Tezkor so’rov savollari.
1. Hayvonlarni klonlashning qanday yo‘llari bor?
2. Gibridoma hujayrasining qanday afzalliklarini bilasiz?
3. Monoklonal antitanalar sintez qiluvchi gibridoma hujayralarining alohida klonlarini olish uchun gibridoma hujayralarini qanday ko‘paytirasiz?
4. Monoklonal antitananing qanday ahamiyati bor?
3-MAVZU: Hayotning tur va populyatsiya darajasi.
REJA:
1. Populyatsiya va tur tushunchasi.
2. Tur mezonlari.
3.Populyatsiya genofondining o’zgarishi.
Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan turlar tabiatda qanday yo‘nalishlarda paydo bo‘lgan va rivojlangan degan masalalar sizni ham qiziqtirishi tabiiy.
Biologiya fanining rivojlanishida juda ko‘p olimlar o‘zlarining tadqiqotlari bilan bu muammoni hal etishga harakat qilgan. Keyingi paragraflarda mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari bilan tanishasiz. Organik olamning rivojlanishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning barchasi biologiya fanining rivojlanishiga qo‘shilgan hissa ekanligi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Organik olam juda uzoq muddat davomida tarixiy rivojlangan. Paleontologik qazilma qoldiqlarni o‘rganish va hozirda mavjud organizmlarning tuzilishi bilan taqqoslash orqali shunday xulosalar chiqarilgan.
Shuni qayd etish kerakki, organik olam evolutsiyasi haqidagi fikrlar ko‘plab biolog olimlarning tadqiqotlari natijasida olingan xulosa sanaladi.
Tur deganda morfologik, fiziologik, etologik, genetik, biokimyoviy xossalari bilan o‘xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma’lum yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda o‘z arealiga ega bo‘lgan organizmlardan iborat populatsiyalar yig‘indisi tushuniladi.
Populatsiya shu turning boshqa populatsiyalaridan ayrim belgi va xossalari bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizimdir. Har bir tur tabiatda ma’lum maydonni ishg‘ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda turning areali katta maydondan iborat bo‘ladi. Shu sababli tur arealining turli qismlarida yashash muhiti turlicha bo‘ladi. Arealning turli qismlarida yashovchi individlar bir turga kirsa ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Demak, har qanday tur bir-biridan ozmi-ko‘pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. Shuning uchun har qanday biologik tur politipik hisoblanadi. Politipik turlar bir-biridan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib nasl beradigan kenja turlar va populatsiyalardan tashkil topadi. Tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar politipik sanaladi. Chunki areal qanchalik keng bo‘lsa, areal chekkalaridagi muhit o‘rtasida tafovut ko‘p bo‘ladi.
Tur evolyutsiyasi evolyutsion ta’limotda markaziy o’rin tutadi. Tur deganda, morfologik, fiziologik, biokimyoviy xossalari bilan o’xshash, o’ng’aylik bilan chatishib nasl beruvchi, ma’lum yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda ma’lum areallarga ega bo’lgan organizmlar yig’indisi tushuniladi.
Turlarning paydo bo’lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan biri tur paydo bo’lishining uzoq muddatli ekanligi va tajribada o’rganishning qiyinligi bo’lsa, ikkinchisi esa, tur paydo bo’lishining har xil organizmlarda turlicha bo’lishi bilan bog’liq.
Turga xos belgi-xossalar yig’indisi tur mezonlari deb ataladi. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning tashqi, ichki tomondan o’xhashligini ifodalaydi. Tashqi tomondan bir-biriga juda o’xshash, lekin o’zaro chatishmaydigan turlar ham mavjud. Ularni qiyofadosh turlar deb ataladi.
Fiziologik mezon-bu bir turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa ko’payishning o’xshashligidir. Har xil tur vakillari chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi. Biokimyoviy mezon-Har xil turga kiruvchi organizmlar o’zining kimyoviy tarkibi, chunonchi, oqsil, uglevod, peptidlar, nukleyin kislaotalar vaboshqalar bilan farq qiadi.Lekin asosiy farq har bir tur uchun irsiy material DNK molekulalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdoridagi farqdadir.
Populatsiya - tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin ular turg‘un holatda bo‘lmay, tashqi muhit ta’sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo‘ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko‘p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo‘ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Tok shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o‘n metr bo‘lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho‘ziladi.
Savollar:
1.Tur deganda nima tushuniladi?
2.Tur tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim haqida ma’lumot bering.
3.Dastlab olimlar tur haqida qanday fikrlar bildirgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |