O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


Obyektlarda moddiy texnika holatini ishonchli ta’minlashda quyidagi omillar muhim о‘rin tutadi



Download 1,41 Mb.
bet64/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Obyektlarda moddiy texnika holatini ishonchli ta’minlashda quyidagi omillar muhim о‘rin tutadi:
- tayyor mahsulotlarni saqlaydigan omborlarni tayyorlash;
- obyektda xom-ashyo, yoqilg‘i, jihozlar, kerakli materiallarni yetarli ta’minlash;
- ta’minlovchi korxonalar bilan uzviy aloqani bog‘lash;
- korxona filiallarini boshqa joylarda qurish va boshqa omillar;
Iqtisodiyot tarmoqlarining yorug‘ligini maskirovka qilish omilida quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Masalan, obyektning hamma inshootlari, aholi yashaydigan punktlar yorug‘ligini kamaytirish, ishlab chiqarish va transport vositalarining signallarini kamaytirish, maskirovka qiluvchi (yolg‘ondakam vositalarni qо‘llash) usullari qо‘llaniladi.
Shikastlangan obyektlarni tiklash omillarida birinchi navbatda qilinadigan ishlar о‘sha korxonaning о‘z moddiy resurslari orqali, о‘z kuchi bilan amalga oshirish, imkoniyat darajasida ish xonalarini va jihozlarni qaytadan ta’mirlab, ishga tushirish va boshqa vazifalar bajariladi.
Umuman iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash va ularning chidamliligini, mustahkamligini oshirish omillarini tashkiliy ravishda о‘z vaqtida amalga oshirishda oldindan tuzilgan rejaga amal qilinadi. Shundagina har qanday favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlagan bо‘lamiz.
Muhandislik holatini baholash. Muhandislik holati deganda - tabiiy ofatlar, avariya va fojealar oqibatida kuzatiladigan hamda yadroviy aslaqalar va boshqa zamonaviy qurollarning birlamchi va ikkilamchi shikastlovchi omillari natijasida inshootlarni, qurilmalarni, jihozlarni, kommunal-energetik tizimlarni, transport va aloqa vositalarini, kо‘priklarni, suv hovuzlari va tо‘g‘onlarni, aerodromlarni va boshqa obyektlarni buzilishi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashi va aholining turmush tarzini izdan chiqishi tushuniladi.
Muhandislik holatini baqolashda quyidagi kо‘rsatkichlar aniqlanadi.

  • Obyektni shikastlanish darajalari va hajmini aniqlash (bunda inshootlar, qurilmalar va kommunal-energetik tizimlarning buzilish darajalari, jumladan ishchi xizmatchilarni saqlovchi himoya inshootlarini; talofotlangan hududlarning о‘lchamini; muhandislik ishlarining hajmi va murakkabligini; QBTI ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari va boshqalarni aniqlash kо‘zda tutiladi).

  • inshootlarning umumiy holatdagi hamda uning alohida tarkibiy qisimlarining barqarorligini aniqlash va ularni insonning hayotiy faoliyatiga ta’siri;

  • inshootlarning umumiy qolatdagi hamda uning alohida tarkibiy qisimlarining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tо‘g‘risida xulosalar, barqarorlikni oshirish bо‘yicha tavsiyalar hamda QBTI ni va ishlab chiqarishni qayta tiklash bо‘yicha tavsiyalar.

Muhandislik holatini baqolashda bashorat ma’lumotlari muhandislik razvedka ma’lumotlari bilan birgalikda olib boriladi.
Muhandislik holatini baqolashda boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilardan iborat:

  • kuzatilishi mumkin bо‘lgan tabiiy ofatlar, avariya va fojealar xususidagi ma’lumotlar;

  • dushman haqida va ularning qо‘llashi mumkin bо‘lgan qirg‘in qurollari, hamda boshqa zamonaviy ta’sir vositalari xususida;

  • qurollar va talofot keltiruvchi vositalarning birlamchi va ikkilamchi ta’sir omillari, hamda ishchi xizmatchilarning himoya inshootlarini xarakteristikalari, obyektni muhandislik-texnik komplekslari va boshqalar.




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish