O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish



Download 54,65 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi54,65 Kb.
#212057
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTISODIYOT KURS ISHI (2)

4.Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish.

O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo’l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:

  • xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo’lishi va mulk

  • shakllari teng huquqliligining ta’minlanishi;

  • tadbirkorlik va tanlash erkinligi;

  • foyda va daromad olishga intilish;

  • raqobat va raqobatchilik muhiti;

  • narx erkinligi;

  • davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;

  • Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi:

  • mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;

  • ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;

  • erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;

  • etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar.

Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlar teng huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina ma’suliyat vazifalarini belgilab, ularni ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha innovatsiyalarini o’z faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.

Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo’nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko’p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.

Innovatsiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’ektlari uchun aniq yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi.

Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.

Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga, o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.

Hozirgi sharoitda kichik biznes innovatsiya

faoliyatini qo'llab-quvvatlashning tashkiliy shakllari va yo'nalishlarining hududiy muammolari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu

munosabat bilan kichik biznes korxonalari innovatsiya faoliyatini

moliyaviy qo'llab-quvvatlashni takomillashtirishning quyidagi

yo'nalishlarini alohida ta'kidlash mumkin:

  • Kichik biznes korxonalariga ko'maklashuvchi hududiy markazlar ochish orqali maslahat yordamlari ko'rsatish;

  • Bunday markazlar qator masalalar bo'yicha zarur ma'lumotlar berishdan to kredit olishga ko'maklashish va to'g'ridan to'g'ri moliyaviy yordam ko'rsatishgacha xizmatlarni berishi mumkin;

  • Mahalliy budjetdan maqsadli subsidiyalar, soliq imtiyozlari (mahalliy soliqlar doirasida) va moliyaviy kafolatlar berish orqali moliyaviy yordam ko'rsatish;

  • Mahalliy ma'muriyat siyosati mahalliy soliq stavkalarini pasaytirish orqali kichik biznes korxonalari kredit-moliya faoliyatini rag'batlantirish va murakkab masalalarni hal etishda ularga texnik yordam ko'rsatishga asoslanmog'i lozim. Innovatsiya loyihalarining istiqboliga ko'ra kichik biznes

korxonalarini budjet orqali moliyalashtirish masalasi ham qo'yilishi mumkin;

Xulosa.

Ma‘lumki bugungi kunda jahon iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tub

islohotlar, izlanishlar, yangilanishlar va o‘z navbatida turli mamlakatlar orasida

rivojlanib borayotgan integratsiyalashuv sharoitida zamon bilanhamnafas yashash

hayot talabiga aylanib bormoqda. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki turli

mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda , aholi farovonligini ta‘minlashda,

jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashmaqsadida har jabhada turli tuman chora tadbirlar olib boradilar va bunda ular asosan bilimli, aqlli, dono, dunyoqarashi keng va eng asosiysi intellectual salohiyatga ega bo‘lgan kashfiyotchi, ixtirochi yoxud innovatorlarga ehtiyoj sezadilar. Bunda esa ular o‘ziga xos va mos hamda beqiyos intellect sohiblari uchun shart sharoit yaratib beradilar shuningdek kerakli jihozlar va eng muhimi moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlaydilar. Birgina innovatorlar misolida olib qaraydigan bo‘lsak ular o‘zlari ishlab chiqaradigan yangi texnika texnologiya, tovar va xizmatlar uchun foyda olishni maqsad qilib qo‘yadilar va o‘z navbatida yaratgan mehnat mahsuli orqali jamiyat hayotining yengillashuviga keng qamrovli miqyosda hissa qo‘shadilar. Har qanday innovatorlar guruhi ular qaysi innovatsion loyihaning egasi bo‘lishidan qat‘iy nazar innovatsion mahsulotni yaratishda eng birinchi navbatda fanda o‘tkaziladigan fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshiradilar. Innovatorlar innovatsion g‘oya va takliflar, izlanishlar asosida yaratgan mahsulotlarini bozorda sotish ya‘ni mahsulot realizatsiyasini amalga oshirishda bir qancha murakkabliklarga duch keladilar ya‘ni ular o‘z mahsulotlarini bozorga olib chiqib sotish uchun bozorning o‘ziga xos asosiy unsuri bo‘lgan raqobat sharoitida raqobatbardosh tovar va xizmatlar yaratishlari kerak. Bunda albatta bozorni segmentlarga bo‘lib o‘rganishya‘ni qaysi turdagi va

qaysi yoshdagi iste‘molchilarga, nima ishlab chiqarish?, qanday ishlab chiqarish?, qayerda ishlab chiqarishni bilish o‘ta muhim va dolzarb ahamiyat kasb etishi bilan ham e‘tiborga molik.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlari

rivojlanishi iqtisodiyot tarmoqlarining muhitga, raqobatning kuchayishiga moslashib borishini talab etadi.

Buning uchun tarmoqlarda innovatsiya faoliyatining rivojlanishi,

unga qaratilgan mablag'lar sarfining ko'payib borishiga erishish

bo'ladi. Bu borada innovatsiya muhitiga mablag'lar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mahsulot raqobat bardoshligini oshirish uchun mamlakat tadbirkorlaridan jahon bozorlarida mustahkam o'rin egallashlari, yuqori texnologiyani mujassamlashtirgan holda yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlashlari talab qilinadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak innovatsiya - yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish, yangi texnologiyaning birinchi marta tijorat asosida qo'llanilishi.

Intensiv iqtisodiy o'sish resurslaridan yanada samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiy o'sish. Uning yetakchi omili fan va texnika taraqqiyotining oxirgi talablariga javob beradigan dastgoh yangi , texnologiyalar bilan qayta jihozlash bilan erishish yoki maqsadga chiqarish maydonini kengaytirish hisobiga

emas, balki qo'llaniladigan resurslarning sifatini oshirish orqali erishiladi. Chunki innovatsiya natijalari ilm fan va texnika sohasida ma'lum bir yangiliklarning nazariy kashf etilishi va amaliyotda qo'llanilishi oqibatida iqtisodiyot samarali rivojlanishi mumkin. Shu sababli innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish davlat rivoji va butun jamiyat manfaati uchun katta ahamiyat kasb etadi.



Download 54,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish