O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

6. 
Хususiy 
kapital 
to’g’risidagi 
hisobotni 
tuzish 
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan 
tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar 
mavjud. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan 
korxonaning bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu 
ko’rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini 
ta’riflaydi. 
1. Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi: 
AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi 
oddiy aktsiyalar 
Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri 
kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy 
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
3.
Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to’g’ri keladigan foydaning 
munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi: 
BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF 
Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m 
to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10 
bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining 
investitsiya 
sifatini 
afzalroq 
baholaydi. 
Bu 
ko’rsatkich 
boshqa 
kompaniyalarning 
bir 
aksiyaga 
to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha 
baholanadi. 
4.
Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi: 
ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi 
oddiy aktsiyalar 
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga 
binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini 
ko’rsatadi. 


135 
4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans 
qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u 
quyidagicha 
aniqlanadi: 
Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati 
5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi: 
Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / 
bir aktsiyaning bozor qiymati 
6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha 
aniqlanadi: 
AD = D + (S* - S) / S, 
Bu yerda D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi, 
S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi 
7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi: 
TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri 
kеladigan sof foyda
Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va 
«yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan 
oshmasligi 
kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda 
olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya 
moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira 
kapitalidan 
qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki 
ular 
kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.
 
Dividendlar – bu kompaniyalar tomonidan o‘z aksiyadorlariga to‘lanadigan 
to‘lovlardir. Aftidan, ular menejment va aksiyadorlar tomonidan kreditor uchun 
belgilangan foizlar miqdorining ekvivalenti sifatida, ya’ni aksiyadorlarning 


136 
muddati kechiktirilgan iste’moli uchun kompensatsiya sifatida qaraladi. 
Dividendlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalari (aksiyadorlar) o‘rtasida 
yaqinda olingan foydani taqsimlash sifatida ham ko‘rib chiqiladi. 
Har qanday boshqa moddiy va moliyaviy aktiv (ya’ni, qiymati hech qanday 
his-tuyg‘ularga bog‘liq bo‘lmagan aktiv) kabi, aksiya undan kutilayotgan kelgusi 
pul oqimlari asosida hisoblab chiqiladi. Aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan o‘ziga 
qo‘shib olish, tugatish yoki qayta kapitallashtirishni istisno etgan holda, aksiya 
keltiradigan yagona ehtimoliy pul oqimi – bu dividendlardir. Shunday qilib, 
kutilayotgan dividendlar, odatda, aksiyalar bahosini va mos ravishda, aksiyadorlik 
kapitali qiymatini belgilaydigan yagona omil hisoblanadi. 
Bundan kelib chiqadiki, boshqaruv kengashi a’zolari har qanday muayyan 
vaziyatda qonunchilik ruxsat bergan darajada ularga yuqori dividendlar 
to‘lanayotganda, aksiyadorlarning farovonligini oshirishga eng ko‘p imkon 
yaratayotgan bo‘lishi ham mumkin. 
Biroq bunday yondashuv bir qator savollarni yuzaga keltiradi. Direktorlar 
shunchaki yuqoriroq dividend to‘lashga qaror qilish bilan kompaniya 
aksiyalarining qiymatini oshirishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Qiymat shunchalik 
oson yaratilar ekanmi axir? Agar kompaniya yangi istiqbolli investitsiya 
imkoniyatlariga ega bo‘lsa, investitsiyalashni yetarli mablag‘lar bilan ta’minlash 
uchun aksiyadorlarga dividendlar to‘lamasligi foydali bo‘ladimi? Yoki aksincha, 
kompaniya dividendlar to‘lashi va mavjud aksiyadorlar orasida ochiq birjada 
qatnashishni xohlovchilar bo‘lishi va ular tomonidan sotib olinishini istisno 
etmagan holda, qo‘shimcha aksiyalar emissiya qilishi va ularni ochiq joylashtirish 
yo‘li bilan investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb qilishi kerakmi? 
Hatto agar kompaniyaning aniq jozibador investitsion imkoniyatlari bo‘lmasa 
ham, u ehtiyotkor bo‘lishi va qonunchilikda nazarda tutilgan dividendlarni to‘liq 
hajmda to‘lashi kerak bo‘ladimi? 
Xo‘sh, kompaniyaning dividendlar siyosati qanday bo‘lishi kerak va u nimani 
anglatadi? Ushbu masalalarni biz mazkur bobda ko‘rib chiqamiz. 


137 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish