O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet69/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Radikal siyosiy hayot

1973-yil oktyabrda mamlakatda Turkiya Buyuk Millat Majlisiga saylovlar o’tkazildi. Unda eng yuqori, ya’ni umumiy ovozlardan uchdan birini MRP partiyasi oldi. “Adolat” partiyasi 30% ovozga ega bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni N.Erboqon rahbarligidagi islomiy partiya – Milliy Salomat (qutqarish) partiyasi egalladi (11,9%).

1974-yilning yanvar oyiga borib, JXPga yangi yetakchi etib B.Ejevit saylandi. Najmiddin Erboqon bosh vazir o’rinbosarligiga tayinlandi. Qo‘shma hukumat dasturida davlat sektorini mustahkamlash zarurligi ta’kidlanib, 18 yoshda saylash huquqiga ega bo‘lish aytib o‘tildi. Kipr masalasi bo‘yicha Turkiya-Kipr Federatsiyasi pozitsiyasi tasdiqlandi. Yangi hukumat “umumiy bozor” munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi, chunki mavjud kelishuvlar Turkiya manfaatlarini hisobga olmasdan tayyorlangan edi.

N.Erboqon va B.Ejevit partiyalari koalitsiyasi mastahkam ittifoq edi. Bu hukumat koalitsion hamkorlar orasida doimiy kelishmovchiliklar yuz berib turgan murakkab sharoitda jamiyatni boshqardi.

1974-yil 15-iyunda Kiprda yunon harbiylari uyushtirgan fitna yuz berdi. Arxeyepiskop Makariosning hukmronligi tugatildi. Qonunda ko‘rsatilganidek, Turkiya 1959-yilgi Turkiya-London kelishuviga muvofiq Ejevit hukumati 20-iyulda Kiprga harbiy kuchlarni yubordi.

Hukumat tashqi siyosat sohasida Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik bitimida faol qatnasha olishga tayyorligini e’lon qildi. Bu NATOga bo‘lgan ishonchni ifodalar edi. Sobiq ittifoq bilan o‘zaro hurmat ruhida qo‘shnichilik davom etdi. Turkiya eng asosiy e’tiborni arab davlatlariga qaratdi.

Deyarli ikki yil Milliy front hokimiyatining tepasida bo‘lgan, uning eng katta partiyasi hisoblangan Adolat partiyasi davlatdagi ahvolni mustahkamlash, har qanday qiyinchilikka bardosh berish, ittifoqda, parlamentda, davlatda va jahon arenalarida bo‘lishga harakat qildi. Parlamentdagi partiya fraksiyasi orasidagi ixtiloflardan davlat aziyat cheka boshladi, konstitutsiya qo‘pol ravishda buzila boshladi, korrupsiyaga yo‘l ochildi. 1971-1973-yillarda favqulodda holatni qayta tiklash zarurati yuzaga kela boshladi.

JXP Turkiyaning Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga yon berishidan xavotirda edi, chunki buning natijasida Turkiya sanoati rivojlanmay qolishi mumkin edi. Shuning uchun Turkiya bilan “Umumiy bozor” munosabatlariga o‘zgartirishlar kiritish talab qilinayotgan edi.

Turkiyaning so‘l kuchlari haqida gapirganda, Ishchi partiyasi tuzilganini aytib o‘tish lozim. Uning raisi etib Behid Boran saylangan edi. So‘l partiyalar va ba’zi talabalar guruhi o‘ng kuchlar, davlatda fashizmning qaror topishi va Turkiyada amerikacha qarashlarga qarshi chiqishlar boshlandi. 1976-yilning 1-may kuni Istanbulda demokratik shiorlar ostida minglab namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 1-sentyabr kuni bir qator ilg‘or tashkilotlarning tashabbusi bilan birinchi marta Anqarada “Tinchlik kuni” nishonlandi.

Parlament va uning atrofida siyosiy partiyalararo kurashlar natijasida paydo bo‘layotgan qiyinchiliklardan tashqari, hokimiyatga iqtisodiy holatlar – inflatsiyaning o‘sishi va Turkiya tashqi qarzining oshib borishi, ba’zi import mollar narxining ko‘tarilib ketishi, neft narxining ko‘tarilishi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. 1976-yilda tashqi savdo zarari 35 mlrd. dollarni tashkil etayotgan edi.

Eksportni kengaytirish maqsadida, davlat 1975-1976-yillarda sekin astalik bilan liraning dollarga nisbatan kursini 20% ga (1 dollar 16 liradan balandroq edi) tushirdi. Ma’lumki bu zararning katta qismi “Umumiy bozor”dan kelib tushardi. “Umumiy bozor” davlatlari bilan Turkiya davlati o‘rtasidagi munosabatlar bu yagona qiyinchilik emas edi. Turkiya davlati Turkiya eksporti uchun kvotalarni ko‘tarishini (“umumiy bozor”dan talab qildi.) an’anviy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Yevropaga eksport qilishdagi ba’zi to‘siqlarni kamaytirish, shuningdek Turkiyaga moliyaviy yordamni oshirish, oldin tuzilgan “ishchilarning erkin harakati” shartnomasini “to‘qqizlik”ka kiruvchi davlatlarda bajarilishini va ishchilarni ishga joylashishlarini kafolatlashlarini “Umumiy bozor”dan talab qildi.

Turkiya-amerika munosabatlarida oldingi osoyishtalik qolmagan edi. Shu bilan bir qatorda Turkiyaning tashqi qarzlarini o‘z vaqtida to‘lashi, shu bilan birga eski qarzlarini har yili o‘rtacha 300 mln. dollar miqdorida to‘lanishi bevosita AQSh bilan bog‘liq edi. 1974-yildagi Turkiyaning Kiprdagi harakati tufayli AQSh Kongressi 1975-yil fevralida Turkiyaga Amerika qurolini yetkazib berish bo‘yicha harakatlarini boshladi. Bunga sabab etib, Turkiya bu qurollarni Gretsiyaga qarshi foydalanishi aytib o‘tildi. Qo‘shma Shtatlarning bu harakati 1975-yilining aprel oyida “Milliy front” hokimiyatining dasturida muhokama qilindi. Hokimiyatga kelgach, u Kongress oxir-oqibat o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishni kutgan edi. Biroq 1975-yilning iyulida AQSh Kongresi 223 ovoz 206 ovozga qarshi ovoz bilan Embargo dasturini olinishiga erishildi. Javob chorasi sifatida Demirel hokimiyati AQSh bilan hamkor muhofaza harakatini, shuningdek, 58 boshqa ikki tomonlama bitimlarni to‘xtatilishini e’lon qildi. Tez kunda Turkiya hokimiyati bu bazalarda o‘z nazoratni o‘rnatdi. 1976-yil mart oyiga kelib, ikki tomon o‘z munosabatlarini yaxshilashga va yengi Turkiya-Amerika muhofaza bitimini tuzishga erishdi.

1977-yilning iyunida parlamentning muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovlarida JXP 213 ovoz olib birinchi o‘ringa chiqadi, biroq bu yakkapartiyaviy hukumat tuzish uchun kamlik qilar edi. Shunda B.Ejevit va S.Demirel navbatma-navbat boshqaradigan hukumat o‘z faoliyatini davom ettiradi. 1979-yilning oktyabrida hokimiyat tepasiga kelgan yakkapartiyaviy S.Demirel hukumati boshqa partiyalarning deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 1980-yilning yilning 24-yanvarida bu hokimiyat tomonidan yangi dastur tuzililib, Turkiya bozor iqtisodiyotiga qat’iy qadam qo‘ya boshlaydi. Bu 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiyotda milliy strategiya, ishlab chiqarish, tashqi savdo, bank va boshqa sohalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish jarayoni boshlanganidan dalolat berar edi. Biroq uning amalga oshishiga jamiyatdagi nizolar va siyosiy vaziyat xalaqit berayotgan edi.

NATOning ikki a’zosi – Gretsiya va Turkiya orasidagi munosabatlar tobora yomonlashdi, har biri alohida tayyorgarlikni boshladi. 1974-yil 24-iyulda barcha davlatlar Kiprning mustaqilligi, hududning barqarorligi va mustaqilligini hurmat qilinishi kerakligi, xorijiy qo‘shinlarning oroldan olib chiqib ketilishi lozimligini ta’kidlashdi.

1974-yil 14-avgustda Turkiya Kiprdagi harbiy harakatlarni kuchaytirdi va orol hududining 40% gacha qismini egalladi. 1975-yil sharqda, Turklar tomonidan Kiprdagi belgilangan qism boshqaruvi o‘zini – Kiprdagi Turk Federal boshqaruvi deya e’lon qildi. Buni faqat Turkiya tan oldi.

Gretsiya bilan munosabatlar esa, Kipr so‘rovlari sababli oz bo‘lsada tiklandi, Egey dengizi borasida bir qator muammo vujudga keldi, 1973-yilda Egey dengizidan neft topilgan kunlarda muammo paydo bo‘lgan edi. Gretsiya ortidan Turkiya ham dengizdagi qidiruv ishlariga kirishdi, shundan so‘ng Gretsiya Turkiyani qonunbuzarlikda aybladi. Bu davrda Ejevit boshqaruvini ko‘plab turkiyaliklar qo‘llab-quvvatladilar, ammo bir necha demokratik guruh turk armiyasining Kiprning mustaqilligini himoya qilish, kipr-turk aholisini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash uchun lozim deb hisobladilar. Ejevit tezkor parlament saylovlari va bir partiyalik boshqaruvni ishlatishga qaror qildi.

