III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
XIZMAT KO’RSATISH KORXONALARI MOLIYASINI SAMARALI
TASHKIL ETISH VA ULARNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH
YO’LLARI
3.1. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasida yuzaga kelgan muammolar
va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi
Respublikamizda iqtisodiyotning barcha sohalari kabi uy-joy kommunal
xo’jaligi sohasiga eski tizimdan konstruktiv ijro jihatidan nomukammal bo’lgan
ko’p xonadonli uylar va ularni saqlash hamda ta’mirlashning samarasiz tizimi,
sohani boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik uslubiga asoslangan, budjet
mablag’lari hisobidan boqimanda kun ko’rishga o’rganib qolgan iqtisodiy
samarasiz tizim meros bo’lib qoldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining e’lon qilinishi davlat qurilishi sohasida
ham tub islohotlar zaruriyatini yuzaga keltirdi. Odamlar aslo kechiktirib
bo’lmaydiagn muammolar – oziq-ovqat, transport, savdo, sog’liqni saqlash, uy-
joy qurilishi, mehnat rejimi va unga haq to’lash, dam olish sharoitlari kabi
muammolarning hal etilishini kutar edilar.
1
O’tish davrida boshqaruv tizimining maqsadga muvofiqligi, samarasi va
sifati yaqqol namoyon bo’ladi, chunki bunda eskirib, talabga javob bermay
qolgan davlat institutlari yangilari bilan almashtiriladi. Bu davrda markaziy
hukumat ko’p qavatli uylarni ta’mirlash, uy-joyni har taraflama saqlash,
kommunal xizmatlar bo’yicha to’lovlarni yig’ish kabi muammolarni hal etishni
mahalliy darajaga o’tkazib bergani shu bilan izohlanadi.
“… kommunal
uy-joylarni saqlash muammosi kun tartibidan
tushmayotganini tan olish ham zarur. “Ijtimioy fikr” jamoatchilik fikrini
o’rganish markazi hisoblariga ko’ra 2011-yilning 20-24-oktabr kunlari
mamlakatimizning 12 viloyatida, Qaroqalpog’iston Respublikasi va Toshkent
shahrida so’rov o’tkazildi. 1100 kishidan iborat respondentlarga “O’z uyingizda,
xonadoningizda quyidagi kommunal xizmatlar qay dararajada ko’rsatiladi yoki
1
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston”, 2011-yil, 46-b.
94
siz ulardan qay darajada foydalana olasiz?” degan savol bilan murajaat
qilinganida javoblar quyidagicha taqsimlangan:
“butun kun davomida barqaror” – elektr energiya – 44,3%, tabiiy gaz –
44,6%, vodoprovod suvi – 44,8%, hammom, vanna – 39,9%, chiqindini olib
chiqib ketish – 31,4%.
“Barqaror emas, bir kunda bir necha marotaba foydalanish imkoniyatiga
egaman” – elektr energiya – 55,4%, tabiiy gaz – 42,2%, vodoprovod suvi –
33,5%, hammom, vanna – 26,4% chiqindini olib chiqib ketish – 16,2%.
“Foydalanish imkoniyatiga ega emasman” – elektr energiya – 0,3%, tabiiy
gaz – 13,2%, vodoprovod suvi – 21,7%, hammom, vanna – 33,7%, chiqindini
olib chiqib ketish – 52,4%. (Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari.
№1. 2012. 25-b.).”
1
Bozor iqtisodiyoti shunday mexanizm va tamoyillarga asoslanganki,
iqtisodoyotda barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tegishli me’yor va
muvozanat holatida bo’lishi talab etiladi, mamlakatda ushbu me’yor va
muvozanat ta’minlanmasa iqtisodiyotda turli darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy
ziddiyatli holatlar vujudga keladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xizmat
ko’rsatuvchi korxonalarda mazkur masalalarga tegishli darajada amal etilmasligi
oqibatida qarzdorlik bilan bog’liq ayrim muammoli holatlar paydo bo’lmoqda.
Ximat ko’rsatish tarmog’ining asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblangan, ko’p
qavatli aholi yashash uylariga xizmat qiluvchi xususiy uy-joy mulkdorlari
shirkatlari qarzdorligi nafaqat shu korxonalarning moliyaviy holatiga balki,
ularning salbiy oqibatlari mamlakat milliy iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga
ham ta’sir ko’rsatadi. Shu jihatdan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari
qarzdorligining vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish yo’llarini
aniqlab berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi rasmda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida vujudga
keladigan salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan (12-rasm).
1
Malikova G, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tajriba va muammolar. Huquq va burch.
№4/2014. 49-b.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |