II bob bo’yicha xulosa
Korxonaning iqtisodiy salohiyati va undan foydalanish to’g’risida to’liq
xulosa chiqarish uchun albatta ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Ammo, ko’rsatkichlar sonining ko’pligi yoki ozligiga qarab o’rganilayotgan
ob’yekt yoki kategoriyani baholash uchun yetarli yoki kam degan xulosa
chiqarib bo’lmaydi. Shu tufayli ko’rsatkichlardan to’g’ri va oqilona foydalanish
yo’llarini ishlab chiqish asosiy vazifa sanaladi.
Respublikamiz viloyatlari shahar va markazlarida bunyod etilgan ko’p
qavatli uylarga servis xizmatlarini ko’rsatishda quyidagi jihatlarning e’tiborga
olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
joriy ta’mirlashda mahalliy xom-ashyodan foydalanish, natijada
tannarxning arzonlashuviga olib keladi;
bajariladigan ta’mirlash ishlarining bajarilishini optimal rejalashtirish
ishning o’z vaqtida va sifatli bajarilishiga imkon yaratadi;
91
ishlarni bajarilish hajmini bajaruvchilar o’rtasida teng va tekis
taqsimlanishi nizolar paydo bo’lishining oldini olishga erishiladi;
tom usti ishlarini bajarishda faqat mutaxassislarni jalb etib, tender
savdosini o’tkazish orqali ishlarni taqsimlash – ishning sifatli bajarilishini
ta’minlaydi;
joriy ta’mirlashda bajariladigan ishlarga ta’sir etuvchi omillarni to’g’ri
baholash orqali samaradorlikka erishish mumkin;
joriy ta’mirlash ishlarini baholashda xarajatlarga ta’sir etuvchi
koeffitsientlar ham e’tiborga olinishi zarur.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarni e’tiborga olgan holda aholi ko’p qavatli
yashash uy-joylariga servis xizmatini ko’rsatish faoliyatining hamda uning
moliyaviy munosabatlarining samaradorligi yanada yaxshilanishi quvonarli
holdir.
Xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatini moliyalashning kreditlash usulini
qo’llash, xizmat ko’rsatish sohasining doimiy pul tushumini ta’minlovchi tizim
subyektlari faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi. Chunki bu usulda
xizmat ko’rsatish korxonalari o’z faoliyatini bir me’yorda olib borishi uchun
bankning qat’iy kafolatlangan va faoliyat uchun belgilangan me’yor, chegara
doirasida kredit mablag’laridan bemalol foydalanishlari mumkin.
Kredit mablag’laridan foydalanish davrida xizmat ko’rsatish korxonlari
uchun har bir kredit mablag’i uchun shartnoma tuzish va shartnoma tuzish bilan
bog’liq bo’lgan rasmiyatchilikdan forig’ bo’ladilar. Shuningdek, banklarga bu
usulda kreditlash jarayonida subyekt tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar
hajmini nazorat qilib boorish va kreditlarni qaytarib borishni rejalashtirish
imkonini beradi. Bundan tashqari, doimiy naqt pul tushumiga ega bo’lgan
xizmat ko’rsatish soha tizimi subyektlari faoliyatini rag’batlantirish yo’li bilan,
bank tashkilotiga xizmat ko’rsatish korxonalarini naqt pul bilan ta’minlash bilan
bog’liq muammolarning hal etilishiga olib keladi.
Shunday qilib, ilmiy ishimizning mazkur bobida biz moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash sharoitida xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining
92
holati va unga ta’sir etuvchi omillar tahlilini o’rganib chiqdik va mazkur
masalalarni o’rganish davomida olingan dastlabki ilmiy xulosalar asosida bir
qator ilmiy va amaliy takliflarni ishlab chiqdik.
Ushbu holatlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish
sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish uchun
hali qilinadigan ishlar ko‘lami juda keng. Buni amalga oshirish uchun
tadbirkorlarning o‘zlaridan ham katta tashkilotchilik va tashabbuskorlik talab
etiladi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |