9. mavzu metallarni bolg‘alash



Download 1,29 Mb.
bet1/3
Sana21.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#689028
  1   2   3
Bog'liq
Маъруза 9



7 9




9. MAVZU METALLARNI BOLG‘ALASh.
9.1. Erkin bolg‘alash. Asosiy operatsiyalari.
9.2. Bolg‘alash uskunalari; presslar. Ishlash tamoyillari.
9.3. Bolg‘alash yo‘li bilan pokovka olish texnologiyasining xususiyatlari.

9.1. Erkin bolg‘alash. Asosiy operatsiyalari.


Erkin bolg‘alash deb plastik holatdagi materialni bolg‘a boyok muhrasi (zarur holda tegishli asboblardan foydalanish ) bilan zarblab yoki press muhrasining bosimi ta’sirida kutilgan shaklli va o‘lchamli buyumlar olish texnologik jarayoniga aytiladi. Bu texnologik ishlov natijasida olingan buyumlarga pokovka deyiladi. Pokovkalar turli shaklli va o‘lchamli bo‘lib, massasi bir necha grammdan 350 t gacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish joizki, katta pokovkalar quymalardan olinsa, o‘rtacha va kichik o‘lchamli pokovkalar prokat zagotovkalardan olinadi.


Metallarni bolg‘alash usullari bilan odamlar juda qadimdan tanish
bo‘lganligiga qaramay, bu usullar hozirda ham buyumlarni donalab va kam seriyada ishlab chiqaruvchi korxonalarda keng qo‘llaniladi. Bu usul mexanizatsiyalashganlik darajasiga ko‘ra dastaki va mashinalarda bolg‘alash turlariga ajratiladi. Dastaki bolg‘alashda mayda prokat zagotovkani usta bir uchini chap qo‘lidagi qisqich bilan qisib, sandon ustiga qo‘yib, o‘ng qo‘lidagi bolg‘acha bilan urish bilan shogirdiga kuvalda bilan urish joyini ko‘rsatib, kutilgan shaklli va o‘lchamli buyum tayyorlaydi. Bu ishlarni bajarishda turli asboblardan (qisqich, tekislagich, zubila, bolg‘a va boshqalardan) foydalaniladi (9.1-rasm). Buyum sifati usta malakasiga bog‘liq bo‘lib, ish unumdorligi juda past. Shu sababli bu usuldan hozirda faqat kichik ta’mirlash ustaxonalarida foydalanilmokda. Mashinasozlik zavodlarining temirchilik sexlarida turli zagotovkalardan pokovkalar olishda turli xil mashinalardan foydalaniladi.





9.1-rasm. Metallarni dastaki bolg‘alashda ishlatiladigan asboblar:
ya — bolg‘acha; 6 —bosqon; v —sandon; g — ombirlar; d — silliqlagichlar;
ye — qisqichlar; I — ustki; 2 — ostki; j — podboy kal ar; / — ustki;
2 — ostki; 3 — zubilalar

Asosiy operatsiyalari


1. Ch u k t u p i sh. Bu operatsiyada zagotovka bo‘yiga kichraytirilib,
buning hisobiga ko‘ndalang kesim o‘lchamlari kattalashtiriladi (116-rasm, a). Bu ishlovda bo‘yiga egilmasligi uchun zagotovka buyi diametridan yoki qalinligidan 2,5 martadan ortiq olinmasligi kerak. Odatda kesim yuzi kvadrat va to‘g‘ri to‘rt burchakli zagotovkalarni boshqa kesimli shaklga o‘tkazishda ularni avvalo yumaloq shaklga o‘tkazishga harakat etishda cho‘ktirish (eng kichik perimetr qoidasi bo‘yicha ishlov) deyiladi. Bunda kutilgan maqsadga tezroq erishiladi. Agar zagotovkaning ayrim joylari cho‘ktirilsa, bu ishlovga mahalliy cho‘ktirish deyiladi. Bunda zagotovkaning cho‘kish koeffitsienti qiymati quyidagicha aniqlandi:

Kr =


bu yerda N — zagotovkaning cho‘ktirilguncha balandligi, mm; h- zagotovkaning


cho‘ktirilgandan keyingi balandligi, mm.
Mas’uliyatli pokovkalarni olishda Kr = 3 - 5 va ba’zan undan ortiqroq bo‘ladi.





9.2-rasm. Asosiy bolg‘alash operatsiyalari:
a — cho‘ktirish; b — cho‘zish; v — teshish; g — bukish; d — burash;
ye — kesish; j — payvandlash

2. Cho‘zish. Bu operatsiyada zagotovkaning ko‘ndalang kesim o‘lchami


hisobiga bo‘yi uzaytiriladi (9.2-rasm, b). Bu ishlovda zagotovkaning ko‘ndalang kesimi cho‘zilmagan joyini ketma-ket cho‘zishda uni o‘qi atrofida aylantirib boriladi. Zagotovkaning bir joyigina cho‘zilsa, unga mahalliy cho‘zish deyiladi. Bunda uzayish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Ky =

Bu yerda L — zagotovkaning cho‘zilgandan keyingi uzunligi, mm,


zagotovkaning cho‘zgungacha uzunligi, mm. Odatda bu koeffitsient 1,3-2 oralig‘ida bo‘ladi.
3. Teshish. Bu ishlovda zagotovkadan ma’lum hajmdagi metall tesh -
gich asbob bilan siqib chiqarilib, teshik ochiladi (9.2-rasm, v). Agar qalin metallda teshik teshiladigan bo‘lsa, avval zagotovkaning bir tomonidan chuqurcha qilinib, keyin orqa tomonidan ishlab teshik ochiladi. Odatda, diametri 50 mm dan kichik teshiklar ochish iqtisodiy ma’qul bo‘lmaydi.
4. Raskatkalash . Haqali zagotovka teshikchani kattalashtirish
uchun raskatkalanadi. Buning uchun maxsus opravkaga kiydirilgan zagotovka
uzluksiz aylantirish yo‘li bilan zarblanadi.
5. Bukish . Zagotovka maxsus shtamp bo‘shlig‘i konturi bo‘ylab eguvchi mashinalarda bukiladi.
6. Burash. Zagotovkaning bir qismini ikkinchi qismiga nisbatan maxsus moslamalarda o‘qi bo‘yicha ma’lum burchakka buraladi (9.2- rasm, d).
7. Kesish. O‘lchamlari katta bo‘lgan zagotovka bir necha mayda bo‘laklarga kesib ajratiladi (9.2-rasm, ye). Buni bajarishda temirchilik
boltalari va zubilalardan foydalaniladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish