Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

6.2. Ipoteka bozori modellari va qoʻllanish xususiyatlari 
Ipoteka  amaliyotining  yuzaga  kelishi  Qadimgi  Gretsiyada  yerga  egalik 
qilish  va  quldorlik  bilan  oʻzaro  bogʻlanadi.  Bunda  qarzga  yer  olgan  shaxs  oʻz 
vaqtida  qarzini  qaytara  olmagan  holatda  qullikka  olingani  manbalarda  qayd 
etiladi. Qadimgi Rim,  umuman  Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan 
boshlab qoʻllanilganligi taʼkidlanadi.  
Ipoteka  kreditlari  boʻyicha  qayta  moliyalashtirish  sxemasi  Amerika 
qoʻshma  shtatlarida  1930-yillardan  boshlab  keng  qoʻllanila  boshlangan.  Aynan 
shu  davrdan  boshlab  mamlakatda  ipoteka  kreditlash  amaliyotini  qoʻllab-
quvvatlash  maqsadida  ixtisoslashgan  tashkilotlar,  shu  jumladan  ipoteka 
agentliklari tashkil etiladi. AQSHda ipoteka kreditlari bozori rivojlangan ipoteka 
obligatsiyalari  bozori  asosida  faoliyat  yuritadi.  Chunki  ipoteka  obligatsiyalari 
ipoteka  kreditlashini  amalga  oshirishda  banklarning  qayta  moliyalashtirishini 
taʼminlaydi.   
Rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtgan ipoteka bozori amaliyotida bugungi 
kunda banklar eng faol ishtirokchiga aylangan. Keltirilayotgan bu jihatlar ipoteka 
bozori modellari shakllanishiga xizmat qilgan.  
Bunda “uchta model ajratib koʻrsatiladi: anʼanaviy  model (bitta bosqichli, 
yevropa modeli), ikki bosqichli model (amerika modeli) hamda ssuda-jamgʻarma 
modeli”
30
.  
  Ipoteka  bozori  boʻyicha  anʼanaviy  model  (bitta  bosqichli,  yevropa 
modeli)  bankning  taʼminlangan  obligatsiya  tipidagi  qimmatli  qogʻozlarni 
mustaqil  chiqarishi  va  shu  asosda  garovga  qoʻyilayotgan  koʻchmas  mulkni 
kreditga  berishi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  model  nemis  modeli  deb  ham  ataladi. 
Mablagʻlar  jalb  qilish  va  kredit  berish  muddatlari  oʻrtasida  vaqtinchalik  farq 
mavjudligi,  bank  uchun  kredit  va  foiz  riskining  yuqoriligi  kabilar  mazkur 
modelning  kamchiliklari  hisoblanadi.  Lekin  bu  model  asosida  ipoteka 
kreditlashni  tashkil  etish  nisbatan  jahon  amaliyotida  keng  qoʻllaniladi.  Uning 
keng  qoʻllanilishi  sabablaridan  biri  Yevropada  umumiy  amaliyot  sifatida  uzoq 
muddatli  kreditlar  boʻyicha  suzib  yuruvchi  foiz  stavkalari,  banklar  uchun  eng 
yuqori  riskni  chegaralash  kabilarning  qoʻllanilishidir.  Yevropada  ipotekaga 
asoslangan eng yirik obligatsiyalar bozori Germaniya bozoridir. Koʻchmas mulk 
bilan  bogʻliq  operatsiyalarni  moliyalashtirish  uchun  nemis  ipoteka  banklari 
chiqaradigan obligatsiyalar keng jamoatchilik oʻrtasida savdoga chiqariladi.  
Ikki bosqichli model (amerika modeli) ipoteka bozorining berilgan ipoteka 
kreditlarini qayta moliyalashtirish koʻchmas mulk bilan taʼminlangan ikkilamchi 
qimmatli  qogʻozlar  bozori  hisobiga  amalga  oshirilishi  bilan  tavsiflanadi.  Bu 
modelning  asosida  risklarni  taqsimlash  gʻoyasi  yotadi.  Ipoteka  krediti  beruvchi 
bank  uni  sekʼyuritizatsiya  oʻtkazish  uchun  tashkil  etilgan  maxsus  tashkilotlar, 
yaʼni ipoteka agentlariga sotadi. Ipoteka agentlari oʻz navbatida ipoteka qimmatli 
qogʻozlari  chiqaradilar  va  ularni  bozorda  sotadilar  hamda  bankni  qayta 
moliyalashtiradi.  Natijada  ipoteka  krediti  bank  balansidan  chiqarilib,  ipoteka 
                                                
30
Гусева И.А. Финансовые рынки и институты. – М.: Юрайт, 2018. – С. 109-111. 


82 
 
balansiga kirim qilinadi. Kredit oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bankda bu amaliyot 
boʻyicha  hech  qanday  risk  qolmaydi  va  yangi  moliyalashtirishga  ega  boʻladi. 
Amaliyot natijasida foydaning bir qismiga ipoteka agentiga taqsimlanadi. Agarda 
kredit boʻyicha defolt (qaytamaslik) holati yuzaga keladigan boʻlsa, zarar ipoteka 
agenti zimmasiga tushadi. 
Amerika  qoʻshma  shtatlarida  ipoteka  agentlarining  keng  tarmogʻi  mavjud 
boʻlib, ulardan eng yiriklari Uy-joy ipoteka krediti federal korporatsiyasi (Federal 
Home  Loan  Mortgage  Corporation,  Freddie  Mac),  Federal  milliy  ipoteka 
assotsiatsiyasi  (Federal  National  Mortgage  Association,  Fannie  Mae),  Davlat 
milliy  ipoteka  assotsiatsiyasi  (Government  National  Mortgage  Association, 
Ginnie Mae) kabilar tilga olinadi.   
Ssuda-jamgʻarma  modelida  ipoteka  kreditlarini  qayta  moliyalashtirish 
ipoteka  qimmatli  qogʻozlari  hisobiga  emas,  balki  aniq  maqsadli  yoʻnaltirilgan 
tartibda tashkil etiladigan oʻzaro yordam kassalari prinsipi boʻyicha kelgusi qarz 
oluvchilarning  jamgʻarmalarini  jalb  qilish  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Masalan, 
Fransiyada  uy-joy  jamgʻarma  hisobraqamlarining  bir  necha  turlaridan 
foydalaniladi.  Bunda  150  ming  yevro  miqdorida  ipoteka  kreditlari  olishga 
daʼvogarlik  qilish  uchun  100  ming  yevrogacha  mablagʻ  jamgʻarish  mumkin 
boʻlgan  jamgʻarma  omonatlari  –  jamgʻarma  daftarchalari  amal  qiladi.  Bunda 
asosiy  shart  sifatida  jamgʻarma  omonatlari  miqdori  belgilangan  koʻrsatkichga 
yetishiga  eʼtibor  qaratiladi.  Ipoteka  krediti  olishning  yana  bir  usuli  uy-joy 
jamgʻarmasi  rejasini  roʻyxatga  olish  va  jamgʻarma  400  ming  yevroga  yetgach, 
600  ming  yevro  miqdoridagi  ipoteka  krediti  olishga  ariza  taqdim  etish 
mumkinligi  bilan  izohlanadi.  Bundan  koʻrinib  turibdiki  ipoteka  bozorida  ikkala 
tomon,  yaʼni  qarz  oluvchi  qarz  beruvchining  birgalikdagi  faoliyati  koʻzga 
tashlanadi. 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish