7.3
.
Yangiliklar va investitsiyalar portfelining shakllanishi
Innovatsion menejmentning maqsadli quyitizimi ikki komponentdan:
yangiliklar portfelini shakllantirish va invetitsiyalar portfelini shakllantirishdan
iborat. Yangiliklar portfelini shakllantirishda e‘tiborga olinishi kerak bo‘lgan
muhim jihatlardan biri – bu mahsulotning va mo‘ljallangan bozorning yangilik
darajasidir. Bunda mahsulot-bozor matritsasiga e‘tibor qaratish joiz.
Yangiliklar portfelini shakllantirish ilmiy ishlanmalar, ixtirolar, patentlar,
nou-xau va boshqa yangiliklarni o‘z ichiga oladi. Yangiliklar sotib oligan yoki o‘zi
ishlab chiqqan bo‘lishi mumkin, ular o‘z xususiy fondida saqlanishi, o‘zining
ishlab chiqarishida joriy etilishi yoki sotilishi mumkin.
186
7.1-jadval
IK innovatsion portfelining mahsulot-bozor matritsasi.
108
Bozor mahsuloti
Mavjud bozor
Yangi bozorlar
Mavjud mahsulotlar
Bozor intensifikatsiyasi: mahsulotli
pozitsiyalash, bozor chuqurchasini
rezervlash
Bozorni rivojlantirish:
mahsulot variatsiyasi,chuqur
tadqiqotlar
Yangi tovarlar
Mahsulotni rivojlantirish: mahsulot
ko‘rinishini o‘zgartirish
tadqiqotlarini olib borish
Diversifikatsiya
Yangiliklar portfeli ko‘proq o‘zining yuqori fan sig‘imi ishlanmalari, ixtiro,
patent, samarali nou-xau va boshqa tub o‘zgarishlarga asoslangan yangiliklar bilan
to‘ldirilib borishi kerak.
Yangiliklar bir tomondan, sotib olinadigan va o‘zi ishlab chiqqan bo‘lishi,
ikkinchi tomondan esa o‘zining fondida jamg‘arilishi, joriy etilishi, ya‘ni
innovatsiyalarga o‘tishi yoki sotilishi kerak.
Tovarning
raqobatbardoshligini
innovatsion
tashkilotning
moliyaviy,
texnikaviy, ijtimoiy, tashkiliy holatini, raqobat ustunliklarini tahlil qilish asosida
tashkilotning faoliyat ko‘rsatish va majmuaviy rivojlanishi siyosati shakllantiriladi.
Tashkilotning siyosati-bu tashkilotning bosh yo‘li bo‘lib, tashkilotning
rahbariyati tomonidan biror-bir faoliyat sohasi (texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy,
tashqi iqtisodiy va h.k. sohalar ) da o‘tkaziladigan chora-tadbirlar tizimidir.
Siyosatni shakllantirish masalalari ―Strategik menejment‖ fanida ko‘rib chiqiladi.
Har qanday siyosatning o‘zagi yangiliklarni, ya‘ni investitsiyalarni joriy etish
hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning, ayniqsa innovatsion tadbirkorlikning maqsadi
innovatsiyalarni
kiritish
orqali
natija
olishdir.
Innovatsion
faoliyat-bu
chiqarilayotgan mahsulot (tovar, xizmat)larning nomenklaturasini kengaytirish va
yangilash, ularni yaratish texnologiyasini takomillashtirgan holda ishlab
chiqarishga joriy qilib, ichki va xorijiy bozorlarda samarali sotilishini ta‘minlash
uchun ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning natijalaridan foydalanish va
tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy,
108
Малое инновационное предпринимательство: учебное пособие / С. В. Валдайцев, Н. Н. Молчанов, К.
Пецольдт. – Москва: Проспект, 2011. –С 234.
187
texnikaviy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijoriy tadbirlarning butun bir
majmuini ko‘zda tutadi.
Investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish bir qancha
xususiyatlarga ega. Buyurtmalar portfelini shakllantirish uchun aniq investitsiya
ishlari mavzularini tanlashda uchta vaziyat bo'lishi mumkin. Bular:
1.
Maqsad aniq ifodalangan va investitsiya loyihasi - unga erishish
vositalaridan biri. Yangi avlod televizorini dasturiy boshqarish stanogini tashkil
etish mana shunday maqsad bo'lishi mumkin;
2.
Maqsad umumiy shaklda ifodalangan, bu innovatsiya ishlari dasturini
(rejasini) tuzish imkonini bermaydi. Muayyan kasalliklarga (saraton, atipik
pnevmoniya)ga qarshi kurashni yaxshilash, kompaniyaning foyda ko'rishini eng
ko'p darajada oshirish, jinoyatchilik darajasini pasaytirish mana shunday maqsad
bo'lishi mumkin;
3.
Maqsad noma'lum. Masalan, sanoat va qurilishda ilmiy-texnik taraqqiyotni
rag'batlantirish zarur. Ushbu holatda ilmiy kontseptsiya izlanadi, uning asosida
vazifalarni hal etish dasturi tuziladi.
109
Innovatsiyalar portfelini shakllantirish va boshqarish jarayoni 5 ta bosqichdan
iborat:
110
1-bosqich: Tarmoqda tub strategik omillarni modellashtirish.
2-bosqich: Ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan tavsiflarni aniqlash.
3-bosqich: Ushbu tavsiflar ahamiyatini aniqlash va ularning jozibadorligini
baholash.
4-bosqich: Tahdidlarni va bo'lajak foydani baholash, innovatsiyalarning
takomillashgan portfelini tuzish.
5-bosqich: Taklif etilayotgan yangi loyihalarni baholash.
Har bir samarali boshqariladigan tashkilotda strategiya va innovatsiyalar
o'rtasida mustahkam aloqa mavjud bo'ladi. Strategiyaning imkoniyatlari
innovatsiyalarning imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi. Strategik maqsadlarga
yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Shunday qilib, innovatsiyalar portfelini shakllantirish
109
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015- C.113.
110
Managing Innovation Portfolios by Langdon Morris An InnovationLabs White Paper Version 3, February 2010
© InnovationLabs LLC 2010 –P.5.
188
jarayoni tashkilot duch keladigan asosiy strategik masalalarni hisobga olishdan
boshlanadi.Bular:
1. Raqobatchilar tomonidan innovatsiyalar qo'llanilishi darajasi.
2.Hozirgi vaqtda raqobatchilar tomonidan qanday aniq tashabbuslar
ko'rsatilmoqda.
3.Tarmoqda kompaniyaning mavqei (etakchi / izdosh / va shu kabilar).
4.Kompaniyaning tavakkalchilikka moyilligi.
5.Ushbu tarmoq bozorining tovarlar bilan to'ldirilishi tezligi.
6.Ushbu tarmoqqa raqamli texnologiyalarni joriy etish tezligi.
7.Globallashuvning ta'siri, u o'zi bilan olib keladigan tahdidlarni va u taqdim
etadigan yangi bozorlarni aniqlash.
8.Tarmoqdagi o'zgarishlarning umumiy koeffitsienti.
Asosiy tahdidlar va taqdirlash baholashning muhim turlari hisoblanadi,
ulardan tashqari ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan boshqa tavsiflar ham mavjud.
Ulardan ayrimlari boshqalariga qaraganda muhimroq ahamiyatga ega bo'ladi.
Binobarin, quyida ko'rsatilgan jadval barcha mezonlarni ko'rib chiqish va kamroq
ahamiyatga ega bo'lgan mezonlarni yoddan chiqarmagan holda katta e'tibor
berilayotgan tavsiflarga qo'shimcha salmoq bag'ishlaydi.
7.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |