Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Birja infratuzilmasi – birja savdolarining professional ishtirokchilari boʻlib, 
birja  faoliyatini  amalga  oshirishini  taʼminlovchi  tashkilotlardir.  Ularga 
quyidagilarni kiritish lozim: 

qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi; 

qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga oluvchi tashkilot; 

kliring (hisob palatalari); 

netting; 

axborot agentliklari. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi — depo hisobvaraqlari boʻyicha 
emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarni  saqlashning,  bunday  qimmatli  qogʻozlarga 
boʻlgan  huquqlarni  hisobga  olishning  va  emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlar 
harakatining yagona tizimini taʼminlovchi davlat depozitariysidir. 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida 
tashkil  etiladi  hamda  faoliyatini  xizmatlar  koʻrsatishdan  olingan  daromadlar  va 
boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi. 
Qimmatli  qogʻozlar  markaziy  depozitariysi  xizmatlari  uchun  tariflarning 
miqdorlari  Oʻzbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda 
qimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli  davlat  organi 
tomonidan  tasdiqlanadi.  Shu  borada  qimmatli  qogʻozlar  markaziy  depozitariy 
vazifalari toʻgʻrisida ham aytib oʻtish lozim.  


157 
 
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish; 
-hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash; 
-qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash; 
-qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish; 
-davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli 
qogʻozlarni  boshqarish  boʻyicha  davlat  vakolat  bergan  shaxslarning  qimmatli 
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish; 
-investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish; 
-qimmatli  qogʻozlardagi  hisob-kitoblarni  belgilangan  tartibda  amalga 
oshirish; 
-Oʻzbekiston  Respublikasining  norezidentlari  tomonidan  chiqarilgan, 
Oʻzbekiston  Respublikasi  hududida  muomalaga  kiritilgan  qimmatli  qogʻozlarni 
hisobga olish; 
-Oʻzbekiston 
Respublikasining  rezidentlari  tomonidan  chiqarilgan, 
Oʻzbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqarida  muomalaga  kiritilgan  qimmatli 
qogʻozlarni hisobga olish; 
-agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya 
fondlari  tomonidan  chiqarilgan  va  ularga  tegishli  qimmatli  qogʻozlarga  boʻlgan 
huquqlarni hisobga olish; 
-Deponentlarning yagona bazasini yuritish; 
-Oʻzbekiston 
Respublikasining 
rezidentlari 
tomonidan 
chiqarilgan 
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish; 
-depo  hisobvaraqlari  boʻyicha  emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlar  harakati 
toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish. 
Qimmatli  qogʻozlar  markaziy  depozitariy  huquqlariga:  qimmatli  qogʻozlar 
markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir 
vazifalarini  bajarayotganda  investitsiya  vositachilaridan  mazkur  reyestrlarni 
shakllantirish  uchun  zarur  maʼlumotlarni  soʻrash  va  olish  hamda  boshqa 
huquqlarni ham kiritish mumkin. 
Qimmatli  qogʻozlar  markaziy  depozitariysi  majburiyatlariga  quyidagilar 
kiradi: 

manfaatdor  shaxslarning  qimmatli  qogʻozlarni  Qimmatli  qogʻozlar 
markaziy  depozitariysida  saqlash  va  hisobga  olish  qoidalari  bilan  tanishib  chiqish 
imkoniyatini taʼminlashi; 

saqlash  uchun  qabul  qilib  olingan  hujjatli  qimmatli  qogʻozlarning  but 
saqlanishini taʼminlashi; 

oʻzining  har  bir  deponentiga  tegishli  qimmatli  qogʻozlar  sonining  va 
nominal qiymatining hisobini yuritishi; 

qimmatli  qogʻozlarga  majburiyatlar  yuklatilganligi,  shuningdek  ularning 
tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi; 

oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga 
oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi; 


158 
 

oʻz  deponentlarining  depo  hisobvaraqlari  boʻyicha  operatsiyalarni 
deponentlarning  yoki  ular  vakil  qilgan  shaxslarning  yozma  topshiriqlari  asosida 
amalga oshirishi; 

oʻz  deponentining  qimmatli  qogʻozlarga  boʻlgan  mulk  huquqi  va  boshqa 
ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda 
tasdiqlashi; 

depo  hisobvaraqlari  boʻyicha  qimmatli  qogʻozlarning  mavjudligi  va 
harakati, holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlashi;
 

oʻz  deponentining  depo  hisobvaragʻi  boʻyicha  operatsiyalarni  qimmatli 
qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli  davlat  organining, 
monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov 
organlarining  qarorlari  asosida  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  toʻxtatib 
turishi va boshqalar. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish