Shampan vinolarining tasniflanishi
Shampan vinosi qancha vaqt davomida yetiltirilganligiga qarab quyidagilarga ajraladi: yetilmagan; yetilgan – yetiltirish muddati kamida olti oy boʻlgan; kolleksion – shisha idishlarda kamida uch yil davomida yetiltirilgan hamda etiketkasida vino shampanlashtirilgan yil koʻrsatilgan holda sotiladigan vino. Shampan vinosida spirtning hajmiy ulushi kamida 10,5%ni tashkil etishi kerak.
Original uzum vinolari – bular yangi uzum atalasini, ichki poʻstloqni yoki qayta tiklangan uzum atalasini taʼm va xushboʻylik beradigan oziq qoʻshimchasidan (xushboʻy qiluvchilardan) foydalanib yoki usiz toʻliq yoki qisman bijgʻitish yoʻli bilan olinadigan ichimliklardir. Bunda taʼm va xushboʻylik beradigan oziq qoʻshimchasi natural xom ashyodan ajratib olingan natural yoki naturalga aynan oʻxshash boʻlgan hidli moddalar, efir moylari, ekstraktlar va distillyatlar komponentlarining aralashmasidan iboratdir. Ushbu qoʻshimchaning vazifasi vinoga oʻziga xos hid va taʼm berishdan iborat. Original vinolarni olish vaqtida boʻtqa bijgʻitilishidan oldin unga qand qoʻshishga ruxsat beriladi. Shunday qilib, original vinolar natural vinolar xossalarining bir qismiga ega boʻladi va bir qism xossalar sunʼiy ravishda kiritiladi (ilgari bunday vinolar qalbakilashtirilgan, deb hisoblanar edi. )
Original vinolar tayyorlash usuliga, etil spirtining hajmiy ulushiga va qandlarning umumiy konsentratsiyasiga qarab quruq (yumshoq), nimquruq (nimyumshoq), nimshirin, shirin, oʻtkir, nimdesert, desert vinolarga boʻlinadi (3-jadval).
3-jadval.
Original vinolarning tasniflanishi
Vinolar guruhi
|
Etil spirtining hajmiy ulushi,%
|
Massaviy konsentratsiyasi,g/dm3
|
Quruq (yumshoq) vinolar
|
9,0-13,0
|
3,0dan kup emas
|
Nimquruq (nimyumshoq) vinolar
|
9,0-13,0
|
5.0-25.0
|
Nimshirin vinolar
|
9,0-12,0
|
30.0-55
|
Shirin
|
17.0-20.0
|
15.0-120
|
Oʻtkir vinolar
|
17.0-20.0
|
15,0-120
|
Nimdesert vinolar
|
14,0-16,0
|
50,0-120
|
Desert vinolar
|
15,0-17,0
|
140-200
|
Quruq (yumshoq) original vinolar boʻtqa yoki ichki poʻstloqni toʻla achitish yoʻli bilan olinadi. Ularda spirt miqdori — 9,0—1 13,0%, qandlar — koʻpi bilan 3,0 g/dm3 boʻladi.
Nimquruq (nimyumshoq), nimshirin va shirin original vinolarga uzum boʻtqasini yoki ichki poʻstloqni qand yo boʻlmasa konsentratsiyalangan uzum boʻtqasini qoʻshgan holda toʻla bijgʻitib tayyorlangan ichimliklar kiradi. Bu vinolar tarkibida spirt 9,0—13,0%, qandlar — 5,0 dan 80 g/dm3gacha boʻladi.
Oʻtkir, nimdesert va desert original vinolar uzum boʻtqasini yoki ichki poʻstloqni etil spirti, qand yo boʻlmasa konsentratsiyalangan uzum boʻtqasini qoʻshgan holda toʻla yoki chala bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadi.
Original vinolar xushboʻy qilingan, quruq (yumshoq), nimquruq (nimyumshoq), nimshirin va shirin guruhlari esa – gazlangan (vishillaydigan) boʻlishi mumkin.
Xushboʻy qilingan original vinolar taʼm va xushboʻylik beradigan oziq qoʻshimchalardan foydalangan holda, gazlangan vinolar esa qayta ishlangan vino materiallarini uglerod ikki oksidi bilan sunʼiy ravishda boyitish yoʻli bilan ishlab chiqiladi.
Gazlangan vino kokteyllari – bu uzum yoki meva vinomateriallarini spirt, suv bilan aralashtirish yoʻli bilan olingan hamda uglerod ikki oksidi bilan boyitilgan ichimliklardir. Kokteyllarni tayyorlashda taʼm va xushboʻylik beradigan qoʻshimchalardan, boʻyoqlardan foydalanilishi ham mumkin. Ichimliklardagi etil spirtining hajmiy ulushi 2,0 dan 12,0%gacha, qandlarning konsentratsiyasi 20,0 dan 120,0 g/dm3 gacha boʻladi.
Vino kokteyllari qand oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan tayyorlanishi mumkin. Ular birinchi navbatda diabet (qand) kasalligi bor odamlarga moʻljallanadi.
Vino ichimliklari uzum yoki meva vinomateriallaridan etil spirti, konyak, uzum, meva spirtlarini, vino konsentratlari, suv, qand, eman ekstrakti, taʼm va xushboʻylik beradigan oziq qoʻshimchalar, boʻyoqlar va boshqa komponentlarni qoʻshib tayyorlangan ichimliklardir. Vino ichimliklaridagi spirt miqdori ancha farqlanib turadi – 5,0 dan 28%gacha, qandlar miqdori – koʻpi bilan 300 g/dm3 boʻladi.
Haqiqiylikni ekspertiza qilish aroq, liker-aroq mahsulotlari, vino, konyak sohtalashtirilganligini aniqlash maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ularni qalbakilashtirishning quyidagi usullari va turlari aniqlanishi mumkin.
Alkogolli ichimliklarning assortimentini qalbakilash-tirishga quyidagilar hisobiga erishilishi mumkin: alkogolli ichimlikning bir turini boshqasi bilan almashtirish; markali (yetiltirilgan) ichimliklarni oddiy ichimliklar bilan almashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |