Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 
 
 
 


79 
 
VI bob. IPOTЕKA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI 
 
6.1. Ipoteka bozori faoliyatining nazariy jihatlari 
Mamlakatimizda  iqtisodiy  islohotlar  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy  sohani 
rivojlantirish,  aholini  uy-joy  bilan  taʼminlash  boʻyicha  ham  qator  islohotlar  va 
chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash 
maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham 
qayd  etib  oʻtish  zarur.  Mazkur  amaliyotda  tijorat  banklari  faol  ishtirok 
etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon 
amaliyotida  ipoteka  kreditlash  amaliyoti  bilan  bir  vaqtda  ipoteka  qimmatli 
qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi. Shundan kelib chiqqan holda 
quyida ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi xususida fikr yuritamiz. 
“Ipoteka  –  bu  real  aktiv  bilan  taʼminlangan  uzoq  muddatli  kreditdir”
24

Kengroq  taʼkidlaydigan  boʻlsak,  “Ipoteka  –  majburiyatlarni  koʻchmas  mulk 
bilantaʼminlashningbirusuli  boʻlib,  bunda  agar  garovga  qoʻyuvchi  oʻz 
majburiyatlarinibajarmasa,garovga  oluvchi  oʻz  talablarini  garovga  qoʻyilgan 
koʻchmas  mulk  hisobidanqondirishhuquqiga  ega  boʻladi”
25
.Ipoteka  krediti  – 
banklar tomonidan koʻchmas mulkgaroviasosidakoʻchmas mulkni sotib olish yoki 
qurish uchun beriladigan uzoq muddatlikredit turidir
26
. Bunda ipoteka krediti sotib 
olinayotgan  koʻchmas  mulk  orqali  beriladi  va  garov  predmeti  sifatida  koʻchmas 
mulk  amal  qiladi
27
.  Ipoteka  krediti  boʻyicha  barcha  majburiyatlar  bajarilgach 
koʻchmas mulk ipoteka krediti oluvchining toʻliq egaligigiga oʻtadi. 
Ipoteka  va  ipoteka  kreditlash  amaliyotini  moliyaviy  taʼminlash  maqsadida 
tijorat  banklari  tomonidan  ipoteka  qimmatli  qogʻozlari  muomalaga  chiqarilishi 
mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi. 
Ipoteka  bozori  rivojlanish  jarayonida  bir  nechta  muammolarga  duch 
kelingan. Yaʼni “birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori jud past boʻlgan. 
Natijada  koʻplab  institutsional  investorlar  bunday  kichik  moliyaviy  instrument 
ishlashni lozim tompagan. 
Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib, 
bunda  savdolarning  standartlashtirilmaganligi  salbiy  taʼsir  koʻrsatgan.  Unda 
qoplash  davrining,  foiz  stavkalarining,  bitim  shartlarining  turlichaligi  amal  qilishi 
ipoyeka bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan.    
Uchinchidan,  ipoteka  kreditlari  xizmat  koʻrsatish  nuqtai  nazaridan 
qimmatligi bilan ajralib turgan. Ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatishni korporativ 
obligatsiyalarga  xizmat  koʻrsatish  bilan  solishtirilganda  bunga  yaqqol  guvoh 
boʻlish  mumkin.  Kreditor  har  oylik  toʻlovni  undirishi,  mulk  boʻyicha  soliqlarni 
toʻlashi,  sugʻurta  mukofotlari  toʻlab  borishi  va  zahira  hisobi  boʻyicha  xizmatlar 
koʻrsatishi lozim. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha bunday emas. 
                                                
24
 Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 
324 
25
 Саттаров Б.К. Ўзбекистонда ипотека қимматли қоғозлари бозорини шакллантириш йўллари. И.ф.н. илмий 
даражасини олиш тақдим этилган дисс.автореферати. Тошкент – 2012. – Б. 8.   
26
 Косарева Н.Б. Основы ипотечного кредитования. – М.: ИНФРА-М, 2007.–С.5. 
27
Гусева И.А. Финансовые рынки и институты. – М.: Юрайт, 2018. – С. 105. 


80 
 
Va  nihoyat,  toʻrtinchidan,  ipoteka  boʻyicha  noaniq  toʻlovga  qobiliyatsizlik 
riski  mavjud.  Investorlar  ipoteka  boʻyicha  kredit  oluvchini  baholashga  koʻp 
vaqtlarini  sarflashni  hohlamaydilar.  Bu  muammolar  ipoteka  qimmatli  qogʻozlari, 
shuningdek sekyuritizatsiyalashgan ipoteka yuzaga kelishiga olib keldi”
28
.  

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish