Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

XV bob. KRIPTOVALYUTALAR BOZORI 
 
 


186 
 
XVI bob. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH 
 
16.1. Moliya bozorini tartibga solishning zarurligi va nazariy jihatlari  
Moliya va uning alohida segmentlari hisoblangan qimmatli qogʻozlar bozori, 
valyuta  bozori,  hosilaviy  qimmatli  qogʻozlar  bozori  boʻyicha  yangiliklar,  mish-
mishlar,  dunyo  miyosida  yoki  alohida  mamlakatdagi  siyosiy  yoki  iqtisodiy 
holatlarning  oʻzgarishi,  fors-major  holatlari  (katastrofalar,  avariyalar,  ob-havo 
bilan bogʻliq holatlar) moliyaviy intrumentlar bahosida ham oʻz aksini koʻrsatadi. 
Oʻz  navbatida  bu  jihatlar  bozor  ishtirokchilari,  investorlar,  emitentlar  moliyaviy 
holatiga  bevosita  taʼsir  qiladi.  Baholardagi  bunday  keskin  reaksiya 
yuqoridagilardan  tashqari  qonunchilikka  zid  xatti-harakatlar,  turli  koʻrinishdagi 
moliyaviy firibgarliklar uchun asos hisoblanadi.  
Moliya  bozoridagi  holat  nafaqat  alohida  kompaniya  va  investorlar,  balki 
yaxlit  iqtisodiyot,  davlatlar,  mintaqalar,  butun  jahondagi  holatga  bogʻliq.  Moliya 
bozorlarini  qonunchilikka  zid  xatti-harakatlar  va  firibgarliklardan  himoya  qilish 
masalasi  jahon  hamjamiyati  uchun  nihotyada  muhim  hisoblanadi.  Aynan  shuning 
uchun  moliya  bozori  rivojlangan  barcha  davlatlarda  birinchi  navbatda  davlat 
tomonidan tartibga solishni ham oʻz ichiga olgan tartibga solish tizimi shakllangan. 
Moliya  bozorini  tartibga  solishning  eng  qatʼiy  tizimlaridan  biri  AQSHda 
qoʻllaniladi.  Mamlakatda  moliya  bozorida  faoliyatning  barcha  jihatlari  barcha 
detallari bilan qonunchilik asosida tartibga solingan  va  unga amal qilish boʻyicha 
qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. 
Moliya  bozorini  tartibga  solish  –  moliya  bozori  barcha  ishtirokchilari 
(banklar, moliyaviy vositachilar, emitentlar, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozori 
professional  ishtirokchilari  va  boshqalar)  faoliyatini  tartibga  solishdir.  Unda 
moliya  institutlari  faoliyati  turli  davlat  organlari  tomonidan  tartibga  solinishi 
mavjudligi  holatlarida  oʻzaro  muvofiqlashtirilgan  holda  tartibga  solish  amaliyoti 
qoʻllaniladi.  Moliya  bozorini  tartibga  solishda  ichki  va  tashqi  mexanizmlardan 
keng foydalaniladi. 
Ichki  tartibga  solish  ichki  meʼyoriy  hujjatlar  (ustav,  faoliyatni  amalga 
oshirish qoidalari, faoliyatga doir standantlar, etika qoidalari va boshqalar) asosida 
moliya bozori ishtirokchilari faoliyati tashkil etilishini nazarda tutadi. 
Moliya  bozorini  tartibga  solishning  tashqi  mexanizmlari  sifatida  
megaregulyator  va  makroregulyator  keng  qoʻllaniladi.  Moliya  bozorini 
megaregulyator  orqali  tartibga  solish  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  belgilangan 
talablar, prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Makroregulyator esa bevosita davlat 
tomonidan  tartibga  solishni  nazarda  tutadi  va  odatda  qimmatli  qogʻozlar  bozorini 
tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli  davlat  organi  belgilanadi.  Jamoatchilik 
tashkilotlari orqali moliya bozorini tartibga solish amaliyoti ham jahon amaliyotida 
tashqi mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi. 
Moliya bozorlarini tartibga solishning bosh maqsadi bozorning shaffofligi va 
samaradorligini  taʼminlash  uchun  ishtirokchilar  huquqlarini  himoya  qilishdir. 
Bunda  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadigan  vazifalar  quyidagilardan 
iborat: 


187 
 
-  moliya  bozori  va  uning  barcha  ishtirokchilari  samarali  ishlashi  uchun 
sharoit yaratish; 
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish; 
-  moliya  bozorining  barcha  ishtirokchilarini  alohida  shaxslarning 
firibgarliklaridan,  jinoyatlaridan,  umumiy  holda  noqonuniy  xatti-harakatlaridan 
himoya qilish; 
-  moliya  bozorining barcha segmentlarida moliyaviy  instrumentlar  boʻyicha 
baholar shakllanishini erkin talab va taklif asosida tashkil etish; 
-  pul  mablagʻlarini  qayta  taqsimlash  mexanizmi  sifatida  moliya  bozori  va 
uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish; 
-  moliya  bozori  ishtirokchilari  zimmasidagi  majburiyatlar  (masalan, 
axborotlarni  oshkor  qilish  boʻyicha)ning  bajarilishi  boʻyicha  nazoratni  amalga 
oshirish qilish va boshqalar. 
Moliya  bozorining  regulyativ  infratuzilmasi  moliya  bozorining  normal 
ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va oʻzini oʻzi 
tartibga soladigan tashkilotlar); 
-  tartibga  soluvchi  funksiyalar  va  jarayonlar  (registratsiya,  litsensiya, 
attestatsiya, nazorat); 
-  huquqiy  infratuzilma  (moliya  bozori  ishlashi  uchun  meʼyoriy-huquqiy 
baza); 
- moliya bozoridagi kasbiy etika; 
- amaliy odatlar va anʼanalar. 
Moliya  bozorini  tartibga  solish  davlat  va  oʻzini  oʻzi  tartibga  solishga 
boʻlinadi.  Oʻz  navbatida  qimmatli  qogʻozlar  bozorini  davlat  tomonidan  tartibga 
solish  toʻgʻridan-toʻgʻri  (maʼmuriy)  va  bilvosita  (iqtisodiy)  tartibga  solishga 
ajratiladi. 
Davlat  tomonidan  toʻgʻridan-toʻgʻri  (maʼmuriy)  tartibga  solish  moliya 
bozori  ishtirokchilariga  nisbatan  majburiy  talablarni  belgilash,  faoliyat  turlarini 
litsenziyalash  (bank  faoliyati,  qimmatli  qogʻozlar  bozorida  professional  faoliyat, 
sugʻurta  faoliyati,  investitsiya  fondlari  faoliyati  va  boshqalar),  qimmatli 
qogʻozlarni  davlat  roʻyxatidan  oʻtkazish,  oshkoralik  va  bozor  ishtirokchilarining 
oʻzaro  teng  holatda  xabardorligini  taʼminlash  va  hokozolar  orqali  amalga 
oshiriladi. 
Moliya  bozorini  bilvosita  (iqtisodiy)  tartibga  solish  esa  byudjet-soliq 
siyosati,  pul-kredit  siyosati,  xususiylashtirish  (davlat  mulkini  boshqarish)  siyosati 
kabilar vositasida amalga oshiriladi.  
Umumiy  holda  moliya  bozorini  tartibga  solishda  davlat  quyidagi 
funsiyalarni bajaradi (16.1-jadval). 
16.1-jadval 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish