O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Qoplash davri 
PBP ning davomiy mashhurligi o‘nlab yillar davomida moliyachi olimlarni 
hayratga soldi. Ko‘rib chiqqanimizdek, bu usul jiddiy nazariy kamchiliklarga ega. 
Ularning orasida eng muhimi, ehtimol, bu farovonlikni maksimallashtirish 
maqsadini inkor etishi bo‘lsa kerak. Ushbu kamchiliklarga qaramay, bu usul 
Angliyada ham katta, ham kichik kompaniyalar tomonidan keng qo‘llaniladi. 
Makintayr va Kaultxerst tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda faqat bitta 
investitsiyaviy baholash usulidan foydalanuvchi kichik va o‘rta 68 ta 


178 
kompaniyadan 50 tasi (74%) uchun bunday usul PBP bo‘lgan. Qolaversa, u yirik 
kompaniyalar orasida ham juda ommaviylashgan. 
PBP usuli nima uchun shunchalar ommaviy bo‘lib qolaverayotganligi 
bo‘yicha ko‘plab taxminlar mavjud. 
Ba’zilar buni barcha kompaniyalar ham aksiyadorlar farovonligini 
maksimallashtirish maqsadiga intilmasligi yoki har holda ayrimlarda bu qisqa 
muddatli istiqbolga mo‘ljallanganligiga isbot sifatida ko‘rib chiqishgan (bu masala 
oldingi bobda ko‘rib chiqilgan). Bu holatda aksiyadorlar agentlik xarajatlariga 
duch keladi, lekin qabul qilinayotgan qarorlar ularning farovonligini 
maksimallashtirishga 
emas, 
balki 
kompaniya 
menejerlari 
farovonligini 
maksimallashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Payk (Pike, 1985) 
maqsadlari aksiyadorlar manfaatlariga qaratilgan kompaniyalar PBPga kamroq 
moyil ekanligini aniqladi. 
Boshqa mualliflar (masalan, Boardman, Reihart and Celec 1982) 
investitsiyadan tushumlarni muddatli kredit bo‘yicha to‘lovlar bilan “bog‘lash” 
talab qilingan vaziyatlarda PBPdan foydalanish ma’qul deb taxmin etishgan. Agar 
“cheklangan kapitalga ega” firma investitsiyalashning dastlabki bosqichida 
kiruvchi pul oqimlarini ta’minlay olmasa, u holda kompaniya pul kelib 
tushmasidan oldin inqirozga uchraydi. Biroq dalillar bu taxminni tasdiqlamaydi. 
Grem va Xarvi (Graham and Harvey, 2001) 1999-yilda bir qator yirik Amerika 
kompaniyalari tajribasini o‘rganib chiqdi. 
Ular cheklangan kapitalga ega kompaniyalar qoplash davri usulini qo‘llashni 
afzal ko‘rishiga oid hech qanday isbotni aniqlamadilar. 
PBP ommaviyligi davom etib kelayotganiga boshqa ehtimoliy sabablar – 
uning soddaligi, o‘z navbatida, ushbu usulning amaliyligi bo‘lib, bu qandaydir 
investitsiya loyihasining tarafdori bo‘lgan menejerga moliyaviy bilimi yo‘q 
hamkasblarini o‘z tomoniga og‘dirib olishga imkon beradi. PBPni diskontlash 
usuli bilan birga yoki ahamiyatsiz masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda qo‘llash 
mumkin. Shuningdek, PBP eng boshida loyiha bo‘yicha barcha takliflar saralab 
olinadigan o‘ziga xos “elak” sifatida ishlatiladi, keyin esa ularning chuqur tahlili 
amalga oshiriladi deb taxmin qilish mumkin. Biroq bu dalil PBP usulida va 
diskontlash usulida aynan bir xil asosiy kirish ma’lumotlaridan (prognozlangan pul 
oqimlari) foydalanilishi tufayli qisman rad qilinadi. 
Ushbu ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda ularga diskontlash koeffitsiyentlarini 
tatbiq qilish qiyin emas. 
Chen va Klark (Chen and Clark, 1994) AQSH sanoat kompaniyalarini tadqiq 
qilib, PBPdan foydalanish menejerlar, ayniqsa, buxgalteriya foydasiga ularning 
mehnati uchun haq to‘lash bog‘liq bo‘lgan sharoitda, buxgalteriya foydasini o‘z 
faoliyatini baholashda qay darajada muhim deb hisoblashiga chambarchas bog‘liq 


179 
degan xulosaga kelishdi. PBP usuli qisqa vaqt ichida sezilarli pul oqimlarini, 
demakki, foydani ham yuzaga keltiruvchi loyihalarga afzallik beradi. 
PBP ommaviyligi davom etib kelayotganiga keyingi va ehtimolga yaqinroq 
sabablardan biri shundan iboratki, nazariy ishlab chiqilishi asosan 1960-
yillardayoq sodir bo‘lgan diskontlash usuli faqat yaqindagina o‘z o‘rnini 
mustahkam egalladi. Xususan, bu ularning moliyachi bo‘lmagan menejerlar 
tomonidan qo‘llanilishiga taalluqlidir. PBPning mashhurligi boshqaruv 
tajribasining yo‘qligi bilan izohlanishi mumkin. Makintayr va Kultxerst 
ma’lumotlariga ko‘ra, PBP o‘rta va kichik biznesda juda keng tarqalganligi bilan 
bu taxmin tasdiqlanadi. Bunday kompaniyalarda menejerlarning malakasi yirik 
kompaniyadagi menejerlarga qaraganda past bo‘lishini kutish mumkin. So‘nggi 
yillarda diskontlash usuli kengroq qo‘llanilishi bois, PBP ommaviyligining 
pasayishi boshqaruv malakasi oshganidan dalolat beradi. 
Grem va Xarvi (Graham and Harvey, 2001) tadqiq qilingan kompaniyalarning 
eng kichiklari (savdo hajmi ko‘rsatkichi bo‘yicha) PBP usulidan xuddi NPV yoki 
IRR usullaridek tez-tez foydalanganligini aniqladilar. Shuningdek, ular yuqori 
boshqaruvi keksa yoki kam malakali odamlardan iborat kompaniyalar orasida PBP 
usuli muhim sanalishini qayd qilishgan. Bu PBP usulidan kamroq tajribali 
menejerlardan foydalanishga moyil degan taxminga to‘g‘ri keladi. 
PBPdan foydalanuvchi mashhur va juda muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri 
“Next plcˮ (chakana savdo) hisoblanadi. Uning 2004-yilgi hisobotida aytilishicha: 
“Har bir yangi do‘kon ochilganda investitsiya qilingan sof kapitalni 24 oydan 
kamroq muddat ichida qoplash maqsadi qo‘yiladi”. Shuni aytib o‘tish joizki, Next 
firmasi o‘zining moliyaviy maqsadi sifatida aksiyadorlar farovonligini 
maksimallashtirishni emas, balki “bir aksiya uchun daromadning barqaror o‘sishini 
maksimallashtirish”ni aytadi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish