O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


 Soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 
2. Soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati 
Ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatining asl 
mohiyatini soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosisiz to‗g‗ri idrok 
etib bo‗lmaydi. Shu munosabat bilan ta‘kidlash lozimki, soliqqa tortish nazariyasi 
tarixida eng dolzarb muammo sifatida quyidagi savolning javobini izlab topish 
sanaladi: byudjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal uslublardan foydalanish 
maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasay-tirish orqali tadbirkorlik faoliyatini 
rag‗batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning qaysi 
biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? 
Albatta, bizning sharoitimizda hamma ham (hatto shu sohaning mutaxassislari 
ham) bu savolga qat‘iy qilib bir xil tarzda javob beraolmaydi. Lekin sirtdan 
qaralganda bu savolning javobi uncha murakkab ko‗rinmaydi. Chunki savolning 
o‗zida uning javobi mavjud. Faqat uning murakkabligi shundaki, savolning ikki xil 
javobi berilgan. Birinchi javobga ko‗ra byudjet daromadlarini shakllan-tirishda 
faqat sof fiskal uslublardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi javobga 
ko‗ra esa, byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlarni pasaytirish orqali 
tadbirkorlik faoliyatini rag‗batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish 
afzaldir. Shunday bo‗lishga qaramasdan har ikki javobning qay biri tanlanishidan 


46 
qat‘i nazar, undan so‗ng «Nima uchun aynan shu variantni tanladingiz?», - degan 
navbatdagi savolning kun tartibiga qo‗yilishi, tabiiydir. Bu savolga javob berish 
esa ancha murakkab hisoblanadi.
Quyida keltirilgan fikrlar muammoning asl mohiyatini to‗g‗ri idrok etishga va 
to‗g‗ri javobni tanlashga yordam beradi deb o‗ylaymiz: 
1.
Soliq yukini real pasaytirish hukmdorning xohish-istagiga emas, balki 
mustahkam iqtisodiy asosga tayanadi. Aks holda bu narsa butunlay teskari 
natijalarga olib kelishi mumkin
25

2.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Germaniyaning davlat arbobi, 
professor L.Erxardning fikricha, barcha fuqarolar va xo‗jalik yurituvchi 
toifalarning soliq yukini pasay-tirishga yo‗naltirilgan istaklarini adolatli deb 
tan olmoq lozim. Bir vaqtning o‗zida u, maqsadga erishishning vositalarini 
ham ko‗rsatib beradi: xarajatlarning talab qilingan barqarorligiga va 
unumdorlikning rivojlanishini belgilangan sur‘atlarda amalga oshirilishiga 
erishilsa, soliqlarni qanday pasaytirish imkoniyatini hisoblab topish va 
tasavvur qilish mumkin. Faqat shu yo‗l bilangina bizning hammamizni ezib 
kelayotgan soliq muammosini haqqoniy va realistik tarzda echishga 
erishishimiz mumkin.
Ta‘kidlash joizki, L.Erxardning Germaniya xo‗jalik vaziri, so‗ngra esa 
kantsleri bo‗lgan davrlarida uning tashabbusi yordamida qabul qilingan tadbirlar 
orasida uning soliq siyosati urushdan keyin Germaniya iqtisodiyotini ko‗tarishda 
hal qiluvchi rolni o‗ynadi. 
3. XX asrning 70-80-yillarida G‗arb mamlakatlarida Amerika iqtisodchisi A. 
Lafferning byudjet kontseptsiyasi tan olindi. Uning fikricha, soliq tushumlari ikki 
asosiy omilning mahsulidir: 1. Soliq stavkasi. 2. Soliq bazasi. 
Soliq yukining og‗irlashuvi (o‗sishi) faqat ma‘lum bir chegaraga etgunga 
qadar davlat daromadlarining ko‗payishiga (oshishiga) olib kelishi mumkin. Bu 
chegara milliy ishlab chiqarish soliqqa tortiladigan qismining qisqarishi bilan 
boshlanadi. Agar ana shu chegaradan bosib o‗tilsa, soliq stavkasining o‗sishi 
byudjet daromadlarining o‗sishiga emas balki, aksincha, qisqarishiga olib keladi.
A.Laffer egri chizig‗i davlat byudjeti daromadlarining soliq stavkasi 
darajasiga (o‗lchamiga) bog‗liqligini ko‗rsatadi. Undan soliq stavkalarining o‗sishi 
ma‘lum bir kritik (maksimal) nuqtaga etgunga qadar davlat byudjeti 
daromadlarining o‗sishiga (ortishiga) olib kelishi mumkin-ligini aniqlash qiyin 
emas. Ana shu kritik (maksimal) nuqtadan so‗ng soliq stavkalarining yana 
oshirilishi (ko‗tarilishi) teskari natijalarga olib keladi: korxonalar olingan foydani 
qanday qilib bo‗lsa ham soliqdan «qochirish», uni yashirib qolish yo‗llarini qidira 
25
Bu tasdiqning to‗g‗ri ekanligini isbot qilaolasizmi? 


47 
boshlaydilar (afsuski, bu «yo‗llar»ni qidirib topadilar ham), ishlab chiqarish va 
investitsiyalar hajmi qisqaradi. A.Lefferning fikricha, soliq stavkalari maksimal 
darajasining (kritik nuqtasidagisining) pasaytirilishi (kamaytirilishi) tadbirkorlikni 
(jumladan, xususiy tadbirkorlikni ham) rivojlanishi uchun yaxshi, qulay vaziyatni 
vujudga keltiradi. Bu, o‗z navbatida, ishlab chiqarishning rivojlanishiga, 
investitsiyalarning o‗sishiga, bandlikka erishishga, daromadlarning ko‗payishiga 
va nihoyat davlat byudjetiga soliq tushumlarining ortishiga olib keladi. Bu 
pirovardida byudjet defitsitining qisqarishi va inflyatsion jarayonlarning susayishi 
demakdir.
Shunday ekan, tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish vazifasini soliq «zulmi»ni 
engillatish orqali hal qilish lozim. Soliqqa tortish stavkasining pasaytirilishi ishlab 
chiqarishning o‗sishiga va bu esa, o‗z navbatida, kelajakda soliq tushumlarining 
vaqtinchalik kamayishini kompensatsiya qilinishiga (qayta tiklanishiga) olib 
keladi. Inflyatsiyasiz ishlab chiqarishning o‗sishiga, eng avvalo, soliq stavkalari, 
soliq imtiyozlari va soliqqa tortishning progressivligini oqilona manipulyatsiya 
qilish hisobiga erishiladi
26

XX asr 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida dunyoning 
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shvetsiya va boshqa bir 
qator etakchi mamlakatlari kapital jamg‗arilishini tezlashtirishga va ishbilarmonlik 
faolligini rag‗batlantirishga yo‗nalti-rilgan soliq islohotlarini amalga oshirdilar. 
Ana shu maqsadlar uchun korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliqning stavkasi 
birmuncha pasaytirildi. Masalan, AQShda korporatsion soliqning stavkasi 
46,0%dan 34,0%gacha pasaytirildi; Buyuk Britaniyada – 45,0%dan 35,0%gacha, 
so‗ng esa 33,0%gacha, Frantsiyada - 1986 yilda 50,0%dan 45,0%gacha, 1991 yilda 
42,0%gacha, so‗ng esa 34,0% foizgacha; Yaponiyada - 1989 yilda 42,0%dan 
40,0%gacha (prefektura va mahalliy soliqlarni hisobga olgan holda). 1994 yilda 
Daniyada soliq islohotini sekin-astalik bilan amalga oshirish boshlandi. Parallel 
ravishda bu mamlakatlarda jismoniy shaxslar shaxsiy daromadlarini soliqqa 
tortishning yuqori darajasi pasaytirildi va soliqqa tortilmaydigan daromadning 
intervallari kengaytirildi. 
To‗g‗ri soliqlarning kamaytirilishi qo‗shilgan qiymat solig‗i va sotuvdan 
olinadigan soliq singari egri soliqlarning oshirilishni taqozo etganligini qayd etib 
o‗tishimiz kerak. Masalan, 90-yillarning o‗rtalarida Germaniyada qo‗shilgan 
qiymat solig‗ining umumiy stavkasi 14% dan 15% ga, Yaponiyada esa sotuvdan 
olinadigan soliqning stavkasi 3% dan 5% ga ko‗tarildi. Shveytsariyada ham 
26
Amaliyotda haqiqatan shularga erishildimi? A.Laffer byudjet kontseptsiyasining ―taqdiri‖ nima bo‗ldi? Bu 
to‗g‗rida batafsilroq bilimga ega bo‗lishni istaysizmi? Unda darsligimiz 7-bobining 3-paragrafiga qarang.


48 
qo‗shilgan qiymat solig‗i joriy etildi. Ba‘zi bir mamlakatlarda er solig‗ining ortib 
borayotganligi kuzatilmoqda
27

Soliq sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida tartibbuzar yuridik 
va jismoniy shaxslarga nisbatan soliq qonunchiligiga rioya qilish ustidan 
nazoratning kuchaytirilayotganligi va iqtisodiy hamda ma‘muriy jazolarning 
og‗irlashayotganligi ham xarakter-lidir.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish