 %ni sotish prinsiplarini (qonun-qoidalar) belgilab beruvchi alohida yangi 4107 - qonunini qabul qilishga to‘g‘ri keldi. Biroq 1996-yil 29-fevraldayoq Konstitutsion sudning qarori bilan 4107 – qonunning ba’zi moddalari bekor qilindi. Doimo amerikaliklar tomonidan Telekomni xususiylashtirishga oid bo‘lgan talablar qo‘yilardi. Eregliy metallurgiya kombinati, Sumerbank, Turban (Turizm), Petkim, Turk havo yo‘llari, Petrol ofisi (neft mahsulotlarini sotish, yoqilg‘i quyish shahobchalari), Chernomorsk mis eritish kombinati, Sivas metall kombinati, shuningdek, TuprASh neftni qayta ishlash zavodiga tegishli bo‘lgan bir qancha elektr stantsiyalari kabi katta tashkilot va uyushmalarning aksiyalarini xususiylashtirishga oid bo‘lgan rasmiyatchiliklar juda sekin amalga oshirilardi.
Ko‘rinib turibdiki, “Farog’at” partiyasiga ovoz berishga turk xalqini nafaqat diniy sabablar chorladi, balki, buning yana bir sababi partiya rahbarlarining sotsial adolat, tahqirlangan va kamsitilganlar borasidagi shiorlari katta foyda berdi. Siyosiy raqiblar bo‘lgan korrupsiya bilan aloqalar, to‘xtovsiz qurolli to‘qnashuvlarga va o‘zaro foydasiz siyosiy tortishuvlarga botib ketgan “To‘g‘ri yo‘l partiyasi” ham, Xalq partiyasi ham Turkiyaning qashshoq xalqi haqida umuman unutib qo‘yishgan edi. O‘sha davrlarda turk sotsiologlari qismi haqida shunday ma’lumot keltirishadi: “Xalqning 48% i kambag‘alchilik arafasida, 23%i esa umuman qashshoq qismni tashkil etadi”. Dunyo gazetasi asoschisi, M.Milen shunday yozadi: “Siyosiy kurashning shovqini hech qanday foyda keltirmadi, faqatgina inflyatsiyaning kuchayishi va o‘g‘rilikning ko‘payishiga olib keldi”.
“Farog’at” partiyasi o‘z yutuqlariga osonlikcha erishmadi. Chunki o‘sha davrda qurolli kuch va PB o‘rtasidagi mojaro qaltis tus olgan va axborot vositalarining asosiy muhokama maydoniga aylanib qolgan edi. Yilmaz-Chiller koalitsiyasi uzoq davom etmadi. Lekin uning davrida harbiylarga Isroil bilan harbiy kelishuv imzolashga muvaffaq bo‘lindi.
1995-yilgi parlament saylovlarida partiya 2,3 mln. (8%) ovoz oldi va parlament partiyasiga aylanish imkoniyatini beruvchi baryerni oshib o‘tishiga bir bahya qoldi. Turkesh buni e’tirof etdi va bunday faktni kamaytirib ko‘rsatmaslikka chaqirdi. Faoliyatini qayta boshlagan “Ideal markazi” jurnali har galgi sonining ichki sahifalarida 1997-yil 4-aprelda vafot etgan “qo‘mondon nomidan” vatanparvarona chaqiriqlarni chop etib bordi.
T.O‘zaldan keyingi hukumatning yangi rahbarlari davlat korxonalarini xususiylashtirishda davom etishdi, ammo buning natijasi kutilganidan ancha yiroqda edi. Boshlangan ishlarning bunday muvaffaqiyatsizligi asosiy sabablardan biri sifatida, O‘zal tatbiq etgan qonunlarning darhol bozorni egallamagani va darrov foyda keltirmagani, balki tatbiq etilgan qonunlar va hatto Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni talab etgan yangi qonun-qoidalarni ishlab chiqishga muhtoj bo‘lganliklari dalili bo‘la oladi. Butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan hukumat sektorining ko‘p sonli boshqaruv tuzilmalari hokimiyatning markaziy apparati va uning mahalliy organlari bilan birlashgan holda, o‘zlarining amallari bilan xayrlashishni istashmasdi – korrupsiya mojarolari, “yasama” savdolar haqida OAVda doimiy ravishda axborot berib borilardi.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, 1985-yildan boshlab davlat mulkining xususiylashtirilgan obyektlari ro‘yxati 211 taga yetgan, bunda ularning yarmi 1998-yilga qadar to‘la xususiylashtirilgan. Turkiya savdo va ishlab chiqarish palatalari kengashining rasmiy hisobotiga ko’ra, 1998-yilning boshida Xususiylashtirish boshqarmasi 122 paket aksiyalar yoki obyektlarning o‘zini sotishni amalga oshirgan. Ulardan 155 tasi davlat maqomini yo‘qotgan, 17ta obyektda esa davlat ishtiroki saqlab qolingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |