Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

koll  opsion (sotib olishga  huquq)lar bilan  savdolar  London  fond birjasida amalga 
oshirila boshlandi, lekin ushbu jarayonda maʼlum bir  muammolar ham yoʻq emas 
edi. Jumladan, 1821 yilda opsionlar savdosi bilan bogʻliq holat ancha qaltislashdi. 
Birja qoʻmitasi oʻzining bir qator aʼzolaridan put va koll opsionlarni butunlay man 
etish  boʻyicha  talabnomalarni  oldi,  ularning  fikricha,  birjadagi  shartnomalarning 
asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  bu  bitimlar  ushbu  amaliyot  bilan  rozi 
boʻlmaganlarning huquqlarini cheklab qoʻymoqda edi.  
Lekin  shu  bilan  birga  opsionlar  bilan  savdoga  ijobiy  munosabatda  boʻlgan 
aʼzolar  ham  yoʻq  emas  edi  va  albatta  bu  holatda  vaziyat  ularning  foydasiga  hal 
boʻlayotgan edi. 
Amerika  birjalarida  tovarlarga  va  aksiyalarga  opsionlar  bilan  savdo  XIX 
asrning  60-yillarida  amaliyotga  kirib  keldi,  XX  asrning  boshida  esa  Opsionlar 
boʻyicha Brokerlar va Dillerlar Assotsiatsiyasi (Putt and Call Brokers and Dealers 
Association) tashkil etildi. 
1848  yilda  Chikago  savdo  palatasi  (Chicago  Board  of  Trade  –  CBOT) 
tashkil  etildi  va  u  sotuvchi  hamda  xaridorlar  oʻzaro  tovar  ayirboshlash 
operatsiyalarini  oʻtkazishlari  mumkin  boʻlgan  joyga  aylandi.  Dastlabki  savdolar 
naqd  tovarlar  bilan  amalga  oshirilgan  boʻlsa,  soʻngra  esa  savdolar  tovarlarni 
kelishilangan  narxlarda  kelajakdagi  maʼlum  bir  sanada  yetkazib  berish  boʻyicha 
ham  amalga  oshirila  boshlandi.  Chikago  savdo  palatasida  roʻyxatga  olingan 
birinchi forvard shartnomasi 1851 yil 13 martda qayd etilgan boʻlib, u 300 bushel 
(oʻlchov birligi, 1 bushel=35,2l) makkajoʻxorini yetkazib berishga tuzilgan. 
                                                
13
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 17 с.  


59 
 
Uzoq  muddat  davomida  turli  davlatlar  fyucherslar  va  opsionlar  bilan  savdo 
qilishni  cheklab  va  man  etib  kelganiga  qaramay  1972  yili  Chikago  tovar  birjasi 
(Chicago  Mercantile  Exchange  -  CME)da  Halqaro  valyuta  bozori  (International 
Monetary  Market  -  IMM)  deb  ataluvchi  yangi  boʻlinma  tashkil  etildi,  bu  esa  ilk 
marotaba  tashkil  etilgan  moliyaviy  fyuchers  shartnomalari  -  valyuta  fyucherslari 
bilan  savdo  qiluvchi  maxsus  birja  maydonchasi  hisoblandi.  Bu  paytgacha 
fyucherslarning baʼzaviy aktivi sifatida  faqat tovarlardan  foydalanib kelingan edi. 
Shu bilan birgalikda  shu  yili Chikago savdo palatasi aksiyalar boʻyicha  fyuchers 
savdolari amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga rad javobini oldi. Bunga javoban 
u 1973 yilda Chikago opsion birjasini (Chicago Board Options Exchange – CBOE) 
tashkil  etdi.  Shu  bilan  birgalikda  aynan  shu  yili  Fisher  Blek  va  Mayron  Shoulz 
oʻzlarining opsionlar narxini aniqlash formulasini eʼlon qilishdi.  
70-yillarning  oxiriga  kelib  esa  moliyaviy  fyucherslar  ommaviy  tarzda  tan 
olindi  va  ular  bilan  savdolar  dunyodagi  barcha  birjalarda  amalga  oshirila 
boshlandi. 
Maʼlumki,  birjada  savdolar  ochiq  savdolar  orqali  amalga  oshiriladi.  Lekin 
hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha shartnomalar birjadan tashqari holatda ham 
amalga oshirilishi mumkin. Garchi birjadan tashqari forvard va opsion bitimlaridan 
70-yillargacha  foydalanib  kelingan  boʻlsada,  faqat  80-yillarga  kelib  bunday 
savdolar sezilarli darajada ortdi. Aynan mana shu davrda ilk marotaba svoplarning 
oʻrni  yaqqol  koʻrindi.  Dastlabki  svoplar  ichida  shundaylari  uchrar  ediki,  ularda 
majburiyatlar  boʻyicha  foiz  toʻlovlarining  almashinuvi,  yaʼni  bir  tomon  oʻzining 
qatʼiy  foiz  stavkasini  ikkinchi  tomonning  suzuvchi  foiz  stavkasiga  almashtirar 
edi
14
.  Shu  davrdan  boshlab  sotuvchi  va  sotib  oluvchilar  tomonidan  moliyaviy 
richag samarasidan  intensiv  foydalanila boshlanganligi sababli  hosilaviy qimmatli 
qogʻozlar  riskni  xedjirlash  vositasidan  yuqori  daromad  keltiruvchi  instrumentga 
aylana boshladi. 
XX  asrning  boshlarida  bozor  rivojlanishiga  sabab  boʻluvchi  muhim  voqea 
yuz  berdi,  yaʼni  1920  yilda  muddatli  birja  savdolaridagi  asosiy  element 
hisoblanuvchi kliring palata tashkil etildi.   
XX asrning oxiri 90-yillar va XXI asrning boshlarida muddatli savdolarning 
rivojlanishidagi  asosiy  tendensiyalardan  biri  bu  birjalarning  xalqaro  miqyosda 
birlashuvi  boʻldi.  Jumladan,  1997  yili  Germaniya  va  Shveysariya  birjalari 
birlashtirilib,  Eurex  ittifoqi  tashkil  etildi.  2000  yil  Parij,  Amsterdam  va  Bryussel 
(keyinroq ittifoqqa Lissabon birjasi ham qoʻshildi) birjalari birlashtirilib, Euronext 
yagona yevropa birjasi tashkil etildi,  soʻngra, yaʼni 2008 yil ushbu birja Nyu-York 
fond  birjasi  bilan  birlashdi.  Shimoliy  Amerikaning  yirik  muddatli  birja  bozori 
CME Group 2007 yil Chikago tovar birjasi (Chicago Mercantile Exchange – CME) 
va  Chikago  savdo  palatasining  (Chicago  Board  of  Trade  –  CBOT)  oʻzaro 
birlashuvi  natijasida  paydo  boʻldi.  Hozirgi  paytda  bu  ittifoqqa  yuqorida  qayd 
etilganlardan  tashqari  Nyu-York  tovar  birjalari  NYMEX  (New  York  Mercantile 
Exchange) va COMEX (Commodity Exchange of  New York) ham qoʻshilgan. 
                                                
14
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 19 с. 


60 
 
Hozirgi  kunga  kelib  hosilaviy  qimmatli  qogʻozlar  bozori  fond  bozorining 
alohida  segmenti  sifatida  rivojlanib  kelmoqda,  ayniqsa  ushbu  moliyaviy 
instrumentlar  aylanmasini  birjadan  tashqariga  chiqishi  sababli  ular  cheklanmagan 
miqdorda  muomalada  boʻlish  va  turli  bazis  aktivlar  boʻyicha,  jumladan  fond 
indekslari  va  boshqa  hisob  koʻrsatkichlari  boʻyicha  ham  muomalaga  kiritilish 
imkoniyatiga  ega  boʻldi.  Soʻnggi  paytlarda    hosilaviy  qimmatli  qogʻozlar  bozori 
boshqa  moliyaviy  instrumentlarga  qaraganda  yuqori  surʼatlarda  oʻsishda  davom 
etmoqda  va  bu  esa  birjalardagi  asosiy  volatillik  (oʻzgaruvchanlik)ni    hosil 
qilmoqda.  
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish