Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Fond birja savdolari mexanizmi. Birja auksioni turlari



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
12.3. Fond birja savdolari mexanizmi. Birja auksioni turlari 
Fond birja savdosi  mexanizmi birja  ustavida alohida belgilanadi. Fond birja 
ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga oshirish tartib qoidalari 
koʻrsatiladi.  Odatda,  savdo  mexanizmi  qoidalari  birja  tomonidan  mustaqil  yoki 
chetdan  mutaxassislar  yoki  ixtisoslashgan  tashkilotlarni  jalb  qilgan  holda  ishlab 
chiqilishi mumkin. 
Fond  birja  savdo  qoidalarini  ishlab  chiqishda  birja  xodimlaridan  ishchi 
guruxi  tuziladi  hamda  boshqa  ixtisoslashgan  tashkilotlar  mutaxassislarini 
shartnoma  asosida  jalb  qiladi.  Savdo  mexanizmi  qoidalarini  ishlab  chiqish 
jarayonidaqimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli  davlat 
organi  vakillari  ishtirok  etishi  talab  qilinadi.  Savdo  mexanizmi  qoidalarini  ishlab 
chiqishda  birjaning  yuridik  xizmati,  birja  savdolarini  oʻtkazishga  hamda  birja 
savdo tizimi dasturiy-texnik majmuasi qatnashadi. 
Fond  birjasi  savdo  mexanizmini  ishlab  chiqish  quyidagilarni  oʻz  ichiga 
oladi: 

savdo mexanizm qoidalari matnini ishlab chiqish; 

savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;  

savdo  mexanizmi  qoidalarining  birja  Kuzatuv  kengashi  tomonidan 
tasdiqlanishi;  

birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish; 

birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish.  
Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:  

birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari; 

birja  bitimlari  qatnashchilarining  tarkibi  va  ularga  nisbatan  qoʻyiladigan 
talablar yigʻindisi; 

birja  savdolarini  amalga  oshirish  va  ularning  natijalarini 
roʻyxatga olish tartibi; 

birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi; 

qimmatli qogʻozlarni kotirovka qilish tartibi; 

qimmatli  qogʻozlarni  birja  savdolariga  qoʻyishni  amalga  oshirish 
tartibi(listing); 

birja  bitimlari  ishtirokchilari  oʻrtasidagi  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 
tartibi; 

birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning taʼrifi; 


160 
 

savdo  maydonchalari  va  seksiyalarining  roʻyxati  va  nomlari,  agar  ular 
birja tomonidan tashkil etilgan boʻlsa; 

birja savdolarini oʻtkazish tartibi; 

birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi; 

birjada  narx-navoning  yuzaga  kelish  jarayoni  ustidan  nazorat  qilish 
tartibi; 

birjadagi nizolarni hal etish tartibi; 

birja  savdolari  qoidalarini  buzganligi  uchun  birja  aʼzolari  va 
xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.  
Ishlab  chiqilgan  fond  birjasi  savdo  mexanizmi  qoidalari  birja  aʼzolarining 
umumiyyigʻilishida  kelishilib,  birjaning  Kuzatuv  Kengashi  tomonidan 
tasdiqlangandan coʻngqabulqilinishi lozim. Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida 
qoidalar  kelishiladi  va  fond  birja  kuzatuv  kengashiga  tasdiqlash  uchun  kiritiladi. 
Agar fond birja savdo mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish 
yoki  Kuzatuv  kengashi  tomonidan  tasdiqlanish  jarayonida  qabul  qilinmasa, 
qoidalarga  tegishli  oʻzgartirish  va  qoʻshimchalar  kiritilganidan  soʻng  kelishish  va 
tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fond birja savdolarida  ishtirok etishga  ruxsat quyidagi talablar bajarilganda 
beriladi: 

qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi; 

emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish; 

qimmatli  qogʻozlar  emitenti  tomonidan  Oʻzbekiston  Respublikasi 
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining toʻliq bajarilishi. 
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va hujjatlariga binoan 
tashkil etishi  lozim. Savdoni oʻtkazish  vaqti savdo tashkilotchisi tomonidan erkin 
belgilanishi mumkin, lekin savdoni oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish 
vaqti  asosiy  savdo  sessiyasi  mobaynida  belgilanishi  kerak.  Savdolar  qoʻshimcha 
savdo  sessiyalarda  ham  oʻtkazilishi  mumkin,  kun  tartibidagi  savdolarga  kiritilgan 
qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga kiritilishi talab etiladi. 
Savdolar amalga oshishi  va bajarilishi  tartibi  tegishli talablar bajarilganidan 
keyin  savdoni  tashkil  etuvchi  tomonidan  belgilanadi.  Savdolarda  bitimlar  kelib 
tushgan  arizalar  asosida  kelishiladi.  Kliring  tashkiloti  tomonidan  amalga  oshgan 
bitimlar  natijalarini  aniqlashtirish  savdoni  tashkil  etuvchi  majburiyatlari  boʻyicha 
amalga oshadi. 
Savdoda  qatnashuvchi  nomi  yozilmagan  arizalar  boʻyicha  bitimlar  tuzish 
market meyker tomonidan qilinadi. 
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin. 
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:  
a) doimiy va sessiya shaklida;  
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaktsiz (elektron). 
Amalga oshish shakli boʻyicha:  
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);  
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar). 


161 
 
Tashkil  etish  shakli  boʻyicha  savdo  auksionlari  oddiy  va  murakkab 
auksionlarga boʻlinadi. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish