Foizlar svopi. Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz stavkasiga
ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega majburiyatlar bilan
almashtirishdan iborat.Bu svop shartnomasida ishtirok etuvchilar faqat foiz
stavkalarni almashishadi (nominalni emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar
oʻrtasida toʻlovlarni almashtirish bir necha yillar dovomida amalga oshiriladi,
odatda svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn besh yilgacha
choʻziladi.Svoplarda koʻpincha oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida LIBOR
(London Interbank Offer Rate)
21
stavkasidan foydalaniladi.
Svoplar boʻyicha qatʼiy belgilangan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni
svop xaridori deyiladi. Oʻzgaruvchan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni esa
svop sotuvchisi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |