3
KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy
iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko‗tarish, eksportga yo‗naltirilgan ishlab
chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal
kirib borish Byudjet-soliq siyosatini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni
joriy qilish va shu
asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‗rin egallash,
mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish
bilan bevosita bog‗liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning
Byudjet-soliq siyosatidagi ishtiroki ham muhim o‗rin tutadi.
―Byudjet-soliq siyosati‖ fani Magistratura bo‘limining ―Davlat moliyasini
boshqarish‖ yo‘nalishlariga mutaxassislik fanlaridan biri bo‗lib, ―Byudjet-soliq
siyosati‖ fani ushbu yo‘naishning 2 kurs magistrlarga o‗qitiladi.
Mazkur fanni o‗qitishdan asosiy maqsad moliyaviy globallashuv sharoitida
Byudjet-soliq siyosatida yuzaga keladigan jarayonlarni o‗rganish, hamda Byudjet-
soliq siyosatini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr
va taassurotlarni hosil qilish, amaliy ko‗nikma va bilimlarni
shakllantirishdan
iboratdir.
Bugungi kunda jahon bozori kon‘yunkturasi keskin o‗zgarib, globallashuv
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror
va jadal sur‘atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Ma‘lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarni
amalga oshirish maqsadida,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni bilan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ qabul qilindi.
4
Ushbu ―Byudjet-soliq siyosati‖ fanini chuqur o‗rganish orqali talabalar
mamlakatimizning
Byudjet-soliq
siyosatidagi
ishtirokini
faollashtirish,
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy
muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga
xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada
rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan
aloqalarni
kengaytirish, puxta o‗ylangan tashqi qarzlar dasiyosatini amalga
oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali
foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‗nikmalarga ega
bo‗lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o‗qitish ―2017-2021 yillarda
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar
strategiyasi‖da
belgilangan
iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga
qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o‗rin tutadi.
Ushbu fanni o‗qitishda milliy va xalqaro darajadagi
byudjet-soliq siyosati,
byudjetlararo munosabatlar va uning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‗rni, jahon
iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, xalqaro
moliya tashkilotlarining Byudjet-soliq siyosati taraqqiyotidagi o‗rni, milliy va
xalqaro valyuta operatsiyalari, jahon valyuta
tizimi va uning rivojlanish
bosqichlari, Byudjet-soliq siyosatida valyuta risklarini boshqarish, xalqaro
korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari,
Byudjet-soliq siyosatida to‗lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va
uning
rivojlanish xususiyatlari, evrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi
operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi,
moliyaviy
derivativlar
bozori, O‗zbekistonning Byudjet-soliq siyosatiga
integratsiyalashuvi kabi masalalar chuqur o‗rganiladi.