Atamalarni o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamalarni ingliz tilida nomlanishi
|
Atamalarni rus tilida nomlanishi
|
Atamalarni ma’nosi
|
Favqulodda vaziyat (FV)
|
Unusual position
|
Черезвычайное положение
|
bu ma'lum hududda avariya, falokat, tabiiy yoki ekologik ofat, epidemiya, epizootiya, epifitotiyalar natijasida sodir bo'lgan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan, odamlar o'limiga yoki kasallanishiga olib keluvchi yoki atrof–muhitga ta'sirli zarar keltiruvchi va odamlarning hayotiy faoliyatini buzuvchi vaziyatdir.FV ni cheklashda davlatlararo chegaralar to'siq bo'lolmaydi. Shuning uchun “Hudud” atamasiga FV larni cheklash milliy va davlatlararo dasturlar ishlab chiqish vaqtida ma'lum mazmun beriladi.
|
“Hudud”
|
Territory
|
Территория
|
bu yer, suv va havodan tashkil topgan makon yoki uning bir qismi, ishlab chiqarish va maxsus ob'ekt, xamda bizni o'rab turgan muhit.
|
Aholi
|
People
|
Население
|
bu FV yoki uning oqibati ta'siridagi hududda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolik huquqi bo'lmagan va chet el, hamda FV oqibatlarini tugatishda qatnashayotgan odamlardir.
|
Shikastlanish o'chog'i
|
Hurt oneself
|
Повреждат
|
bu FV ning zararli va havfli omillari ta'siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshootlar va moddiy resurslardir.
|
Qirg'in qurollari
|
Slaughter instrument
|
Истребление оружие
|
bu juda katta miqyosda vayronagarchilik va yo'q qilish uchun mo'ljallangan qurollardir.
|
Tabiiy ofat
|
Natural calamity
|
Стихийное бедствие
|
bu tabiatda yuz beradigan favqulodda o'zgarishlar bo'lib, tezlikda insonlarning mo''tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odamlarning o'limi hamda qishloq xo'jaligi hayvonlarining va moddiy boyliklarining yo'q bo'lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.
|
Zilzila
|
Clean pure
|
Землетрясение
|
bu yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo'lib, tabiiy ofatlar, tektonik jarayonlar tufayli yuzaga keladi.
|
Suv toshqini
|
Water flood
|
Вода разлив
|
bu daryo, ko'l, hovuzlardagi suv satxining keskin ko'tarilishi natijasida ma'lum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga aytiladi.
|
Er surilishi
|
Earth move away
|
Земля подвигаться
|
bu tog' jinslari qatlamlarini qiya satx bo'ylab o'z og'irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik kuchlar ta'sirida surilishidir.
|
Sel
|
Heavy rain
|
сель
|
bu tog' daryolari o'zaklarida to'satdan yuzaga keluvchi, suv, tog' jinslari bo'laklari aralashmasidan iborat loyqa yoki loy–toshli oqimdir.
|
Avariya
|
With care
|
Авария
|
bu bajarilayotgan ishning birdan to'xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishining izdan chiqishi, transportda va boshqa ob'ektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yoki yo'q bo'lishidir.
|
Epidemiya
|
Epidemic
|
Эпидемия
|
yuqumli kasalliklarning ma'lum xududda qayd qilingan o'rtacha kasallanish darajasidan ko'p miqdorda tarqalishidir.
Favqulodda so'zni oddiy xalq tili bilish aytganda odatdagi hayotiy voqealardan chekinish deb tushuniladi.
|
Avtossepka
|
Couple hitch
|
Автосцепка
|
lokomotiv va vagonlarni qo‘l yordamida ajratish bilan (o‘zaro zarblar yoki bosilishda) avtomatik jipslashuvi uchun uskunadir
|
Bagaj-pochta vagoni
|
Postal-baggage railcar
|
Почтово-багажный вагон
|
bagaj va korrespondensiyaning kichik tashishlari bajariluvchi yo‘nalishlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan
|
Buksa
|
Journal box
|
Букса
|
vagon yurish qismining muhim elementi bo‘lib, uning mustahkamligiga poezdni harakati xavfsizligi ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Buksalar o‘q bo‘yinchasiga o‘rnatilib g‘ildirak juftining aylanma harakatini o‘zgartiradi, yuklangan kuzov og‘irlik kuchini g‘ildirak juftlariga uzatib beradi, o‘qni ifloslanish va zararlanishday asraydi, podshipniklarni va uni moyini joylashtirish uchun rezervuar va g‘ildirak juftini telejka ramasiga nisbatan ko‘ndalang va bo‘ylama siljishini chegaralovchi vazifasini bajaradi.
|
Buksani zamonaviy turi
|
Modern type of journal box
|
Современный тип буксы
|
Iikki silindrik rolikli podshipnikdan tashkil topgan bo‘lib, yuk vagonini har qanday turida qo‘llaniladi. Uni o‘qqa mahkamlanishi bo‘ylama siqilishda ichki xalqani ko‘ndalang tojsimon gayka yoki likobchasimon shayba bilan amalga oshiriladi
|
Butunyumalatilgan po‘lat g‘ildirak
|
Solid rolled wheel
|
Цельнокатаное колесо
|
obod, disk va stupitsadan tashkil topib, vagon harakatini yo‘naltiradi, yuqoridan tushgan barcha yuklamalarni qabul qiladi. Uning ishchi yuzasi yumalash yuzasini ifodalaydi. Zamonaviy vagonlarda temir yo‘llardan foydalanishda mustahkamlik, mahkamlik bo‘yicha sezilarli kamchiliklar, g‘ildirak juftlari yig‘ishning mehnat ko‘p talabligi va og‘irligini oshib ketishi sababli g‘ildiraklar bandajsizlariga alishtirildi
|
Vagon
|
Railcar
|
Вагон
|
yo‘lovchi yoki yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l transporti vositasi
|
Vagonni avtossepka uskunasi
|
Automatic coupling equipping of railcar
|
Автосцепное оборудование вагона
|
vagon va vagon hamda vagon va lokomotivni o‘zaro birlashtirish, ular orasida ma’lum masofa saqlash va urilishlarda siqilish va tortishda cho‘zilish kuchlarini engish uchun xizmat qiladi. Ular avtossepka korpusi va undagi mexanizmlar, ajratish keltirgichi, urilibg‘markazlashtirish asboblari, yutish apparati bilan tortish uskunalari va tayanch qismlardan tashkil topgan. Ularni barcha asosiy qismlari vagon ramasi xrebetli balkasidagi konsol qismiga o‘rnatilgan
|
Vagon deposi
|
Railcar shed
|
Вагонное депо
|
vagon xo‘jaligining asosiy chiziqli korxonasi hisoblanadi. Uning vazifasi yuk va yo‘lovchi vagonlari depoli va joriy ta’miri, uzel va detallarini ta’miri va komplektovkasi, vagonlarga foydalanishda xizmatini ta’minlashdan iboratdir
|
Vagon dizel-elektrostansiya
|
Railcar diesel-power station
|
Вагон дизель-электростанция
|
5-vagonli refrijerator seksiyasi elektr energiyani ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. U dizel, apparat, qozon, xizmatchilar bo‘limiga, oshxona-salon, xojatxona va akkumulyator bo‘limlariga ega
|
Vagon kuzovi
|
Body brace
|
Кузов вагона
|
vagonning asosiy qismi bo‘lib, unda yo‘lovchi yoki yukni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Odatda kuzovni belgilanishi va ko‘rinishi bo‘yicha vagonni tipi aniqlanadi. Kuzovni har bir tipi o‘zining geometriyasi(shakli va planirovkasi)ga ega. Ular turli materiallardan tayyorlanishi mumkin
|
Vagon parametrlari
|
Parameters of the railcar
|
Параметры вагона
|
vagonlarda ularni samarali ekanligini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, yuk vagonlarida ularga quyidagilar kiradi: g‘ildirak juftlari soni (o‘qliligi), kuzov hajmi, poli yuzasi. Uzunligi va boshqa chiziqli o‘lchamlar. Vagonlarni o‘zaro solishtirish uchun ushbu kattaliklarni kuzov solishtirma hajmi, polini solishtirma yuzasiga nisbati, tara koeffitsientlari, relsga g‘ildirak juftidan yuklamasi, metr izga yuklamasi ko‘rinishidagi parametrlardan foydalaniladi. Eng muhim ko‘rsatkichlar bo‘lib vagonning o‘rta statik va o‘rta dinamik yuklamasi hisoblanadi.
|
Vagon ramasi
|
Frame of the railcar
|
Рама вагона
|
kuzov ko‘tarma konstruksiyasining asosiy pastki qismi hisoblanadi. U poli to‘shamasi ostiga o‘rnatiladi. Rama, odatda, turli kesimdagi elementlar(sterjenlar)ni mustahkam (payvandlab) birlashtirilgan tekis konstruksiyasidan tashkil topadi
|
Vagon – restoran
|
Dinning-car
|
Вагон – ресторан
|
ovqatlanish saloniga ega bo‘lib, bir vaqtni o‘zida 48 tagacha odamga xizmat ko‘rsatish, mahsulotlarni saqlash, ovqatni tayyorlash va davomiy safarlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun omborxona, oshxonasi va uskunalariga egadir
|
Vagon-sisterna
|
Railcar-tank
|
Вагон-цистерна
|
bir yoki bir nechta kotel (qozon) bo‘lgan vagon bo‘lib, ular vagon ramasiga statsionar o‘rnatiladi hamda gaz, suyuqlik, kukunsimon yoki zarralangan moddalar uchun mo‘ljallangan
|
Vagon o‘qlari
|
Axis of the railcar
|
Ось вагона
|
g‘ildirak juftini tashkiliy elementi bo‘lib, uzunligi bo‘ylab o‘zgaruvchan ko‘ndalang kesimdagi po‘lat brusdir
|
Vagon g‘ildiraklari
|
Railcar wheel
|
Вагонное колесо
|
foydalanishda rels izlari bo‘ylab yumalatilib, unga sezilarli darajada statik va dinamik yuklamalarni uncha katta bo‘lmagan yuza orqali uzatadi, atrof muhitning murakkab sharoitlarida ishlaydi. SHu bilan birgalikda tormozlash jarayonida g‘ildirak va kolodkalar orasida, shu bilan birgalikda relslar bilan kontaktda obod qismini qizishi va edirilishiga olib keluvchi ishqalanish kuchlari vujudga keladi, bu esa unda bir qator defektlar vujudga kelishiga olib keladi. SHu sabaga ko‘ra ularni butunligi holatiga ko‘p jdihatdan harakat xavfsizligi bog‘liq bo‘ladi. Konstruksiyasiga ko‘ra vagon g‘ildiraklarini asosiy ikki turga bo‘lish mumkin: bandajsiz (yaxlit); bandajli (bo‘lakli, g‘ildirak markazi, bandaj va saqlash halqasidan tashkil topgan); bandaj va g‘ildirak markazi orsida egiluvchan elementga ega bo‘lgan egiluvchan; g‘ildirak o‘qida aylanuvchi o‘qni ikki tomoniga suriluvchan. YUmalash aylanasi yuzasida o‘lchangan diametr o‘lchamlariga bog‘liq - 950 va 1050 mm
|
Vaqtincha ta’sir ыiluvchi statik yuklamalar
|
Temporarily acting statik load
|
Временно действующая статаческая нагрузка
|
konstruksiyani o‘zining «hayotidan» ham kam vaqt oralig‘ida konstruksiyaga statik kabi ta’sir qiluvchi kabilardir
|
Gabarit
|
Size
|
Габарит
|
lokomotiv, vagon va boshqa harakatd tarkibining harakati xavfsizligi, statsionar qurilmalari, qo‘shni izdagi vagonlar bilan hamda boshqa to‘qnashuvlarni oldini olish maqsadida, shu qurilmalar atrofida ma’lum ko‘ndalang chiziqli chegaralari bo‘lishi shart. Demak, ikki chiziq hosil bo‘ladi: qurilmalar va iz uskunalarining yaqinlashuvi o‘lchamlarining eng kam yo‘l qo‘yilgan chegaralovchi qismlari uchun - qurilmalar yaqinlashuvi gabariti va harakat tarkibining eng kam ko‘ndalang kesimini chegaralovchi chiziqlari uchun – harakat tarkibi gabariti. Ikkinchining chiziqlari birinchisining ichiga joylashadi va ular orasida masofa bo‘ladi
|
Gidravlik yutish apparati
|
Hydraulic extinguisher of the fluctuations
|
Гидравлический гаситель колебаний
|
avtossepka zarblarida egiluvchan qarshilikni vujudga keltiruvchi, suyuqlikni bir kalibrovkali (drosselli) teshikdan ikkinchisiga oqib o‘tilishiga asoslangan bo‘lib, to‘rt o‘qli kabi sakkiz o‘qli yuk harakat tarkibida qo‘llanilishi mumkin. Ular prujina-friksion turlaridan farqli qo‘shimcha sarflarni talab etmaydi va foydalanish momenti boshidan uo‘ining maksimal energosig‘imini sarflaydi
|
Deformatsiya
|
Deformation
|
Деформация
|
jismni shakli yoki o‘lchamlarini (yoki jism qismini) jism qismlari xolatiga nisbatan o‘zgarishiga olib keluvchi tashqi kuchlar ta’sirida, qizdirishda yoki sovitishda va boshqa ta’sirlarda o‘zgarishidir. Qattiq jismlarda egiluvchan (deformatsiyaga olib keluvchi ta’sirlar bartarf etilgandan keyin yo‘qoluvchi) va plastik (yukdan xoli bo‘lganda qolgan) deformatsiyalar vujudga kelishi mumkin. Deformatsiyaning oddiy ko‘rinishi bo‘lib cho‘zilish, siqilish, siljish, buralish va egiklik hisoblanadi
|
Diskli tormozlar
|
Disk brake
|
Дисковый тормоз
|
tezyurar harakat tarkibida qo‘llaniluvchi tormoz bo‘lib, ularni o‘qli turi – agar tormoz disklari g‘ildirak jufti o‘qiga mustahkam o‘rnatilgan, hamda g‘ildirakli turi – agar tormoz disklari g‘ildirak markazlari yoki g‘ildirak stupitsalariga mahkamlangan turlariga farqlanadi
|
Dinamik yuklama
|
Dynamic load
|
Динамическая нагрузка
|
yuklama bo‘lib, uning qiymati, yo‘nalish yoki qo‘yilgan nuqtasini vaqt orlig‘ida tez o‘zgarishi bilan o‘ziga xosdir
|
Doimiy statik yuklama
|
Constant dynamic load
|
Постоянная динамическая нагрузка
|
shundayki, yning hisobida berilgan konstruksiya qiymati, ta’siri yo‘nalishi va qo‘yilgan joyiga ko‘ra o‘zgarmas deb qabul qilinadi
|
Dumpkarlar
|
Dumpkary
|
Думпкары
|
tog‘ rudalari jinslari, tuproq va solishtirma og‘irligi 2,2t/m3 bo‘lgan sochiluvchan yuklarnitashish uchun mo‘ljallangan. Uning to‘rt o‘qli, olti o‘qli va sakkiz o‘qli turlari mavjud
|
YOpiq vagon
|
Covered railcar
|
Крытый вагон
|
mustahkam yon va ko‘ndalang devorlarga, shuningdek mutahkam tomi va poliga ega vagondir. SHu bilan birga ikki tomonga suriluvchi, biroq tashish vaqtida yopib qo‘yiluvchi devori va tomi yo‘l qo‘yiladi
|
Zamonaviy tormoz turlari
|
Types modern brake
|
Типы современных тормозов
|
lokomotiv tortishli tezligi 200 km/soatgacha bo‘lgan zamonaviy RT200 (Russkaya troyka) Rossiya yo‘lovchi poezdlarida va ER200 elektr poezdlarida elektropnevmatik, diskli va magnit relsli tormozlar, elektron yuzalashga qarshi uskunalar va baquvva reostat tormoz qo‘llaniladi. Tormoz vositasining magnitrelsliga nisbatan yanada baquvvati bo‘lib so‘nggi yillarda ba’zi davlatlarda ishlab chiqilgan chiziqli (relsli) uyurma tokli tormozi hisoblanadi, uning harakati g‘ildirakni relslar bilan jipslashuv shartlariga bog‘liq emas
|
Zamonaviy yutish apparatlari
|
Modern absorbing devices
|
Современные поглощающие аппараты
|
T1 va T2 sinfiga mansub bo‘lgan prujina-friksion apparatlarida energiyani yutilishi ishchi yuzalardagi ishqalanish evaziga amalga oshiriladi. Bunday talablarga T3 va T4 sinfiga mansub gidravlik va elastomer yutish (APE-95-UVZ) apparatlari javob beradi. Bunda ishchi tana sifatida yuqorimolekulyar va kremniyorganik kauchuk asosidagi elastomer tanlandi
|
Yo‘lovchi vagon yutish apparatlari
|
Poglaschayuschie devices passenger railcar
|
Поглащающие аппараты пассажирских вагонов
|
prujina-friksion turidagi SNII-N6, rezinametalli turdagi R-2P hamda yangi turdagi R-5P (refrijerator harakat tarkibida R-4P) yutish apparati qo‘llaniladi
|
Konteynerlar
|
Containers
|
Контейнеры
|
ishlab chiqarish sohasidan bevosita iste’mol sohasiga yoki yuk jo‘natuvchi omborxonasidan yuk qabul qiluvchi omborxonasiga yuklarni qayta yuklashsiz etkazishni ta’minlovchi tashishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Belgilanishiga ko‘ra konteynerlar universal va maxsus turlarga bo‘linadi
|
Sisterna koteli (qozon)
|
Caldron of the tank
|
Котел цистерны
|
moddalarni joylash va ushlab turish uchun mo‘ljallangan sig‘im
|
Kuzovni asosiy ko‘tarma konstruksiyasi
|
Main lifting design of the basket
|
Основная подъемная конструкция кузова
|
bu uning barcha elementlarini ishdagi foydalanish rejimlarida uning mustahkamligi, qattiqligi chidamliligini ta’minlovchi elementlar majmuasidir. Unga quyidagilar kiradi: rama, devorlari, tomi va poli
|
Kuch
|
Power
|
Сила
|
vektor kattalik bo‘lib, jismlarni o‘zaro ta’siri o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. U jismlarni bevosita kontakti (masalan, bosim, ishqalanish) kabi ular orqali olib tashlangan vosita kabi namoyon bo‘ladi. Kuch modul, fazoda yo‘nalish, qo‘yilgan kuch va ta’sir chizig‘i (kuch bo‘ylab yo‘naltirilgan to‘g‘ri chiziq) kabi tariflanadi. Kuchning o‘lchov birligi – nyuton (N)
|
Maxsus yuk vagonlari
|
Special freiht-cars
|
Специальные грузовые вагоны
|
hayvon, engil avtomobil, sovuqyumalatilgan po‘lat va un, sement, don, mineral o‘g‘it va shu kabi yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk vagonlaridir. Ularga maxsus sisternalar, transporterlar, sanoat tranporti vagonlari hamda kiradi
|
Maxsus yo‘lovchi vagonlari
|
Special passenger railcares
|
Специальные пассажирские вагоны
|
bularga vagon-elektrostansiya, vagon-klublar, xizmat, oshxonasi bo‘lgan, qimmatbaho yuklar va pullar uchun, yong‘in xavsizligi uchun, maxsus kontingent (ZAK) uchun mo‘ljallangan va boshqa xonalari yo‘lovchi vagon bazasida qurilgan turlaridir
|
Mexanik kuchlanish
|
Mechanical voltage
|
Механическое напряжение
|
tashqi kuchlar (og‘irlik, temperatura va shu kabilar) ta’siridan jismda (qurilma va mashinalar elementlarida) hosil bo‘luvchi ichki kuch o‘lchovidir. Jismning kuchlangan xolati uning har qanday qismlari uchun mexanik kuchlanganlik vektorlarining barchasi bilan xarakterlanadi. Mexanik kuchlanishning o‘lchov birligi - paskal (Pa)
|
Moment kuchi
|
Moment of power
|
Момент силы
|
bu jismga (yoki jismlar tizimiga) tashqaridan ta’sirni xarakterlovchi va jismni aylanma harakatini aniqlovchi mexanik kattalikdir. Bu vekto kuchni qutb aylanmasi radius-vektoriga nisbatan ko‘paytmasi vektor kattaligidir. O‘lchov birligi - nyuton metr(N m)ga
|
Mustahkamlik
|
Toughness
|
Прочность
|
materialning tashqi kuchlar ta’siridan buzilishga qarshiligi bo‘lib, ular materialda deformatsiyani va ichki kuchlanishni keltirib chiqaradi. Mustahkamlik siqilishda, egilishda va cho‘zilishda (mustahkamlik chegarasida) materialni buzilishini keltirib chiqruvchi eng katta kuchlanish bo‘yicha o‘lchanadi
|
Normativ yuklamalar
|
Normative loads
|
Нормативные нагрузки
|
konstruksiyalarning foydalanishdagi normal shartlariga javob beruvchi eng katta yuklamalardir
|
Olinadigan sisterna
|
Removed tank
|
Снимаемая цистерна
|
vagonning maxsus konstruksiyasiga tegishli bo‘lgan va mahkamlash vositalari echib olingandan keyin qayta yuklanuvchi sisternadir
|
Ochiq vagon
|
Open railcar
|
Открытый вагон
|
tom qismi bo‘lmagan vagon
|
Payvandlash
|
Welding
|
Сварка
|
vagon qurish va vagon ta’mirlash ishlab chiqarishida vagonlarni qismlarini va elementlarini birlashtirishda keng foydalanish uchun qo‘llaniladi. Bu atomlararo kuchlar ta’sirida qattiq materiallarni birlashtirish metodi bo‘lib, bu payvandlanuvchi qismlarni mahalliy eritmasi yoki birgalikdagi plastik deformatsiyasi evaziga vujudga keltiriladi. Payvandlash yordamida metall mahsulotlari va bir qator nometall materiallar – plastmassa, shisha, keramika va boshqalar olinadi. Payvandlashning asosiy ikki turi mavjud: eritib payvandlash ya’ni suyuq fazadagi payvandlash yoki bosim bilan payvandlash yoki qattiq fazadagi payvandlash
|