Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


aksiyalar emissiya hajmi, mlrd soʻmda



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

aksiyalar emissiya hajmi, mlrd soʻmda 
 
Yuqoridagi  rasmdan  koʻrinib  turibdiki,  moliya  institutlari  ichida  aynan 
investitsiya fondlari ulushni nihoyatda past. 
 
14.3. Pay fondlari faoliyat mexanizmi 
Investitsiya  faoliyatini  amalga  oshirish  maqsadida  ikki  va  undan  ortiq 
shaxslarning — investorlarning oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablagʻlari 
yigʻindisi pay fondidir. Pay fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin: 
0,00
2 000,00
4 000,00
6 000,00
8 000,00
10 000,00
12 000,00
Banklar
Birjalar
Investitsiya
fondlari
Lizing
kompaniyalari
Sug‘urta 
kompaniyalari 
11 704,63 
64,76 
2,32 
140,24 
130,08 


178 
 
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan pay 
fondi; 
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan 
pay fondi.  
Pay fondining turi pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasida 
koʻrsatiladi. 
Pay fondi yuridik shaxs boʻlmaydi. 
Oʻz  egalarining  pay  fondidagi  ulushini  tasdiqlovchi  hujjatsiz  qimmatli 
qogʻoz  investitsiya  payidir.  Investitsiya  payiga  boʻlgan  huquqlar  Qimmatli 
qogʻozlar  markaziy  depozitariysi  tomonidan  investitsiya  paylari  egasining  depo 
hisobvaragʻidan beriladigan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. 
Pay  fondini  tashkil  etish  toʻgʻrisidagi  qaror  ishonchli  boshqaruvchi 
tomonidan  qabul  qilinadi.  Investor  ishonchli  boshqaruvchi  bilan  tuziladigan, 
investorlarning pul mablagʻlarini umumiy ulushli mulk huquqi asosida pay fondiga 
birlashtirish  nazarda  tutiladigan  shartnoma  asosida  pay  fondiga  pul  mablagʻlarini 
kiritadi.  Ishonchli  boshqaruvchi  oʻzining  alohida  bank  hisobvaragʻiga  investorlar 
pul  mablagʻlarini  kiritganidan  keyin  ikki  ish  kuni  ichida  ularga  investitsiya 
paylarini  beradi.  Investitsiya  paylarini  joylashtirish  barcha  investorlar  uchun 
yagona narx boʻyicha amalga oshiriladi. 
Pay  fondining  pul  mablagʻlari  investitsiya  deklaratsiyasiga  binoan 
investitsiya  qilinadi.Pay  fondini  ishonchli  boshqarish  jarayonida  olingan 
daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi.  
Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va tegishli axborot 
qimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli  davlat  organining 
hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida eʼlon 
qilingan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Pay fondlarining yagona 
reyestrini  yuritish  qimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli 
davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Pay  fondining  hisobi  pay  fondi  Pay  fondlarining  yagona  reyestriga 
kiritilganidan  keyin  investitsiya  paylarini  hisobga  qoʻyish  orqali  Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya paylari pay fondini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan 
paytdan eʼtiboran bir hafta ichida hisobga qoʻyilishi kerak. 
Investitsiya  paylarini  hisobga  qoʻyish  chogʻida  investorlarga  Qimmatli 
qogʻozlar  markaziy  depozitariysida  depo  hisobvaraqlari  ochiladi,  bu 
hisobvaraqlarda  investorlarga  tegishli  investitsiya  paylariga  boʻlgan  huquqlarning 
hisobi yuritiladi.  
Ishonchli  boshqaruvchi  pay  fondi  Qimmatli  qogʻozlar  markaziy 
depozitariysida  hisobga  qoʻyilganidan  keyin  investorlarning  pul  mablagʻlarini 
tasarruf  etishga  haqli.  Pay  fondining  pul  mablagʻlari  ishonchli  boshqaruvchining 
rahbari  va  Qimmatli  qogʻozlar  markaziy  depozitariysining  vakolatli  mansabdor 
shaxsi tomonidan imzolanadigan toʻlov hujjati asosida sarflanadi.  


179 
 
Pul  mablagʻlaridan  hamda  boshqa  investitsiya  aktivlaridan  foydalanishning 
maqsadi  va  yoʻnalishlari  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  shartlariga,  shu 
jumladan investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq boʻlishi kerak. 
Investitsiya aktivlari boʻyicha olingan daromadlar pay fondining investitsiya 
paylari egalari oʻrtasida yilda bir marta taqsimlanadi yoxud investitsiya paylarining 
barcha  egalari  roziligiga  koʻra  qayta  investitsiya  qilinadi.  Pay  fondining 
investitsiya  paylari  egalariga  daromadlarni  toʻlash  ishonchli  boshqaruvchi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan  pay  fondi  nomidan  va  ushbu  fond 
mablagʻlari  hisobidan  tuziladigan  shartnomalar  Qimmatli  qogʻozlar  markaziy 
depozitariysida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. 
Pay fondining pul mablagʻlari: 
-  fond  investitsiya  aktivlarining  10  foizidan  ortiq  miqdorda  bir  emitentning 
qimmatli  qogʻozlariga  yoki  masʼuliyati  cheklangan  jamiyatning  ulushlariga 
investitsiya qilinishi; 
-  tashkiliy-huquqiy  shakli  oʻz  ishtirokchilarining  qoʻshimcha  javobgarligini 
nazarda  tutadigan  xoʻjalik  jamiyatlarining  qimmatli  qogʻozlariga  va  ulushlariga 
investitsiya qilinishi; 
-  ishonchli  boshqaruvchi,  auditorlik  tashkilotlari  tomonidan  chiqarilgan 
qimmatli  qogʻozlarga,  shuningdek  ularning  ustav  kapitalidagi  ulushlarini  olishga 
investitsiya qilinishi; 
-  investitsiya  faoliyati  bilan  bogʻliq  boʻlmagan  yoʻnalishlar  boʻyicha 
foydalanilishi; 
-  fond  investitsiya  aktivlari  umumiy  summasining  10  foizidan  ortiq 
miqdorda  investitsiya  qilinishi  (bundan  qimmatli  qogʻozlarga  qoʻyish  mustasno) 
mumkin emas. 
Investitsiya  payining  muomalasi  uning  fond  birjasidagi  oldi-sotdisi  va 
investitsiya  payining  egasi  almashishiga  olib  keladigan  boshqa  harakatlarni 
bajarish orqali amalga oshiriladi. 
Ishonchli  boshqarish  shartnomasida  pay  fondining  investitsiya  paylarini 
ularning  egasi  talabiga  koʻra,  ayni  bir  ishonchli  boshqaruvchining  ishonchli 
boshqaruvida  boʻlgan  boshqa  pay  fondining  investitsiya  paylariga  almashtirish 
imkoniyati  nazarda  tutilishi  mumkin.  Bunda  bir  pay  fondining  investitsiya 
paylarini  boshqa  pay  fondining  investitsiya  paylariga  almashtirish  almashtirilishi 
lozim 
boʻlgan 
investitsiya 
paylarini 
muomaladan 
chiqarish 
sanasi 
almashtirilayotgan  investitsiya  paylarini  berish  sanasiga  mos  kelgan  taqdirdagina 
amalga oshirilishi mumkin. 
Pay fondini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
- ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda; 
-  barcha  investitsiya  paylarini  muomaladan  chiqarish  uchun  buyurtmalar 
kelib tushganda; 
-  ishonchli  boshqaruvchining  litsenziyasi  bekor  qilinganda,  agar  uning  pay 
fondini  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  boʻyicha  huquq  va  majburiyatlari 


180 
 
litsenziya  bekor  qilingan  kundan  eʼtiboran  uch  oy  ichida  boshqa  ishonchli 
boshqaruvchiga berilmagan boʻlsa; 
-  pay  fondi  hujjatlarida  koʻrsatilgan  pay  fondini  tashkil  etish  va  uning 
faoliyatini amalga oshirish maqsadiga erishilganda; 
- investitsiya paylari egalarining pay fondini tugatish toʻgʻrisida bir ovozdan 
qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda. 
Pay  fondining  investitsiya  aktivlari  ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan  fond 
birjasida  (qimmatli  qogʻozlar  uchun)  va  kimoshdi  savdosida  realizatsiya  qilinishi 
lozim.  Pay  fondining  investitsiya  aktivlarini  realizatsiya  qilishdan  tushgan 
mablagʻlar  pay  fondining  investitsiya  paylari  egalariga  oʻzlariga  tegishli  boʻlgan 
investitsiya paylari soniga mutanosib ravishda toʻlanishi kerak. 
Pay  fondi  investitsiya  paylari  egalarining  pay  fondi  negizida  investitsiya 
fondini  taʼsis  etish  toʻgʻrisida  bir  ovozdan  qabul  qilingan  qarori  pay  fondini 
tugatish haqidagi qaror deb eʼtirof etiladi. 
Pay  fondi  tugatilganda  mazkur  pay  fondi  ishonchli  boshqaruvchisining 
faoliyati auditorlik tashkiloti tomonidan majburiy auditdan oʻtkazilishi kerak. 
Investitsiya  payini  muomaladan  chiqarish  pay  fondi  tugatilganda  amalga 
oshiriladi.  Investitsiya  payini  muomaladan  chiqarish  quyidagilar  orqali  amalga 
oshirilishi mumkin: 
-  investitsiya  payining  qiymatini  ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan  pay 
fondi mablagʻlari hisobidan pul mablagʻlari bilan toʻlash; 
-  investitsiya  payini  pay  fondi  negizida  tuzilgan  investitsiya  fondining 
aksiyalariga ayirboshlash.  
Investitsiya  va  pay  fondlari  faoliyatini  tartibga  solish  qimmatli  qogʻozlar 
bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  quyidagilar 
orqali amalga oshiriladi: 
-  investitsiya  va  pay  fondlarini  ishonchli  boshqarish  tartibini,  shu  jumladan 
ushbu  fondlarning  investitsiya  aktivlari  hisobini  yuritish  hamda  ularning  faoliyati 
toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilash; 
-  ishonchli  boshqaruvchi  mansabdor  shaxslarining  hamda  affillangan 
shaxslarining  investitsiya  va  pay  fondlari  operatsiyalarida  ishtirok  etishini 
cheklash; 
-  investitsiya  deklaratsiyasining  mazmuniga  hamda  investitsiya  va  pay 
fondlarining boshqa hujjatlariga doir talablarni belgilash; 
-  investitsiya  va  pay  fondlarining,  ishonchli  boshqaruvchilarning  va 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining faoliyatini nazorat qilish. 
Ishonchli  boshqaruvchi  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  ishonchli 
boshqaruvchi  nomidan  va  uning  hisobidan faoliyat  yurituvchi  Qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysigina  investitsiya paylarini berish,  muomaladan chiqarish  va 
almashtirish  boʻyicha  agent  boʻlishi  mumkin.  Qimmatli  qogʻozlar  markaziy 
depozitariysining  investitsiya  paylarini  berish,  muomaladan  chiqarish  va 
almashtirishga  doir  faoliyati  tartibi  qimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish 
boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 


181 
 
Investitsiya  aktivlarining  hisobini  yuritish  va  ushbu  aktivlar  boʻyicha 
hisobotlar  tuzish 
ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Investitsiyalar  pay  fondining  mablagʻlari  hisobidan  amalga  oshirilgan  taqdirda, 
qimmatli  qogʻozlar  egalarining  reyestrida  va  xoʻjalik  jamiyatlarining  taʼsis 
hujjatlarida  ishonchli  boshqaruvchi  koʻrsatilib,  u  pay  fondining  ishonchli 
boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.  
Investitsiya va pay fondlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish 
ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 

axborotni 
investitsiya 
fondlarining, 
pay 
fondlari 
ishonchli 
boshqaruvchisining, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli 
davlat  organining,  shuningdek  fond  birjasining  rasmiy  veb-saytlarida  qonun 
hujjatlariga muvofiq eʼlon qilish; 
- axborotni belgilangan tartibda soʻrovga koʻra taqdim etish.  
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 
va fond birjasi yuqorida nazarda tutilgan axborotni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon 
qilganlik uchun haq olishga haqli emas. 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish