O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


Radiatsiyaga qarshi pana joylar, ularning ichki jihozlanishi



Download 1,41 Mb.
bet56/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

2.Radiatsiyaga qarshi pana joylar, ularning ichki jihozlanishi

Boshpana xonalari bir nechtaga bo’linadi. Asosiy xona - odamlarni joylashtirish xonasi, yordamchi xona - filtr-ventilyasion kamera xonasi. Bundan tashqari oziq-ovqat, suv zahirasi xonasi, kislorodli balonlar uchun mo’ljallangan xona, bufet, dizel elekro-stansiyalar uchun mo’ljallangan xonalar kiradi.


Boshpanalarda ichimlik suvi quvurlari, kanalizasiya, telefon, radio, elektr toki, ayrim asboblar va yong’inga qarshi asboblar bo’lishi shart. Bundan tashqari DP-5 turidagi dozimetr asbobi va kimyoviy razvetka asboblari ham bo’lishi kerak. Boshpanaga yashirinuvchilar uchun 0,5-1,8 m. o’lchamdagi 2 yoki 3 qavatli so’rilar va o’tirish uchun 45-55 sm o’lchamdagi o’rindiqlar o’rnatilishi lozim. Bir nafar yashirinuvchi uchun joy me’yori 0,5m.kv. ni tashkil qiladi.
Aholi boshpanaga fuqaro muhofazasi signallari berilganidan so’ng kirishlari lozim. Boshpanada chekish, shovqin ko’tarish, hamda lampa yoqish, uy hayvonlarini, qo’pol buyumlarni olib kirish ma’n etiladi. Shaxsiy himoya vositalarini tayyor holda tutish kerak. Pana joylardan tashqariga radiasiya darajasi pasayib, hudud to’laz ararsizlantirilgandan keyin signal bo’yicha chiqishga ruxsat etiladi. Pana joylarda jabrlanganlarga tibbiyot xonasida tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Boshpananing sanitar holatini ana shu post uchun mas’ul shaxslar nazorat qiladi. Boshpanada quyidagi sanitariya gigiena talablari qo’yiladi:
-pana joylar toza va yaxshi sanitariya holatida bo’lishi shart.
-pana joylarni har kuni 1% xloramin eritmasi bilan tozalaSh, vaqti-vaqtida to’la dezinfeksiya qilish zarur.
Boshpanalarda havo tarkibidagi korbonat angidrid miqdori 1% (35 gacha) -havo harorati – 23 gradus (maksimum 31), nisbiy namlik-70% (maksimum 80%) bo’lishi kerak. Suv me’yori: 1 kishi uchun 1 sutkaga 10 l., shundan ichish uchun 6 l., sanuzel uchun 4l. Pana joylarda xizmat ko’rsatish himoya qurilmalarining mas’ul xodimlari zimmasiga tushadi. Har bir pana joyga yetti kishidan iborat xizmat ko’rsatish zonasi ajratiladi. Zveno boshlig’i pana joy komendanti hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatning oqibatlari barham topgandan so’ng, aholi pana joylarni tark etishadi. Pana joy xonalari shamollatilib, u yerda yig’ishtirish ishlari olib boriladi.
Tinchlik davrida pana joylarni madaniy-maishiy inshootlar (kichik ustaxonalar, ishchilar aholi bilan shug’illanadigan sinflar, fuqaro muhofazasi o’quv punktlari, har xil to’garaklar ishlashi uchun joy, yengil avtomashinalar uchun garaj, savdo va ovqatlanish punktlari omborlari) sifatida foydalanish mumkin. Tinchlik davrida pana joylardan ishlab chiqarish va xo’jalik extiyojlari uchun foydalanish, ularni himoya xususiyatlari va yashirinuvchilarni qabul qilishga tayyorgarligini buzmaslik kerak.
Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda pana joy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham yer osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari yer to’lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo’ljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni yer osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin.
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga yer to’lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga ko’ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Chunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi.
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq ko’rinishda bo’ladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qo’lda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish to’lqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yorug’lik nurlari va oqib kiruvchi radiasiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi.
Yopiq tirqish yorug’lik nurlaridan to’la, to’lqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiasiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg’ir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi to’g’ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo’lmagan bir nechta qismlardan (bo’lak) iborat. Chuqurligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi.
Tirqishlarining sig’im miqdori 10-15 odamdan ko’pi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq yer to’laday qaziladi, taxta, yog’och bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O’tirishga so’ri tayyorlanadi. Ustini yog’och bo’laklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., o’rtasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomg’ir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. bo’ladi.
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi.
Pana joy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizasiya), ya’ni havo o’tmaydigan qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv o’tkazadigan quvurlarda hosil bo’lgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan o’rab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, pana joylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yog’och yoki temir tirgaklar, balonlar o’rnatishni kuchaytirish kerak. Yerning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qo’shimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, so’ngra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qo’yiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda g’ishtdan devor quriladi. Pana joy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni g’isht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k.
Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Pana joyning tuproq qatlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni yer ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan pana joy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa ko’rinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi.
Tog’-kon sanoati va ko’mir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar yer osti yo’llaridan foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga ko’tarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayyor holatda turishi, pana joylarni toza havo bilan ta’minlash, ichimlik suvi yetkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi.
Jihozlanishning asosiy shartlari:
-kimyoviy va germetik to’siqlarni o’rnatish;
-kirish yo’llarini odamlarni tez o’tkazish uchun ta’minlash;
-odam ko’tarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan ta’minlash;
-yashirinuvchilarni shaxta suvlaridan foydalangan holda suv
manbaalarini tashkil qilish;
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni ta’minlash;
-iloji boricha ikki qavatli so’rilar va o’rindiqlarni o’rnatish;
-yong’inga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda ta’millash kerak.
Yer osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka ko’rinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material o’rnatiladi.
Turli xil radiasiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun yer osti qurilmalariga quyidagi talablar qo’yiladi:
-uch sutkadan kam bo’lmagan muddatda saqlash;
-suv bosmaydigan joylarga qurish;
-oqar suvlardan, kanalizasiya kommunikasiyalardan hamda qurilish kommunikasiyalardan uzoqroq joylarda qurish;
-chiqish va kirish eshiklari bo’lishi.
Yer osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat bo’ladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli so’ri mavjud bo’lishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog’i, havoni tozalab almaShtirib beruvchi kamera va sig’imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud bo’ladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari bo’ladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish