Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Market-meyker  –  fond  birja  tovarlari  narxlarining,  talab  va  taklifning 
darajasini saqlab turish uchun oʻz zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini 
olgan dilerdir. 
Broker  –  mijozning  topshirigʻiga  koʻra,  uning  hisobidan  birja  bitimlarini 
tuzuvchi birja aʼzosidir. 
Qimmatli  qogʻozlar  bozori  professional  ishtirokchisi  va  uning  mijozi 
munosabatlari  qonun  hujjatlari  hamda  shartnoma  bilan  tartibga  solinadi.Mijozlar 
hisobidan  bitimlar  tuzish  mijozlar  bilan  tuzilgan  shartnomalar  asosida  faqat 
investitsiya  vositachisi  va  investitsiya  aktivlarini  ishonchli  boshqaruvchi 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Fond birjasida savdolarni amalga oshirish, yuqorida aytib oʻtilgan fond birja, 
jumladan,  qimmatli  qogʻozlar  ishtirokchilarining  turli  faoliyati  bilan  bogʻliq 
boʻladi.  Fond  birja  savdolarida  asosan  broker,  diler,  market  meyker  bevosita 
qatnashadi.  Aytib  oʻtish  joizki,  fond  birjasida  emissiyaviy  qimmatli  qogʻozlarga 
doir  bitimlar  tuzilganda,  sotuvchi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetiga 
bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi. Bunda sotuvchining, shu 
jumladan  Oʻzbekiston  Respublikasi  norezidentining  tuzilgan  bitim  boʻyicha 
daromadlariga  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  soligʻi  va  jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi. 
Qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab 
turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar 
markaziy  depozitariysiga,  shuningdek  Oʻzbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy 
faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi. 
Oʻzbekiston  Respublikasi  “Qimmatli  qogʻozlar  bozori”  toʻgʻrisida 
Qonunning  21-moddasida  belgilanishicha,  qimmatli  qogʻozlar  savdosining 
tashkilotchilari sifatida quyidagilar belgilangan: 

fond birjasi; 


156 
 

fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi; 

qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi. 
Barcha  qimmatli  qogʻozlar  savdosining  tashkilotchilari  oʻz  faoliyatini 
amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari lozim. 
Tashkil  etilgan  tovar  savdolarida  qatnashishga  Oʻzbekiston  Respublikasi 
qonun  osti  hujjatlarida  belgilangan  ravishda  faoliyat  yuritayotgan  yuridik 
shaxslarga ruxsat beriladi. Bunda, savdoda qatnashayotgan  ishtirokchi  boshqa bir 
shaxs  manfaatini  koʻzlab,  uning  nomidan  harakat  qilsa,  brokeryoki  tegishli 
professional  litsenziyaga  ega  boʻlgan  qimmatli  qogʻozlar  bozori  qatnashchisi 
hamda  markaziy  kontragent  savdo  tashkilotchisining  savdoda  qatnashish 
roʻyxatiga  kiritilishi  mumkin.  Ushbu  roʻyxatga  savdo  qatnashchilarini  kiritish  va 
roʻyxatdan  chiqarish  tartibi  va  shartlari  savdo  tashkilotchisi  tomonidan  qatʼiy 
belgilanadi.  
Fond  birjasi  yopiq  birja  turiga  kiradi.  Bu  degani,  faqat  birja  aʼzolari  (yaʼni, 
professional  ishtirokchilar)  qimmatli  qogʻozlar  savdosini  amalga  oshirishi 
mumkin. Odatda, fond birja aʼzolari yuridik shaxslardir, lekin xalqaro amaliyotda 
fond  birja  aʼzolari  kategoriyasiga  ham  yuridik,  ham  jismoniy  shaxslar  kirishi 
mumkin.  Ayirim  mamlakatlarda,  masalan  AQSHda  jismoniy  shaxslarga,  boshqa 
davlatlarda,  misol  uchun,  Yaponiya,  Kanada  –  yuridik  shaxslarga  va  boshqa 
koʻpgina davlatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida farqlilik qilmaydi, fond 
birja aʼzosi boʻlish afzalligi beriladi. 
Fond  birjaning  barcha  ishtirokchilari  bir  xil  sharoit  va  vaziyatda  boʻladi, 
yaʼni har xil kategoriyaga ega boʻlgan ishtirokchilar boʻlishi mumkin emas, misol 
uchun, tovar birjalaridagi ishtirokchilar singari.  

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish