O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


 Soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to„g„risidagi qonun hujjatlarining



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 
3. Soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to„g„risidagi qonun hujjatlarining 
printsiplari, ularning soliq siyosati hayotiychanligiga ta‟siri 
 
Soliq siyosati hayotiychanligining
28
negizida uning barqaror (samarali, 
natijali)ligi yotadi. O‗z navbatida, uning hayotiychanlik darajasi bunday 
siyosatning negizini tashkil etuvchi soliq tizimi va soliqqa tortishning 
printsiplariga borib taqaladi. Shu munosabat bilan, dastlab, soliq tizimining 
(soliqqa tortishning)
29
asosiy printsiplari to‗g‗risida to‗xtalib o‗tish maqsadga 
muvofiq. Fikrimizcha, bu masalaning kun tartibiga qo‗yilishi, eng avvalo, hayotga 
tatbiq etilayotgan soliq siyosatining asl mohiyatini to‗g‗ri tushunishga ham yordam 
beradi. Shu bilan birga alohida ta‘kidlash kerakki, mamlakatimiz soliq tizimiga 
asos solinayotgan paytda bu printsiplarga ma‘lum darajada rioya qilingan bo‗lsa-
da, ayrim sabablarga ko‗ra ularning asl mohiyati hanuzgacha soliq to‗lovchilarga 
to‗liq etib bormagan. Buning natijasida soliq to‗lovchilarimiz soliqlarga nisbatan 
o‗z munosabatlarini bildirayotgan paytda ma‘lum noaniqlikka, noob‘ektivlikka 
yo‗l qo‗yayotirlar. Soliq tizimi (soliqqa tortish) printsiplarining tub mohiyatini 
to‗g‗ri idrok etmasdan turib, soliq Kodeksining asl mazmunini ham to‗laqonli 
tarzda tushunish mumkin emas. Negaki, bu holatlar printsipial ahamiyatga molik 
bo‗lgan masala bo‗lib, undan har bir soliq to‗lovchi o‗z vaqtida ogoh bo‗lmog‗i 
lozim. 
 
Soliq tizimi (soliqqa tortish) asosiy printsiplarining birinchisi 
soliqlarning 
(soliqqa tortishning) haddan ziyod og„ir bo„lmasligi
dir. 
Biz bu o‗rinda soliq to‗lovchilarimizning «Soliqlar (soliqqa tortish) haddan 
ziyod og‗ir bo‗lmasligi kerak» degan har bir so‗zga va so‗zlar birikmasiga, 
ularning ma‘nosiga alohida-alohida e‘tibor berishlarini istardik. Ana shunda bu 
erda soliqlarning soliq to‗lovchilar uchun og‗ir bo‗lishini tan olinayotganligini 
ko‗rishimiz, o‗rni kelganda soliqlar-ning «ziyod og‗ir» bo‗lishi ham taqozo 
27
Buni qanday tushunish kerak? Bular A.Laffer nazariyasining asosiy g‗oyasiga zid emasmi? Nega bunday 
qilinmoqda? 
28
Bu o‗rinda ―Soliq siyosatining hayotiychanligi‖ deyilayotganda bunday siyosatning barcha fuqarolar, xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar va davlat manfaatlariga oqilona mos kelishi hamda uning yordamida maksimal ijobiy 
natijalarga erishilishi nazarda tutilayapti. 
29
Soliq tizimi va soliqqa tortish printsiplari o‗rtasida, tarkibiy jihatdan, ma‘lum bir farqlar bo‗lib, ular munozarali 
xarakterga ega bo‗lsa-da, bu o‗rinlarda, eng avvalo, ularning har ikkisi uchun umumiy bo‗lgan printsiplarni ko‗rib 
chiqishga harakat qilindi va shu munosabat bilan ular birgalikda bayon qilinmoqda.


49 
etilayotir va bu narsa tabiiy narsadek qaralmog‗i lozim. Soliq to‗lovchilarimiz, eng 
avvalo, bundan ogoh bo‗lmoqlari va bunga ko‗nikishlari kerak bo‗ladi. 
Albatta, shu o‗rinda «To‗lanadigan soliqlarning summasi nechaga teng 
bo‗lganda soliqlar (soliqqa tortish) haddan ziyod og‗ir bo‗lishi yoki bo‗lmasligi 
mumkin?», - degan savolning tug‗ilishi tabiiydir. Bu savolga raqamlar bilan javob 
berish ma‘no bildirmasligini birdaniga aytib qo‗ya qolaylik. Chunki gap aslida, 
soliq (soliqqa tortish), faoliyatning u yoki bu turini rag‗batlantirishi yoki rag‗bat-
lantirmasligi to‗g‗risida ketayotir. Agar soliq (soliqqa tortish) og‗ir bo‗lib, 
faoliyatning u yoki bu turining rivojlanishiga keskin to‗sqinlik qilsa, u holda 
bunday soliqni (soliqqa tortishni) haddan ziyod og‗ir deb qabul qilish mumkin va 
aksincha. Lekin shu bilan birga ajablanarli tomoni shundaki, bizning soliq 
to‗lovchi-larimizda har qanday soliq summasi (soliqqa tortish) faoliyatning u yoki 
bu turining rivojlanishiga doim to‗sqinliq qiladi
30
, degan fikr mustahkam o‗rnashib 
qolgan. Nazarimizda, bunday fikr yuritishlarga barham berish vaqti etib keldi va 
soliq to‗lovchilar ham bu masalaga nisbatan oqilona munosabatda bo‗lmoqlari 
darkor. 
Mazkur muammoni ikkinchi tomoni ham borligini qayd etib o‗tmoq lozim. 
Gap shundaki, soliqlarni (soliqqa tortishni) haddan ziyod og‗irlik darajasini faqat 
soliq to‗lovchilargina emas, balki bu narsani mamlakatimiz doirasida soliq 
siyosatini ishlab chiqaruvchilar va hayotga tatbiq etuvchilar ham aniq idrok 
etmoqlari kerak. Chunki soliqlarning (soliq tortishning) haddan ziyod og‗ir 
ekanligi muvaffaqiyatli soliq siyosati yurgizilayotganligidan dalo-lat bermaydi va 
bunday soliq siyosatini yurgizish bilan qo‗zlangan maqsadlarga erishib bo‗lmaydi. 
Buning to‗g‗ri ekanligini jahon tajribasi yaqqol tasdiqlab turibdi.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish