O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Sof keltirilgan qiymat 


155 
Ehtimoliy yondashuvlardan biri shundan iboratki, 10 mln f. stga qo‘ldan boy 
berilgan fozlarni qo‘shish, ya’ni, qo‘yilma bo‘yicha foydani hisobga olib, 10 mln f. 
st. miqdordagi summa bir yildan keyin qanchaga ko‘payganini aniqlash, keyin esa 
ushbu qiymatni 12 mln f. st. bilan taqqoslash lozim.
Deylik, joriy foiz stavka 10% ni tashkil qiladi; unda 10 mln f. st. bir yildan 
keyin 11 mln f. stga ko‘payadi (1 mln f. st. minus foizlar). Boshqacha aytganda, 
agar kompaniya muqobil imkoniyatdan foydalanib, bank depozit hisobiga foiz 
ostida pulni joylashtirsa, unda u yilning oxirida 11 mln f. st. oladi; shu bilan birga, 
agar u ko‘rib chiqilayotgan investitsiyaviy imkoniyatdan foydalansa, unda shu vaqt 
ichida 12 mln f. st. oladi. Bu mutlaqo mantiqiy va to‘g‘ri yondashuvdir va 
investitsiyani amalga oshirish bo‘yicha qaror to‘g‘ri bo‘ladi: buning natijasida 
kompaniya 1 mln f. st. miqdorda sof kelgusi qiymat oladi (12 mln f. st. minus 11 
mln f. st, ya’ni agar u boshqa muqobilni qo‘llash orqali, bir yilga bank depozit 
hisobiga pul qo‘yilgan holatidan farqli ravishda yilning oxirida 1 mln f. stga 
boyroq bo‘ladi.
Boshqa bir yondashuvda quyidagi savolga javob olinadi, ya’ni agar 10% li 
qarzga pul olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, unda tezkorlik bilan ko‘rsatilgan 12 
mln f. st. olish uchun va ana shu 12 mln f. st. to‘liq tarzda qarzni va u bilan bog‘liq 
bo‘lgan foizni qoplash uchun qancha summada qarz olish kerak? Boshqacha 
aytganda, agar kompaniyada sarflanayotgan 10 mln f. stni olinayotgan 12 mln f. st. 
bilan taqqoslash imkoniyati bo‘lganda, unda qaror qabul qilish uchun muqobil asos 
yuzaga kelgan bo‘lar edi. Olinayotgan 12 mln f. st. miqdordagi qiymat (
present 
value
) sof nazariy tushuncha emas, chunki kerak bo‘lsa kompaniya tezkorlik bilan 
qarz olib, olinayotgan 12 mln f. stni qo‘lga kiritishi mumkin. Kompaniya 10 mln f. 
stni investitsiyalash uchun kerak bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni topish maqsadida 
ham bu ishni amalga oshirishi mumkin (12 mln f. stning qiymati 10 mln f. stdan 
ko‘p bo‘lgan holatda). 
Keyingi savol quyidagicha qo‘yiladi: yillik foiz stavka 10% bo‘lganda 12 mln 
f. st.ning keltirilgan qiymati bir yildan keyin qancha bo‘ladi? 
Agar ehtimoliy qarzdorlik summasi B ga teng bo‘lsa, u holda: 
12 mln f. st. = 





 

100
10
В
В

Bu esa kredit plyus bir yillik foizdan iborat bo‘lib, uni quyidagi shaklda 
ifodalash mumkin:
12 mln f. s. =B





 
100
10
B
= Vx1,10 
V=
st
f
m
st
f
m
.
.
ln
9
,
10
10
,
1
.
.
.
ln
12



156 
Agar 
biz 
kelgusidagi 
tushumlarning 
keltirilgan 
qiymatini 
kapital 
qo‘yilmalarning dastlabki hajmi bilan taqqoslasak, natijada sof keltirilgan qiymati 
0,9 mln f. st.dan iborat bo‘lgan investitsiyani qo‘lga kiritgan bo‘lamiz (ya’ni 10,9 
mln f. st. – 10 mln f. st). NPVning qiymati ijobiy bo‘lganligi sababli yanada 
yuqoriroq NPVsi bo‘lgan bir-birini rad etuvchi muqobillari bo‘lmasligi sharti 
asosida mazkur investitsiyani amalga oshirish lozim bo‘ladi.
0,9 mln f. st.ga teng bo‘lgan NPV kompaniya tezkorlik bilan 10 mln f. st.ni 
investitsiya qilishi va keltirilgan qiymati 10,9 mln f. st.ni tashkil etgan daromad 
olishi va o‘z qiymatini 0,9 mln f. st.ga oshirishi mumkinligidan dalolat beradi. 
Aslida kompaniya 10,9 mln f. st.ga teng summaga kredit olishi, 10 mln f. st.ni 
investitsiyalashi va birddan 0,9 mln f. st.ni dividend sifatida aksiyadorlarga to‘lashi 
mumkin edi. 12 mln f. st. olingandan so‘ng kompaniya 10,9 mln f. st. plyus 
mazkur summadan foizni birdan to‘laydi. 
Umumiy ko‘rinishda aytishimiz mumkinki, davomiyligi bir yillik 
investitsiyaviy loyihaning NPVsi quyidagiga teng: 
r
C
C



1
NPV
1
0
Bu yerda S
0
– dastlabki pul oqimi (0 vaqt), odatda manfiy, (ya’ni chiqayotgan 
pul oqimi), S
1
– bir yildan keyingi pul oqimi, r – foiz stavkasi (diskont stavkasi).
Amaliyotda qaror qabul qilish uchun biz kelgusi sof qiymat konsepsiyasini 
emas (murakkab foizlar formulasi bo‘yicha joriy pul oqimlarning hisobi 
[
compounding
]), balki NPV konsepsiyasini qo‘llaymiz (ya’ni kelgusi pul 
oqimlarining diskontlashini [
discounting
]). Ular bir-biridan aslida qolishmaydi.
NPV usulining tanlanishi ikkita sabab bilan izohlanadi: 

Sof bo‘lajak qiymat usulini investitsiyaviy imkoniyatlarni taqqoslashda 
qo‘llash jarayonida qaysi davrga nisbatan qiymatni baholash (ya’ni qancha yil 
uchun hisoblarni amalga oshirish lozim) haqida qaror qabul qilish kerak. Agar 
imkoniyatlar muddat jihatdan bir-biridan farqlansa (deylik, bitta investitsiya 
muddati uch yilga to‘g‘ri kelsa, boshqasining muddati besh yil bo‘lsa) bular 
ma’lum qiyinchilikni yuzaga keltiradi; 

Agar gap kompaniya qiymatiga ta’sir qilishda investitsiyaviy imkoniyatni 
baholash haqida gap borsa, unda bo‘lajak samarani emas, balki joriy samarani 
ko‘rib chiqish mantiqiy bo‘ladi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish