Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

DIV
t
miqdorni 
aniqlashning 
murakkabligidan  kelib  chiqqan  holda  chegaralangan.  Chunki  investorlar 
tomonidan hattoki yaqin kelajakdagi dividendlarni aniq bilish mumkin emas. 
Shuning  uchun  ham  tahlil  oʻtkazishda  odatda  dividendlarning  mumkin 
boʻlgan yoki kutilayotgan oʻsish surʻatlari borasidagi taxminlardan kelib chiqiladi. 
Eng  oddiy  taxmin  investitsiya  butun  muddati  davomida  dividendlar 
miqdorining oʻzgarmay qolishi hisoblanadi, yaʻni: 
DIV

= DIV
1
 =...=DIV
n
= DIV= const. 
Shunda aksiya qiymatini baholash formulasi quyidagi koʻrinishga keladi: 
𝑉 = 𝐷𝐼𝑉 [∑
1
(1 + 𝑟)
𝑡

𝑡=1

n→∞ sababli kvadrat qavs ichidagi miqdor r ga intiladi va baholash modeli 
soddalashadi: 
𝑉 =
𝐷𝐼𝑉
𝑟
 


44 
 
Bu ifoda J.Gordonning nollik oʻsish modeli sifitadi maʻlum va bu modeldan 
qatʻiy  belgilangan  dividend  toʻlanuvchi  imtiyozli  aksiyalarni  baholash  uchun 
foydalanish mumkin. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Yillik 6 birlik dividend toʻlanadigan aksiyaning bozor bahosi 35 birlik. Agar 
investor uchun daromadlilik meʻyori 20 foiz boʻlsa, aksiya qiymatini aniqlang. 
𝑉 =
6
0,2
= 30 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘 
Bundan  koʻrinib  turibdiki,  aksiya  ortiqcha  baholangan  va  boshqa  shart-
sharoitlar teng boʻlganda uni sotib olishni rad etish kerak. 
Nollik  oʻsish  modelida  aksiya  daromadliligi  quyidagi  formula  boʻyicha 
aniqlanadi: 
𝑌 =
𝐷𝐼𝑉
𝑃
 
Yuqorida  keltirilgan  misol  boʻyicha  aksiya  daromadliligi  6/35=0,1714  ga 
teng  va koʻrinib turibdiki talab qilinadigan daromadlilik  meʻyori 20  foizdan past. 
Bunday sharoitda operatsiyaning samarasizligi haqidagi xulosa tasdiqlanadi. 
Aksiyalarni  baholash  boʻyicha  oddiy  va  keng  tarqalgan  yondashuvlardan 
yana  biri  doimiy  oʻsish  modeli  hisoblanadi.  Mazkur  model  asosida  aksiyalar 
boʻyicha dividend toʻlovlari proporsional tarzda qandaydir g miqdor (yaʻni bir xil 
oʻsish  surʻati)ga  oʻsishi  toʻgʻrisidagi  taxmin  (faraz)  yotadi.  Shunda  DIV
t
=  DIV
t-1
 
(1+g) yoki DIV
t
= DIV
0
 (1+g)
t

Bunday holatda aksiya qiymati quyidagicha aniqlanadi: 
𝑉 = ∑
𝐷𝐼𝑉
0
(1 + 𝑔)
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
= 𝐷𝐼𝑉
0
[∑
(1 + 𝑔)
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡

𝑡=1
]

𝑡=1
 
Koʻrish mumkinki, n→∞ sababli kvadrat qavs ichidagi ifoda r˃g boʻlganda 
(1 + g)/(r – g) miqdorga intiladi: 
Shunda doimiy oʻsish modeli quyidagi koʻrinishga keladi: 
𝑉 = 𝐷𝐼𝑉
0
[
1 + 𝑔
𝑟 − 𝑔
] =
𝐷𝐼𝑉
1
𝑟 − 𝑔
 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Yuqoridagi  misol  boʻyicha  dividendlarning  doimiy  oʻsishi  yillik  5  foiz 
boʻlishi kutilyapti. Boshqa shartlar oʻzgarmaganda aksiya qiymatini aniqlang. 
𝑉 = 6 × [
1 + 0,05
0,2 − 0,05
] = 42 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘 
Eslatib  oʻtish  kerakki,  nollik  oʻsish  modeli  doimiy  oʻsish  modelining    g=0 
boʻlgandagi alohida holati hisoblanadi.  
Doimiy  oʻsish  modelida  investitsiya  daromadliligi  quyidagi  formula  orqali 
aniqlanadi: 
𝑌 =
𝐷𝐼𝑉
0
(1 + 𝑔)
𝑃
+ 𝑔 =
𝐷𝐼𝑉
1
𝑃
+ 𝑔 
Agar oldingi misolda aksiyaning bozor bahosi 35 birlik boʻlsa, boshqa 
shartlar oʻzgarmagan holatda uning daromadliligi quyidagicha boʻladi: 


45 
 
𝑌 =
6 × (1 + 0,05)
35
+ 0,05 = 0,23 𝑦𝑜𝑘𝑖 23 𝑓𝑜𝑖𝑧 
Gordon  modeli  aksiyalarni baholashda  oddiy  yondashuv  boʻlsa  ham,  uning 
qoʻllanilishi  boʻyicha  qator  cheklovlar  mavjud.  Bunda  birinchi  cheklov  uzoq 
muddat  davomida  (mohiyatiga  koʻra  muddatsiz  ravishda)  dividendlarning  bir  xil 
surʻatda oʻsishi haqidagi faraz bilan bogʻliq. Korxonaning koʻrsatkichlari, xususan 
foyda  miqdorining  bir  xil  surʻatda  oʻsishi  aniq  emas  va  amaliyotda  koʻpchilik 
korxonalarda  bunday  farazlar  oʻz  isbotini  topmaydi.  Ikkinchi  cheklov  barqaror 
oʻsish  surʻatini  belgilashda  kuzatiladi.  Umumiy  holda  barqaror  oʻsish  surʻatlarini 
belgilashda  oʻrtacha  tarmoq  koʻrsatkichi  bilan  muvofiqlashtirish  yoki  farqli 
jihatlarni asoslash talab etiladi. 
Umuman Gordon modelini barqaror moliyaviy siyosatga va tarmoq boʻyicha 
oʻrtacha oʻsish surʻatlariga yaqin oʻsishga erishayotgan aksiyadorlik jamiyatlariga 
nisbatan qoʻllash maqsadga muvofiq. 
Dividendlarni diskontlashning eng  umumiy  va  reallikka  yaqin  modellaridan 
biri oʻzgaruvchan oʻsish modeli hisoblanadi. 
Bunday  modelni  amalga  oshirishning  mumkin  boʻlgan  yondashuvlarini 
quyidagi rasmda keltiramiz (17-rasm) 
 
17-rasm. Oʻzgaruvchan oʻsish modeli 
 
Yuqoridagi  rasmda  koʻrib  turganimizdek,  oʻzgaruvchan  oʻsish  modelini 
qoʻllash  investorga  korxona  rivojlanishining  mos  davri  uchun  mumkin  boʻlgan 
oʻsish surʻatlarini yoki uning qonuniy asoslangan oʻzgarishlarini aniqlash imkonini 
beradi.  Korporativ  moliyani  boshqarish  nazariyasi  va  amaliyotida  oʻzgaruvchan 
oʻsish  modelining  xususiy  holatlari  sifatida  ikki  yoki  uch  davrli  model  keng 
qoʻllaniladi. 


46 
 
Ikki  davrli  oʻsish  modelida  qandaydir  T  davrgacha  dividendlarning 
oʻzgarishi  aniq  bir  obʻektiv  qonuniyatlar  bilan  bogʻlanmagan.  Lekin  T  davr 
boshlangandan soʻng ular doimiy koeffitsient bilan oʻsadi.  
Shunda investor DIV

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish