9.2. Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv
samaradorligi ko’rsatkichlari.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga
oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko’proq menejerlarning san’ati,
ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog’liq. Biznesning murakkab
dunyosida bunday o’zini o’zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va
raqiblarning ko’zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan
standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va
boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir.
Bu holda yutuqlarni o’zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u
endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so’z yotadi. Muvaf- faqiyatli
biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni
belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy
me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. ko’rinishidagi
544
huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan
kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va
boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab
chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko’rinishda quydagicha
aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun ,
yoki faqat jamiyat uchun samarali bo’ladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes
samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig’ma daromadlari
va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to’lovlar to’langandan keyin
korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan
daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy
baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari,
xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar,
sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qo’llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar
minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo,
materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va
tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks
ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol
ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga
qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh
salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G’arbda ular
o’zlarini o’stirgan mamlakatlaring faxri bo’ladilar, ularning menejerlari esa – eng
mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar
kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial
fondlarga ihtiyoriy to’lovlar to’langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda),
ishlab chiqish bilan qo’shilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid
qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to’lovlarni o’z ichiga
oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona
ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to’lovlar, subsidiyalar,
badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy
yo’qotishlar va h.k.) ko’rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo’linadilar.
Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma
mablag’lar, avans qilib berilgan yoki qo’llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi.
545
Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig’imining
o’zlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo’li bilan aniqlangan xuddi
shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini
baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko’rsatkichlar va standartlar
(normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona
raqobatbardosh bo’ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g’oyatda turli tumanligi
bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari
amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik
berilmoqda.
Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini o’zgarishi – bu uning tijorat
sirining o’zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil
usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning
aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy
bo’ladi. Shunga qaramasdan biznes bo’yicha g’arb adabiyotlarini ko’rib chiqa turib,
bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib,
eng ahamiyatli va ko’proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati
natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi
indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga
bo’linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha ko’p yoki nisbatan
kam bo’lishi mumkin. Bu o’tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog’liqdir.
Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga
imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat
resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan
foydalanishning samaradorligi.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy ko’rsatkichlar va korxona
raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning
maqsadlariga ko’ra bir nechta bo’lishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini
ajratamiz. Bu jahon etakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq
miqdorlarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo’li bilan olingan
me’yoriy ko’rsatkichning o’rtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-mo’ljallar
safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xo’jaligi etakchisi; xalq xo’jaligi standarti;
sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin
korxona raqobatbardosh bo’la olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga
aniq ko’rsatkichlar ko’rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi.
Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil
qiladilar, unda tanlab olingan ko’rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-
balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq ko’rsatkichlar bilan to’ldirish oson ish emas. U korxonada
malakali aqliy markazni mavjud bo’lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat
sirini qo’shish va o’zinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan
xorijnikini qo’shimcha o’rganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan
mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar,
yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining
546
sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi bo’lsa ham. Bunday ishsiz obro’li va o’zini
hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi.
Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yo’li bilan olingan
indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga ko’ra 100 ball bo’ladi.
Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar
bo’yicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi bo’yicha balli hisoblanishlarini
berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |