2.3. Xizmat ko’rsatish korxonalarining moliyaviy munosabatlarini samarali
boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni yumshatish yo’llari
Korxonalar moliyaviy holatini umumiy baholashdan keyingizi moliyaviy
tahlil bosqichi bo’lib, korxonalarning moliyaviy mustahkamligi tahlili
hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotda moliyaviy mustahkamlikka va balans likvidligiga bir
xil ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko’rsatkichni yoki moliyaviy
mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarini
qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi. Moliyaviy mustahkamlik va
balans likvidligi – bu o’z mazmuniga ega bo’lgan ikki xil moliyaviy
ko’rsatkichlar bo’lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtai nazardan
ifodalaydi.
Moliyaviy mustahkamlik ko’rsatkichi kompleks sifatidagi ko’rsatkich
bo’lib, u:
− korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida xizmat
ko’rsatish salohiyatini saqlab qolish imkoniyatini;
− korxona mablag’laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyatini
borligini;
− xizmat ko’rsatishni to’xtamasdan uni sotish imkoniyati borligini;
− korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamligini;
− korxonalar faoliyatiga to’g’ri boshqaruvlik qilinayotganligi;
− korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining
talablariga javob berishligini;
− korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qoplovchi
manbalar borligi darajasini ko’rsatadi.
Demak, moliyaviy mustahkamlik xizmat ko’rsatish korxonalar moliyaviy
resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Moliyaviy
80
mustahkamlikka xizmat ko’rsatish korxonalarining butun xo’jalik, xizmat
ko’rsatish va tadbirkorlik faoliyatining hamma yo’nalishlari ta’sir ko’rsatadi.
Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart sharoitlar ta’sir etadi.
Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
• korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi;
• ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• ishlab chiqarishni boshqarish;
• korxona nizom fondining hajmi;
• korxona xarajat va daromadlarining nisbati;
• o’z mablag’larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;
• korxona aylanma mablag’lari tarkibi.
Xizmat ko’rsatish korxonalar o’z faoliyati boshqa korxona va tashkilotlar
bilan iqtisodiy aloqalarda bo’lar ekan, korxonalar moliyaviy mustahkamligiga
tashqi omillar ham ta’sir etadi, ular tarkibida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
• korxonaning xizmatlar bozoridagi holati;
• korxonaning eksport va import aloqalari;
• korxonaning boshqa korxonalar, ta’minlovchi va iste’molchi
korxonalar bilan aloqalarda ishga oid aktivligi;
• bank organlari, debitor va kreditorlar bilan aloqalar;
• respublikada amalga oshiralyotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narx-navo
va moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.
Shunday qilib, moliyaviy mustahkamlikka xizmat ko’rsatish korxonasi
ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko’rsatar
ekan, lekin shu bilan birga moliyaviy mustahkamlikning darajasi xizmat
ko’rsatuvchi korxonalarning hozirgi va kelgusi faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, moliyaviy mustahkamlikning darajasiga binoan xizmat ko’rsatish
korxonasida quyidagi muammolar yechiladi:
korxona xodimlariga o’z vaqtida ish haqi to’lab turish;
ta’minlovchi va iste’molchi korxonalar bilan iqtisodiy aloqalarni
kerakli darajada olib borish;
81
banklardan olingan kreditlarni o’z vaqtida qaytarib turish;
davlat byudjetiga tegishli soliq va to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazib
turish;
boshqa korxona va tashkilotlardan olingan qarzlarni o’z vaqtida
qaytarib turish;
korxona xodimlarini moddiy rag’batlantirib borish;
korxona jamoasining iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;
korxonani texnikaviy darajasini ko’tarib turish.
Demak, moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar
ta’sirining yakuni bo’lib, u o’z navbatida korxona faoliyatining ko’p
tomonlariga ta’sirini ko’rsatadi.
Xizmat ko’rsatish sub’ektlarning moliyaviy mustahkamligini o’rganish va
tahlil etishdan asosiy maqsad uning moliyaviy mustahkamligini yanada oshirish
bo’yicha imkoniyatlariga baho berishdan iboratdir. Yuqoridagi fikr-
mulohazalarimizdan ko’rdikki, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining
moliyaviy mustahkamligini yaxshilash va uni kuchaytirib borish ushbu
korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilanib borishidan dalolat ekan. Shunday
ekan bizning fikrimizcha, xizmat ko’rsatish korxonalarining moliyaviy
mustahkamligini kuchaytirish yo’llari sifatida quyidagilarni sanab o’tish
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
korxona aylanma aktivlarining aylanish tezligini oshirish;
korxonada muddati o’tgan debitorlik qarzdorlikka yo’l qo’ymaslik va
debitorlik qarzlari salmog’ini qisqartirib borish;
ishlab chiqarish xarajatlaridan samarali foydalanish evaziga olinadigan
yalpi foydani o’stirish va shu yo’l orqali moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash;
normativdan oshiqcha aylanma aktivlarni hosil etmaslik;
korxonaning kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish;
korxonadagi yuqori likvid aktivlarning aylanishini yanada tezlashtirish;
82
korxonaning o’z mablag’lari manbalarini oshirish yo’llarini izlab topish;
korxona majburiyatlari ulushini umumiy manbalardagi hissasini tobora
kamaytirish;
tovar va xizmatlar bozorini chuqur o’rgangan holda yuqori talab mavjud
bo’lgan xizmat turlarini yaratish va xizmatlar ko’rsatish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini
oshirib borish orqali bozordagi mavqeini mustahkamlab olish;
yuqori rentabelli xizmat turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish orqali
xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarning moliyaviy mustahkamligini yanada
barqarorlashtirish va kuchaytirish mumkin bo’ladi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining asosiy vazifalaridan biri uy-
joylarni foydalanishga yaroqli holda topshirish shartlari mukammal va joriy
ta’mirlashni, shu jumladan tomlarni ta’mirlash, uylar ichidagi muhandislik
kommunikatsiyalarini almashtirish va ko’p kvartirali uy-joylarning umumiy
foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlash ishlarini sifatli bajarishdir.
Uy-joylarni joriy ta’mirlash ishlarini olib borishning rejaviy dasturini
yuritish, xarajatlarni oldindan rejalashtirish muammolari hali ham dolzarb
masallardan biri bo’lib qolmoqda. Joriy ta’mirlash ishlariga ketadigan
xarajatlarni rejalashtirishning aniq ifodasini aniqlash qiyin muammolardan
bo’lishiga qaramasdan, amaliyotda sarflanadigan xarajatlarga nisbatan yaqinroq
qiymatini toppish mumkin.
Uy-joylarni ichki joriy ta’mirlash ishlari ko’proq istiqomat qiluvchilar
zimmasida bo’lganligi sababli, binoning qolgan joylarida bajariladigan
ta’mirlash ishlaritasnifini quyidagi tartibda tuzish mumkin: zinapoya va
maydonchalarini ta’mirlash; tom ustki yopmasini ta’mirlash; deraza va eshik
romlarini ta’mirlash; ichki pardozlash ishlari; muhandislik tarmoq uzatkichlarini
ta’mirlash; biriktirilgan uchastka maydonlarini obodonlashtirish va boshqalar.
Ta’mirlash ishlarini bajarish va ularning samaradorligiga bir qator omillar o’z
ta’sirini ko’rsatadi (11-rasm).
83
Do'stlaringiz bilan baham: |