1974-yilning sentyabrida Ejevit hukumati istefoga chiqdi, JXP boshqaruvining kelishuviga qaramay, davlatni mustahkamlash haqidagi ko‘rsatmalarning amalga oshirilishi masalasi muhokama qilinmadi. JXP parlamentda muddatdan oldin bo‘lib o‘tgan saylovlarda o‘z maqsadiga erishdi, navbatdagi 1997-yilgi saylovlarga qadar hukumat o‘z atrofiga hukmron partiyalarni to‘plab birlashtirib, saylovlargacha ularni saqlab turishga intildi, bundan ko‘zlangan maqsad uch yil ichida o‘zining qoloqlashib qolgan holatini tiklab olishga umid qilar edilar. 1975-yil aprel oyining boshlarida olti oylik inqirozdan so‘ng Milliy Kengashda hukmron partiyalar orqali, tashkil etilgan “Milliy front”ga S.Demirel rahbar etib saylandi. Uning ish dasturida davlat hududida kommunizm va anarxiyaga qarshi kurash, ijtimoiy adolatning ta’minlanishiga harakat qilish Turkiyada qisqa muddatda sanoatlashgan davlatni tashkil etishga erishish maqsadlari keltirilgan edi.

Dasturda davlatning iqtisodiy rivojlanishini tizimli reja asosida amalga oshirish aytilgan. Unda O‘rta Sharq, Osiyo va Afrika davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va’dasi ham keltirilgan. O‘lkaning asosiy iqtisodiy-ijtimoiy o‘sishi davlatning sanoatlashuvi deb atalishi milliy harbiy va og‘ir sanoatini yaratdi.

Bu yillarda, siyosiy rahbarlar xususiylashtirishni boshlash, xususiy sektorning qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilinib, davlat tasarrufidagi korxonalar mamlakat iqtisodiyotining muhim qismi bo‘lganligi sababli, davlatni iqtisodiy rivojlantirish turli iqtisodiy masalalar doirasida ijroiya hokimiyati tomonidan amalga oshirilishi alohida ta’kidlandi.

Ko‘rib turganimizdek, barcha investitsiyalarning deyarli yarmi davlat sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan. Davlat sanoat korxonalari Turkiyada zamonaning asosiy korxonalari bo‘lib qoldi. Bu xususiy kapitallar hali o‘ziga yirik mablag‘larni olmagan metallurgiya va neft-kimyo tarmoqlariga tegishli edi.

Kuchli nazoratning mamlakat bank tartiblariga nisbatan amalga oshirilishi davom etdi. Davlat tasarrufidagi banklar barcha turk banklariga va bank operatsiyalari qatnashchilariga 89% va 50.5% barcha zahira banklar (Markaziy bankdan tashqari)ga to‘lashga to‘g‘ri keldi. Davlat banklarining mavjud tegishli yirik tadbirlari yordamida bank kreditlarining katta qismi nazoratda bo‘ldi va nafaqat davlat sektori faoliyatini mablag‘ bilan, balki xususiy kreditlar bilan ham ta’minladi. Aniqrog‘i, davlat butunlay shahar (Xalq banki) va qishloq (Qishloq Xo‘jalik banki) mayda ishlab chiqarishni kreditlashni davom ettirdi.

Turkiya davlat sektori mamlakatda elektroenergiya ishlab chiqarish va barcha turdagi issiqlik va gidroelektorstansiyalarning davlat tasarrufida bo‘lishini nazorat qildi. Temir yo‘llar, barcha harakatlanuvchi qismlar, dengizdan o‘tuvchi kemalar va barcha shahar ichki yo‘nalishlari, mamlakat dengiz transportining ulkan qismi, transport va shu kabi xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlari butunlay davlat tasarrufiga o‘tdi. “Turkiya havo yo‘llari” havo yo‘llari va havo flotini nazorat ostiga oldi. Bir vaqtning o‘zida barcha xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvchi mashinalar, shuningdek shahar ichki yuk va qisman yo‘lovchi tashuvchi mashinalar ham xususiy avtomobil korxonalari qo‘lida edi. Shahar avtobus, trolleybus va tramvay qatnov yo‘llari o‘zini-o‘zi boshqarish transportlariga xizmat ko‘rsatdi. Turkiya katta yo‘llari davlat qo‘l ostida qoldi.

1975-1977-yillarda iqtisodiy o‘sish o‘rtacha sur’atda 7% dan yuqori bo‘ldi: qishloq xo‘jaligi va sanoatda ishlab chiqarish quvvati oshdi. “Yashil inqilob” o‘z samarasini berdi, Turkiya o‘zini-o‘zi oziq- ovqat bilan ta’minlay oladigan davlat maqomiga erishdi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotda tahlikali holat boshlandi: YaMM (Yalpi Milliy Mahsulot)dagi zarar 6.5% ni tashkil etdi. Neft narxining intensiv o‘sishi boshlandi, yalpi o‘rtacha yillik o‘sish deyarli 17%ni tashkil etdi. YaMM da tashqi iqtisodiyot investitsiyalarining ulushi 6%ga yetdi. Natijada tashqi qarz tezda o‘sdi: 1973- yildan 1980-yilgacha u 4.6 marta o‘sib, 15.3 mlrd ni tashkil etdi. Shu sababli uning tuzilmasi qaltis o‘zgarishga yuz tutdi, qisqa muddatli qarzlar ko‘payib ketdi: 1970-yillar boshida u unchalik katta bo‘lmagan edi, o‘n yillik o‘rtalarida esa jami qarzning to‘rtdan bir qismiga yetdi, 1977-yilga kelib Turkiyaning tashqi qarzi 58%ni tashkil etdi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish