O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Baholash usullari va korporativ maqsadlar



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Baholash usullari va korporativ maqsadlar
Mazkur tadqiqotlar natijalarini ko‘rib chiqishda nazarda tutishimiz lozim 
bo‘lgan muhim jihat shundan iboratki, u yoki bu investitsiyaviy baholash usulini 
tanlashni to‘liq asos bilan kompaniyasi intilayotgan moliyaviy maqsadlarning aksi 
sifatida ko‘rib chiqishimiz mumkin. Haqiqatdan ham, investitsiya masalalari 
bo‘yicha qarorlar qabul qilishda kompaniyalar ko‘pincha ularning kelgusidagi 
farovonligi va muvaffaqiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar chiqaradilar. 
Ushbu tadqiqotlarning natijalari 3.2-jadvalda umumlashtirildi. 
Ushbu natijalar quyida ko‘rib chiqadigan bir qator omillarga ishora qiladi. 
Biz ushbu bobning 3.2-bo‘limida NPVning asosiy nazariy asosi kompaniyalar 
o‘z aksiyadorlari farovonligini maksimallashtirishga intilishidan kelib chiqishini 
ko‘rdik. Agar bu, rostdan ham, ularning maqsadi bo‘lsa, amaliyotda asosiy 
baholash instrumenti sifatida NPV usuliga kuchli moyillikni kutishimiz mumkin. 
2-jadval 
Buyuk Britaniya amaliyotida qo‘llaniladigan investitsiyaviy 
baholash usullari
8
 
Yirik kompaniyalar 
 
Kichik 
kompaniya-
lar 
Qayta 
ishlash 
sanoat 
korxonalari 
(turli 
darajada) 
Tadqiqot 
sanasi 
1975,% 1981,% 
1986, 

1992,% 1997,% 
1985, % 
1993
 

Sof keltirilgan 
qiymat 
32 
39 
68 
74 
80 
36 
71 
Ichki 
daromadli 
lik darajasi 
44 
57 
75 
81 
81 
28 
80 
8
“Arnold G.C. and Hatzopoulos, P.D. (2000). The theory practice gap in capital budgeting evidence from the 
United Kingdom . Journal of Business Finance and Accounting (June/July)” va boshqalardan olindi.


175 
Qoplash davri 
73 
81 
92 
94 
70 
82 
86 
Foydaning 
buxgalteriya 
me’yori 
51 
49 
56 
50 
56 
37 
77 
Jami 
200 
226 
291 
299 
287 
183 
314 
Manbalar: 
1
Pike (1982); 
2
Pike and Wolfe (1988); 
3
Pike (1996); 
4
Arnold and Xatzopoulos 
(2000); 
5
McIntyre and Coulthurst (1985); 
6
Drury, Braund, Osborne and Tayles (1993). 
Arnold va Xadzopulos tadqiqotlarda ishtirok etgan yirik kompaniyalarning 
80%i NPVni qo‘llaganligini aniqladi, ammo deyarli barcha hollarda boshqa usullar 
bilan birgalikda ishlatilgan – bitta yoki undan ko‘proq. Shuningdek, so‘rovda 
qatnashgan yirik firmalar NPV, IRR yoki ularning kombinatsiyasidan foydalangan. 
Ko‘pgina hollarda IRR NPV uchun yaxshi almashtirish sanaladi. 
Lekin, aftidan, NPV barcha firmalar tomonidan ishlatilmasligiga asoslangan 
holda aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish birlamchi maqsad emas, deb 
xulosa qilish noto‘g‘ri bo‘lardi. Payk va Ooi (Pike va Ooi, 1988) tomonidan 
ko‘rsatib o‘tilgandek, aslida, muayyan kompaniya uchun aksiyadorlarning 
farovonligini maksimallashtirish ahamiyati bilan NPV usuli o‘rtasida jiddiy 
bog‘liqlik mavjud emas. Ehtimol, moliyaviy qaror qabul qiladiganlarning 
ba’zilarida ma’lum bir maqsadni nazariy jihatdan uning amalga oshishiga imkon 
beruvchi baholash usullari bilan bog‘lash imkonini beradigan tajriba yetarli emas. 
Taxmin qilinganidek, kamroq tajribaga ega kichik kompaniyalar orasida NPV ning 
kamroq ommalashishi buning tasdig‘i bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqa 
tomondan, yirik va kichik kompaniyalar o‘rtasida NPVdan foydalanish bo‘yicha 
nomutanosiblikni ular turli maqsadlarni ko‘zlashi bilan ham tushuntirishi mumkin. 
Ba’zi kompaniyalar NPV usulidan foydalanishi va bu farovonlikni 
maksimallashtirish bilan qanday bog‘liq ekanligini o‘zlarining yillik hisobotlarida 
ma’lum qiladi. Dvigatellar va elektr energetikasi tizimlari ishlab chiqaruvchi 
“Rolls-Royce plcˮ kompaniyasi 2003-yilgi hisobotida quyidagini ma’lum qilgan: 
“Guruh investitsiya loyihalari aksiyadorlar uchun qiymat yaratishiga ishonch hosil 
qilish maqsadida ularning barchasini risk va kelgusi pul oqimlari bo‘yicha qat’iy 
tekshiruvdan o‘tkazadi”. Hisobotda, shuningdek, guruh tomonidan investitsiya 
qarorlarini baholash uchun diskontlangan pul oqimlari tahlili qo‘llanilganligi 
haqida xabar beriladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish