Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

AKSIYADORLAR 
Investitsiya fondi 
----------------------------------------------------- 
Direktorlar kengashi 
Fond faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa 
xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalarni maʼqullaydi 
Investitsiya 
maslahatchisi 
Fond ustavida 
belgilangan 
maqsad va 
siyosatga 
muvofiq, fond 
portfelini 
boshqaradi 
Asosiy 
anderrayter 
Fond 
aksiyalarini 
toʻgʻridan-
toʻgʻri yoki  
boshqa firmalar 
(broker-dilerlar) 
orqali sotadi 
 
Administrator 
Fondga xizmat 
koʻrsatayotgan 
boshqa 
kompaniyalar 
ustidan kuzatib 
boradi va federal 
talablar 
bajarilishini 
kafolatlaydi. 
 
Transfer agent 
Aksiyador 
oʻtkazmalarini 
bajaradi, boshqa 
faoliyatlar hisobini 
yuritadi va 
aksiyadorga 
hisobraqamdan 
koʻchirma va 
hujjatlarni taqdim 
etadi 
Kastodian Fond 
aktivlarini 
aksiyadorlar 
huquqlarini 
himoya qilish 
maqsadida 
alohida saqlaydi, 
fond aktivlarini 
tartibga soladi 
Mustaqil 
auditor 
Fond moliyaviy 
hisobotlarini 
tasdiqlaydi 


176 
 
Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni taʼsis etish yoki boshqa investitsiya 
fondini  qayta  tashkil  etish  yoʻli  bilan  tashkil  etiladi.  Investitsiya  fondini 
investitsiya  fondi  boʻlmagan  boshqa  yuridik  shaxsni  qayta  tashkil  etish  orqali 
tashkil  etishga  yoʻl  qoʻyilmaydi.  Investitsiya  fondi  tijorat  tashkiloti  boʻlib,  u 
oʻzining  alohida  hisobga  olinadigan  mol-mulkiga,  shu  jumladan  ustav  kapitaliga 
berilgan  mol-mulkka  ega  boʻladi.Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  investitsiya 
fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin. 
Investitsiya  fondini  davlat  roʻyxatidan  oʻtkazish  Oʻzbekiston  Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya  fondini  tashkil  etishda  uning  aksiyalari  qiymatini  toʻlash  pul 
mablagʻlari,  qimmatli  qogʻozlar,  ulushlar,  shuningdek  koʻchmas  mulk  va  boshqa 
mol-mulk,  mulkiy  huquqlar  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunda  uning  ustav 
kapitalining  kamida  75  foizi  pul  shaklida  toʻlanishi  kerak.Investitsiya  fondining 
aksiyalarini joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlarning  umumiy  yigʻilishi  va  kuzatuv  kengashi,  shuningdek 
vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan ijroiya organi investitsiya 
fondining boshqaruv organlaridir. 
Investitsiya fondi: 
- faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga; 
-  korporativ  obligatsiyalar  va  infratuzilma  obligatsiyalari,  shuningdek 
imtiyozli aksiyalar chiqarishga; 
-  investitsiya  fondi  sof  aktivlarining  10  foizidan  ortigʻini  bir  emitentning 
qimmatli  qogʻozlariga  yoki  masʼuliyati  cheklangan  jamiyatning  ulushiga 
investitsiya qilishga; 
- toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi 
imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib 
ketgan  taqdirda,  kredit  va  (yoki)  qarz  mablagʻlarini  jalb  etishga  (bunda  kredit  va 
(yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak); 
- kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga; 
-  tashkiliy-huquqiy  shakli  oʻz  ishtirokchilarining  qoʻshimcha  javobgarligini 
nazarda  tutadigan  xoʻjalik  jamiyatlarining  qimmatli  qogʻozlariga  va  ulushlariga 
investitsiyalarni amalga oshirishga; 
-  ishonchli  boshqaruvchi,  auditorlik  tashkilotlari  tomonidan  chiqarilgan 
qimmatli  qogʻozlarga  investitsiyalarni  amalga  oshirishga,  shuningdek  ularning 
ustav kapitalidagi ulushlarini olishga; 
-  boshqa  investitsiya  fondlarining  aksiyalarini  olishga  va  ularga  ega 
boʻlishga; 
-  investitsiya  faoliyati  bilan  bogʻliq  boʻlmagan  bitimlar  tuzishga,  opsionlar 
yoki fyucherslar olishga; 
-  umumiy summasi  fond sof aktivlarining  10  foizidan ortiq  investitsiyalarni 
amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas. 
Investitsiya  fondi  investitsiya  fondi  sifatida  oʻz  faoliyatini  tugatmasdan 
yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. 


177 
 
Ishonchli  boshqaruvchi  boʻlmagan  taqdirda,  investitsiya  fondining  kuzatuv 
kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud investitsiya fondini 
tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart. 
Investitsiya  fondlari  tomonidan  chiqarilgan  va  ularga  tegishli  qimmatli 
qogʻozlarga  boʻlgan  huquqlarni  hisobga  olish,  shuningdek  ularni  saqlash,  agar 
qonun  hujjatlarida  boshqacha  qoida  belgilanmagan  boʻlsa,  Qimmatli  qogʻozlar 
markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi 
va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqarish bilan bogʻliq faoliyat 
boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi. 
Investitsiya  fondining  buxgalteriya  hisobini  yuritish  hamda  moliya,  soliq 
hisobotlarini  va  boshqa  hisobotlarni  tuzish  ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Ishonchli  boshqaruvchi  fond  investitsiya  aktivlarining  alohida  hisobini 
yuritadi,  ularning  yaxlitligini  va  but  saqlanishini  taʼminlaydi,  shuningdek 
investitsiya  fondining  moliya,  soliq  hisobotlari  hamda  boshqa  hisobotlarining 
toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi. 
2018  yil  15  fevral  holatiga  mamlakatimizda  9  ta  investitsiya  fondi  faoliyat 
koʻrsatmoqda.  Ular  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  aksiyalar  emissiya  hajmi 
2,32 milliard soʻmni tashkil etadi (-rasm) 
 
-rasm.  Mamlakatimizda  moliya  institutlari  tomonidan  chiqarilgan 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish