Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 
 


173 
 
 
 
XIV bob. INVЕSTITSIYA VA PAY FONDLARI 
 
14.1.  Investitsiya  fondlarining  iqtisodiy  mohiyati,  paydo  boʻlishi  va 
ahamiyatli jihatlari  
Bugungi  kunda  investitsiya  va  pay  fondlari  moliya  bozorining  muhim 
ishtirokchilari  qatorida  tilga  olinadi.  Investitsiya  fondlari  rivojlangan  davlatlar 
moliya  bozorlarida  ham  keng  miqyosda  faoliyat  koʻrsatib  kelmoqda.  Shundan 
kelib chiqqan holda quyida mazkur masala xususida toʻxtalib oʻtamiz. 
Investitsiya  fondlari  koʻplab  investorlar  tomonidan  tanlangan  investitsion 
vositachilar  hisoblanadi.  Bunda  “Investitsiya  fondlari  moliyaviy  vositachilar 
sifatida  individual  investorlarga  aksiyalarni  sotish  orqali  fond  shakllantiradilar  va 
fond mablagʻlarini aksiya va obligatsiyalar bilan diversifikatsiyalangan investitsiya 
portfelini sotib olishga yoʻnaltiradilar”
91

Investitsiya  fondlari  faoliyati  oʻz  aksiyalarini  joylashtirish  orqali  jalb 
qilingan  kapitalni  boshqa  moliyaviy  aktivlarga,  xususan  qimmatli  qogʻozlarga 
kiritish  orqali  daromad  olish  hamda  olingan  daromadni  aksiyadorlar  oʻrtasida 
taqsimlash  asosida  tashkil  etiladi.  Bunda  daromad  olish  deganda  kurs  oshganda 
qimmatli  qogʻozlarni  (xorijiy  valyutalarni)  qayta  sotish,  olinadigan  foiz  yoki 
dividend koʻrinishilagi tushumlar nazarda tutiladi.  
Investitsiya  fondlari  aksiyalar  muomalaga  chiqarishidan  ham  koʻrinib 
turibdiki,  milliy  va  xalqaro  amaliyotda  ular  aksiyadorlik  jamiyatlari  shaklida 
tashkil etiladi.   
“Investitsiya  fondlarining  paydo  boʻlishi  1800-yillar  oʻrtalarida  Angliya  va 
Shotlandiyaga toʻgʻri keladi. Investitsion kompaniyalar cheklangan resurslarga ega 
investorlarning  pul  mablagʻlarini  birlashtirish  hisobiga  tashkil  etilgan  boʻlib,  oʻz 
navbatida  yigʻilgan  pullar  turli  qimmatli  qogʻozlarga  yoʻnaltirilgan.  Amerika 
qoʻshma  shtatlari  iqtisodiy  oʻsishi  uchun  Amerika  temir  yoʻl  kompaniyalari 
obligatsiyalariga  kapital  kiritila  boshlangach,  bunday  investitsion  kompaniyalar 
nihoyatda  ommalashadi.  1824  yilda  Bostonda  birinchi  investitsiya  fondi  asosiy 
sohalarga  investitsiyalar kiritish  uchun  mablagʻlar  jalb qilish  maqsadida aksiyalar 
muomalaga chiqargan”
92

Birinchi investitsiya fondi faoliyat  muvaffaqiyatli kechgach, bunday fondlar 
koʻplab  tashkil  etila  boshlandi.  1929-1933  yildagi  jahon  iqtisodiy  inqirozi 
investitsiya  fondlari  rivojlanishiga  salbiy  taʼsir  koʻrsatdi.  Xususan,  “1929  yildagi 
fond  bozorining  qulashi  investitsiya  fondlari  rivojlanishini  bir  necha  oʻn  yillar 
davomida  toʻxtatib  qoʻydi,  chunki  mayda  investorlarning  aksiyalarga 
investitsiyalar  va  qisman  investitsiya  fondlariga  ham  ishonchini  pasaytirdi.  1940 
yilda  AQSHda  toʻlovlar  va  investitsiya  siyosati  bilan  bogʻliq  munosabatlarni 
oshkor  qilish  siyosatiga  doir  koʻplab  talablarni  oʻz  ichiga  olgan  “Investitsiya 
                                                
91
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 30.
 
92
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 490. 


174 
 
kompaniyalari  toʻgʻrisida”gi  Qonun  qabul  qilindi.  Natijada  investitsiya  fondlari 
faoliyatida barqaror oʻsish va sanoatni qoʻllab-quvvatlash qaytadan boshlandi”
93

Investitsiya  fondlariga  investorlar  jalb  qilinishidagi  asosiy  jihat  investitsion 
faoliyatni markazlashgan tartibda diversifikatsiyalashdir. Bunda kapital egalarining 
investitsiya  fondlari  bilan  hamkorlikda  ishlashiga  yetakchi  tarmoq  va  sohalardagi 
aksiyadorlik  kompaniyalari  aksiyalarini  mayda  investorlarning  sotib  ololmasligi, 
investitsiya  fondlari  tomonidan  risklarni  hisobga  olishga  alohida  eʼtibor  qaratishi 
ham sabab boʻladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya fondlari faoliyati 
fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha  hech qanday  tajribaga ega 
boʻlmagan  kapital  egalari  uchun  ham  ahamiyatga  ega.  Chunki  ularning  risklarni 
toʻgʻri baholay olmasligi natijasida moliyaviy yoʻqotishlar yuzaga kelishi mumkin.  
Umumiy  holda  investitsiya  fondlari  afzalliklari  sifatida  quyidagilarni 
keltirish mumkin (14.1-rasm): 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish