Forvard shartnomalari bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga koʻra bir
tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kelajakda amalga oshirishga
kelishilgan maʼlum bir muddatda va oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish
imkoniyatiga ega boʻladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga
oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur
emas.
Fyuchers shartnomalari forvard shartnomalariga oʻxshash kelishuvdir.
Fyucherslarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu instrument
standartlashtirilgan boʻlib, u faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida
nomoyon boʻladi. Amaliyotda fyuchers shartnomalarini sotib olish va sotish orqali
risklarni xedjirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |