Tezkor so’rov savollari.
1. Farobiyning tabiat to‘g‘risidagi fi krlarini gapiring.
2. Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfi yotlar qilgan?
3. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi nimalardan iborat?
4. Zahiriddin Muhammad Boburning izlanishlari haqida gapirib bering.
6-MAVZU: Ch. Darvinning hayoti, faoliyati.
REJA:
1. Darvinning yirik asarlari.
2. CH. Darvinning evolutsion g‘oyalari.
3. Tabiiy tanlanish va uning turlari.
Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin professor Genslo uni butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi. Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 500 kmuzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga soldi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqalar, chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir orolda o‘ziga xos tuzilishga ega turlarini uchratish mumkin. Vyuroklar boshqa xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizig‘i shundaki, har xil orolda tumshug‘i turlicha tuzilgan vyuroklar tarqalgan. Umuman olganda, Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash, lekin ayrim belgi, xossalari bo‘yicha farq qiladi.
Darvinning yirik asarlari. Darvin dunyo bo‘ylab uyushtirilgan safardan qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi. U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fi kr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi. Sun’iy tanlash. Dunyo bo‘ylab safardan Darvin tashqi muhit ta’sirida turlar o‘zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiyaga oid dalillar turlarning turg‘un emas, balki o‘zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, o‘sha davrdagi hukmron dunyoqarash ta’sirida bo‘lgan ko‘p tabiatshunos olimlar bir turning boshqa turga aylanganligini ko‘rmaganliklarini ro‘kach qilib, organik olam evolutsiyasini tan olmas edilar. Shu bois yosh Darvin o‘z faoliyatini evolutsion jarayon mexanizmlarini aniqlashdan boshladi. Avvalo xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabablarini o‘rgandi. Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, odam paydo bo‘lmasdan ilgari Yer yuzida madaniy o‘simliklar, xonaki hayvonlar bo‘lmagan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, tabiatda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning urug‘lari, mevalari va boshqa qismlarini iste’mol qilish bilan hayot kechirgan. Bundan 9–10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo‘lga o‘rgatish, yovvoyi o‘simliklar orasidan oziqabop xillarini o‘z kulbalari atrofi ga ekish rasm-rusum tusini olgan va bu tajriba avloddan avlodga o‘ta boshlagan. Ongli tanlash. Keyinchalik insoniyat ongining o‘sishi, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli odamlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmonga bo‘lgan talabining ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy o‘rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo‘lgan o‘simlik navi, hayvon zoti qanday ijobiy belgi-xossalarga ega bo‘lishi oldindan rejalashtirilgan. So‘ngra ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Bu esa yangi zot, navlar chiqarish muddatining qisqarishiga va tanlash natijasining ko‘p jihatdan samarali bo‘lishiga imkon bergan. Darvin sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. XX asr ikkinchi yarmida akademik K. D. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvon larni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi. U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan xatti-harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir guruhi odamga tashlanuvchan, o‘ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga tashlanishga qo‘rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi guruhi esa xotirjam instinktli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Savollar:
1. Ch. Darvinning evolutsion g‘oyalari Lamarkning g‘oyalaridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Ch. Darvin ta’limotining mazmun-mohiyatini izohlang.
3. Ch. Darvin xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabablarini qanday izohladi?
4. Sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
5. Darvin fikricha, shaxsiy o‘zgaruvchanlik nima? Bunday o‘zgaruvchanlik evolutsion jarayonda qanday ahamiyaga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |