Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi –
investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini
beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni
buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan
foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini
amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan.
Diler – fond birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi birja
aʼzosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |