shaxsiy mudofaa vazirligi
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlarning tuzilmasi va vazifalarini belgilab beradi.
2. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida harbiy intizomni mustahkamlash va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 445-son qaroriga va qo‘shinlarning tashkiliy-shtat tuzilmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida tashkil etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, chegara va ichki qo‘shinlarida —shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha boshqarma (bo‘lim);
korpuslar, diviziyalar, brigadalar, harbiy-o‘quv yurtlarida, mudofaa ishlari boshqarmalarida — shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha bo‘limlar;
polklar va ularga tenglashtirilgan qismlarda — shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim (apparat).
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlarning tashkiliy-shtat tuzilmasi, ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Davlat xavfsizlik xizmati Raisi tomonidan ular hal etadigan vazifalarning xarakteri va xususiyatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar harbiy boshqaruv organlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident farmonlariga, Oliy Kengash va Hukumat qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Davlat xavfsizlik xizmati Raisining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
4. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar tegishli komandirlarga (boshliqlarga) bo‘ysunadilar va harbiy intizomning ahvoli, tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holati, shuningdek, harbiy xizmatchilarni, ularning oila a’zolarini, ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy huquqiy himoya qilish uchun javob beradilar.
5. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar faoliyatiga rahbarlik qilish shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha komandirlar (boshliqlar)ning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |