O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
TERMIZ FILIALI AKADEMIK LITSEYI
ANIQ VA TABIIY FANLAR KAFEDRASI
O’QITUVCHISI DEHQONOVA FERUZAANING
Biologiya fanidan
MA’RUZA MATNLARI
TO’PLAMI
Termiz-2020 yil.
Annotatsiya
«Biologiya» fani bo’yicha tayyorlangan ma’ruza matnlari fanning barcha asosiy elementar tushunchalarini o’z ichiga qamrab olgan. Bu ma’ruza matndagi har bir mavzu izchillik bilan yozilgan. O’quvchilarning biologiya sohasidagi bilimlarini shakllantirishga qaratilgan.
Muallif: Dehqonova F.
Taqrizchi:
TerDU biologiya fani o’qituvchisi Devonova N.
TDTU TF Akademik litsey Biologiya fani o’qituvchisi Dehqonova Feruzaning Biologiya fanidan
tayyorlagan ma’ruza matniga
TAQRIZ
Men Biologiya fani bo’yicha Dehqonova Feruza tomonidan tayyorlangan ma’ruza matni bilan tanishib chiqdim. Ma’ruza matnida har bir mavzuga alohida e’tibor berilgan. Mavzulardan keyin rejalar yozilib, muvzu yuzasidan mustahkamlash uchun savollar berilgan. Mavzularni yoritishda ilmiy adabiyotlardan keng foydalanilgan. Ma’ruza matni tayyorlash jarayonida o’quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olingan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qayd etilgan. Matnda imloviy, punktuatsion nuqsonlar, ayrim o’rinlarda ilmiy fikrlarda chalkashliklar bo’lsada, undan akademik litsey talabalari uchun bemalot foydalanish mumkin.
Taqrizchi:
TerDU biologiya fani o’qituvchisi Devonova N.
Kafedra mudiri U.Qulmanova
Ushbu ma’ruza matnlari to’plami Aniq va Tabiiy fanlar kafedrasining 2020 yil 29 avgustdagi № 1 -sonli yig’ilishida muhokama etilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Ushbu ma’ruza matnlari to’plami akademik litsey ilmiiy pedagogik kengashining 2020 yil 28 avgustdagi № 1 -sonli yig’ilishida muhokama etilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
1-Mavzu: Biologiya – hayot haqidagi fan. Hayot mohiyati va tiriklikning xususiyatlari
Reja:
1. Biologiya fanining tarmoqlari.
2. Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
3. Hayot mohiyati va tiriklikning xususiyatlari.
Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi.
Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir.
Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Tre- viranus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «bios» - hayot, «logos» - fan degan ma’noni bildiradi.
Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi no.yob o‘simliklar va hayvon turlarini muhofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi xususiyatli mikroorganizm shtammlarini yaratish, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammolarni hal etish biologiyaning rivojiga bog‘liq.
Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo‘linadi. Botanika - o‘simliklar, zoologiya - hayvonlar, mikrobiologiya - mikroorganizmlar, mikologiya - zamburug‘lar, gidrobiologiya - suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya - qazilma holdagi organizmlar, ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi. Anatomiya - organizmlar organlari tuzilishini, fiziologiya esa funksiyasini, embriologiya - murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika - organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini, etologiya - hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.
Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Biologiyada tirik organizmlarning hayotiy xossalarini o‘rganish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |