O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


 Byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 
3. Byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari 
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalash-tirish manbalarini 
aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalash-tirishning asosiy manbalaridan biri davlatning 
qarz olishidir. 
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 
iborat bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 
qaytarish bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga 
keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat 
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish 
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning o‗z milliy valyutasida ifodalangan qarz 
majburiyatlari paydo bo‗ladi.


32 
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat 
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish 
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz 
majburiyat-lari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari jalb qilingan 
mablag‗larning barcha asosiy turlari bo‗yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo‗ljallangan 
byudjet to‗g‗risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta 
tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat 
Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib 
olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas
22

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-larini ikki guruhga 
bo‗lish qabul qilingan: 
1)
ichki manbalar; 
2)
tashqi manbalar. 
Byudjet 
defitsitini 
moliyalashtirishning 
ichki 
manba-lari 
sifatida 
quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 

mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali 
amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; 

davlat mulkiga tegishli bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 

davlat zahiralari va rezervlari bo‗yicha daromad-larning xarajatlardan o‗sgan 
qismi summasi; 

byudjet mablag‗larini hisobga oluvchi hisob varaq-laridagi mablag‗lar 
qoldig‗ining o‗zgarishi; 

va boshqalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-lari qatoriga 
quyidagilar kiradi: 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali 
xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb 
qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning 
kreditlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va 
xalqaro huquqning boshqa sub‘ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‗yicha 
22
Nima uchun? 


33 
majburiyatlarni qo‗shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari 
hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil 
etadigan davlat mulki bilan to‗liq va hech qanday shartsiz ta‘minla-nishi kerak. 
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va 
davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini 
shakllantirish bo‗yicha barcha vakolatlardan foydala-nadilar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‗lishi mumkin: 

qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, 
xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va 
shartnomalari; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali 
amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‗g‗risidagi 
shartnomalar; 

o‗tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyat-larini restrukturizatsiya 
qilish va muddatini o‗zgartirish to‗g‗risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan 
(shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar; 

va boshqalar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‗zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir 
yilgacha), o‗rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh 
yildan yuqori) bo‗lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda 
(zayom shartlarini, jumladan, to‗lov muddatlari, foiz to‗lovlarining miqdori, muomala 
muddatlarini o‗zgartir-masdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagi-lardan iborat bo‗lishi 
mumkin: 

hukumat davlat qimmatbaho qog‗ozlari bo‗yicha qarzining asosiy nominal 
summasi; 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzning hajmi; 

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‗yicha majburiyatlar 
hajmi; 

va boshqalar. 
O‗z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat 
kafolatlari bo‗yicha majburiyatlar hajmi; 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarz hajmidan 
iborat bo‗ladi. 


34 
Byudjet defitsitini moliyalashtirish jarayonini quyida-gi yo‗llardan 
foydalangan holda boshqarish mumkin: 

moliyalashtirish manbalarining u yoki bu turlarini tanlash yordamida; 

davlat qimmatli qog‗ozlarini muomalaga chiqarish shartlari (hajmi, 
muomalada bo‗lish muddatlari, daromad-lilik darajasi va sh.k.) bilan manyovr 
qilish orqali; 

ichki va tashqi qarzlarning o‗zaro nisbatlaridan foydalangan holda; 

aholining ichki jamg‗armalarini saqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish 
asosida; 

qimmatli qog‗ozlar va omonatlarni indeksatsiya qilish yo‗li bilan; 

davlat qarzlariga xizmat qilish bo‗yicha cheklovlarni o‗rnatish orqali; 

va boshqalar. 
O‗z navbatida, byudjet defitsitini samarali boshqarish davlat xarajatlarini 
ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirish yo‗nalishlarida 
sarflanishini ko‗zda tutadi. Shunga muvofiq ravishda byudjet ajratmalari va 
kreditlar ma‘lum bir samaraga erishiliga qarab va mablag‗larning qaytarilishi 
uchun kafolatlar etarli bo‗lgan taqdirda aniq dasturlar ostida ajratilmog‗i lozim. 
Ana shuni hisobga olgan holda, byudjet defitsitini moliya-lashtirish bilan bog‗liq 
bo‗lgan operatsiyalar davlatning umumiy iqtisodiy, moliyaviy va byudjet siyosati 
bilan muvofiqlashtirilmog‗i maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, xalqaro 
amaliyotda byudjet defitsitini kamaytirish uchun uning mamlakatga xorijiy 
kapitalni jalb qilish shaklidan ham foydalanish mumkinligi e‘tiborga olinmog‗i 
lozim. 
Bu jarayonda deflyatsion tadbirlarning o‗ta murak-kabligi shunda namoyon 
bo‗ladiki, ularning amalga oshiri-lishi davlat xarajatlarining qisqarishini, kredit 
resurs-larining qimmatlashuvini, pul massasining kamayishini taqozo etadi. 
Bularning barchasi, o‗z navbatida, yalpi talabning kamayishiga, kapital 
quyilmalarning qisqarishiga va demak, ishbilarmonlik faolligining pasayishiga va 
ishsizlikning ortishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Va nihoyat, yuqoridagilar byudjet defitsiti muammosi pul muomalasi, 
byudjet siyosati, iqtisodiy faollik va sotsial sohadagi jarayonlarga davlat 
ta‘sirchanligining samaradorligi bilan bog‗liq bo‗lgan murakkab muammolar bilan 
o‗zviy ravishda bog‗lanib ketganligidan darak beradi.
Shunday qilib, byudjet defitsitini kamaytirish byudjet siyosatining markaziy 
masalasi ekan, uni muvaffaqiyatli uddalamoq uchun, eng avvalo, yuqorida bayon 
etilganlarning har biriga, ya‘ni a) byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy 
sabablariga; b) byudjet defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan ishlab chiqilishi 
va amalga oshirilishi lozim bo‗lgan strategik yondoshuvga; v) byudjet defitsitining 


35 
darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim 
bo‗lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo‗nalishlariga; g) byudjet defitsitini 
moliyalashtirish manbalarini aniqlashga jiddiy e‘tibor bermoq lozim. Bularni 
to‗liq va uzil-kesil hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan va byudjet defitsitini 
kamaytirishga qaratilgan byudjet siyosati, o‗z-o‗zini aldash bilan barobar bo‗lib, 
albatta, muvaffa-qiyatsizlikka uchraydi yoki kutilgan natijani bermaydi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish