O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


«O‘zbekiston TEMIR YO‘LLARI» aksiYADorlik Jamiyati



Download 1,41 Mb.
bet154/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
UMK FM va FV

«O‘zbekiston TEMIR YO‘LLARI» aksiYADorlik Jamiyati


TOSHKENT TEMIR YO‘L MUHANDISLARI INSTITUTI


hayot faoliyati xavfsizligi” KAFEDRASI


« FAVQULOTDA VAZIYATLAR VA FUQARO MUHOFAZASI »


FANIDAN

O’ Q U V–U S L U B I Y M A J M U A





2. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI




Toshkent – 2018
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH TEXNOLOGIYASI


Mustaqil ta'lim
Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechishda ko'nikma hosil qilish uchun mustaqil ta'lim tizimiga asoslanib, kafedra o'qituvchilari rahbarligida, quyidagi shakldagi va soat xajmlaridagi mustaqil ishlarni bajaradi.
Mustaqil ishlar



Mustaqil ishlarning nomlanishi

Shakli

Hajmi soatlarda

1

Ma'ruza mashg'ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash.

Og'zaki xisobot va ma'ruza matnlari

10

2

Fanning o'quv dasturidagi ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari va Internet materiallari yordamida mustaqil o'zlashtirish

Referat (6-8 bet)

10

3

o'quv manbalari bilan ishlash*

Yozma hisobot

10




J A M I:




30

*Quyidagi mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshiriladi:


Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Favqulodda vaziyatlar, ulavrning tasnifi va kelib chiqish sabablari.
2. O'zbekiston Respublikasida “ Fuqaro muhofazasini” roli va vazifalari.
3. Texnogen tusdagi Favqulodda vaziyatlar.
4. Korxonalardagi “ Fuqaro muhofazasi” kuchlari va ularning vazifalari.
5. Zamonaviy qirg'in qurollari.
6. Ommaviy qirg'in qurollari.
7. Noan'anaviyqirg'in qurollari.
8. Yadroviy qurol, uning zarar keltiruvchi omillari.
9. Kimyoviy qurol.uning zarar keltiruvchi omillari.
10. Biologik (bakteriologik) qurol.
11. Radiatsion holatni baholash.
12. Kimyoviy holatni baholash.
13. Biologik (bakteriologik) vaziyatga baho berish.
14. Radiatsion va kimyoviy razvedka priborlari va ularni ishlatish.
15. Temir yo'l transportida ob'ektlarida radiatsion va kimyoviy razvedka
ishlarini tashkil qilish va o'tkazish.
16. Xalqaro terrorizm va aholini muhofaza qilish.
17. Qutqaruv va kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshirish.
18. Favqulodda vaziyatlarda o'z-o'ziga va bir-biriga yordam berish.

Metodik tavsiyalar. Talaba mustaqil ishlari bo'yicha topshiriqlarning sifatli bajarilishi va o'z vaqtida himoya qilishi uchun quyidagi uslubiy tavsiyalar beriladi:


Mavzuni mustaqil o'zlashtirish. Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o'quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e'tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko'rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o'quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o'zlashtirish qiyin bo'lsa, savollar paydo bo'lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x.k.) o'qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o'zlashtirilgan mavzu buyicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo'lgan biror mavzu buyicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma'lumotlar, elektron kutubxona materiallari va x,.k.) foydalanib materiallar yig'adi, taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo'yicha imkon darajasida to'liq keng ma'lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o'qituvchidan maslahat va ko'rsatmalar oladi.Yakunlangan referat himoya qilinadi.Ko'rgazmali vositalarni tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o'zlashtirish uchun yordam beradigan ko'rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, xaritalar, grafiklar va x. k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o'qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma'lum ko'rsatmalar, yo'l – yo'riqlar
beriladi. Ko'rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu buyicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.Talaba ko'rgazmali materiallardan foydalanish bo'yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va himoya qiladi.
Mavzu bo'yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo'yicha qiyinchilik darajasi har hil bo'lgan topshiriqlar, munozaraga asos bo'ladigan savollar tuzish topshiriladi. Bunda o'qituvchi tomonidan talabaga muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali o'rinlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo'yicha yo'l – yo'riq beriladi.
Konsul`tatsiya davrida bajarilgan ishlarning qo'yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to'ldirish taklif etilishi mumkin).
Savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Maqola, tezislar va ma'ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo'yicha (mavzuni talabaning o'zi tanlashi ham mumkin) maqola, tezis yoki ma'ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o'quv adabiyotlari, ilmiy – tadqiqot ishlari, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to'playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajra-tib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijala-riga asoslangan xolda qo'shimchalar, izohlar kiritadi, o'z nuqtai – nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza himoya qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bo'lim buyicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo'lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani xal qilishning sodda variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab, unga xar xil harakterdagi topshiriklar berish, o'qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
Mustaqil ishni baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tug'risidagi Nizom" ga asosan baholab boriladi. Konsul`tatsiyalar tashkili. Mustaqil ishlarni bajarishda talabalar uchun maslaxatlar tashkil etiladi.
Odatda maslaxatlar tasdiqlangan jadval asosida fan o'qituvchilari tomonidan olib boriladi (har bir xaftada ikki kun, soat 1300 dan 1500 gacha).
Mavzuni mustaqil o'zlashtirish, referat tayyorlash, ko'rgazmali vositalar tayyorlashda zarur hollarda (o'zlashtirish qiyin bo'lsa, savollar paydo bo'lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x,.k.) o'qituvchidan maslahatlar oladilar va talabalar o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayanch iboralar. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbai va internet tarmog'idagi tegishli ma'lumotlarni tezkor olish uchun quyidagi tayanch so'z va iboralar xizmat qiladi:
Axborot manbalari. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbai sifatida darslik va o'quv qo'llanmalar, jumladan ularning elektron variantlari, uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalar, ma'lumotlar to'plami va banki, jumladan ularning elektron variantlari, ilmiy va ommaviy davriy ishlar, internet tarmog'idagi tegishli ma'lumotlar, berilgan mavzu bo'yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manba va vositalari belgilanadi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassasa va korxonalardan mustaqil ish uchun zaruriy ma'lumotlar to'plash yuzasidan so'rovnoma xatlari rasmiylashtirib beriladi. Bundan tashqari talabalarga mustaqil ishlarni o'z vaqtida bajarish uchun komp`yuter texnikasi va Internet tarmog'idan samarali foydalanish uchun shart – sharoitlar yaratib beriladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish