Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
16.2. Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti 
Bozori  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  tomonidan  tartibga  solishi  moliya 
bozori  amaliyotida  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Mamlakatlar  kesimida  moliya 
bozorini tartibga solishda xilma-xillik kuzatilsada, davlat tomonidan tartibga solish 
amaliyoti  maʼlum  darajada  umumiylik  kasb  etadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda 
quyida  xalqaro  va  milliy  amaliyotda  moliya  bozorini  tartibga  solish  amaliyotini 
koʻrib chiqamiz. 
Moliya bozorini tartibga solishda davlat barcha mamlakatlarda hattoki bozor 
iqtisodiyoti  yuqori  darajada  rivojlangan  davlatlarda  ham  hal  qiluvchi  ahamiyatga 
ega. Bunda moliya bozorini tartibga solishda davlatning ishtiroki qonun ijodkorligi 
faoliyati,  meʼyoriy-huquqiy tartibga solish,  bevosita tartibga solish  mexanizmlari 
hisoblangan faoliyatni litsenziyalash, attestatsiyadan oʻtkazish kabi amaliyotlardan 
foydalanish,  qonunchilikka  rioya  qilinishi  boʻyicha  nazorat  kabilar  vositasida 
amalga oshiriladi. 
Moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat 
tomonidan  tartibga  solish  boʻyicha  turli  tashkilotlar  faoliyat  yuritishi  asosida 
mamlakatlarni beshta yirik guruhga ajratish mumkin. Har bir guruh haqida quyida 
toʻxtalib oʻtamiz
96

Birinchi  guruh  mamlakatlarida  fond  bozorini  davlat  tomonidan  tartibga 
solish  organlari  bevosita  qonunchilik  hokimiyatiga  yoki  davlat  yuqori  mansabdor 
shaxslariga  boʻysunuvchi  nisbatan  mustaqil  institutlardir.  Bunga  bevosita 
mamlakat prezidentiga  boʻysunuvchi AQSH Qimmatli qogʻozlar  va  fond  birjalari 
boʻyicha  komissiyasi  misol  boʻladi.  Avstraliyada  fond  bozori  faoliyatini  tartibga 
solish  Avstraliya  Qimmatli  qogʻozlar  va    investitsiyalar  komissiyasi  hamda 
Avstraliya  prudensial  nazorat  kengashi,  Polshada  Qimmatli  qogʻozlar  va  birjalar 
komissiyasi 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Vengriya 
moliyaviy 
nazorat 
boshqarmasi Vengriyada moliya bozori regulyatori hisoblanadi. 
Ikkinchi  guruh  mamlakatlarda  davlat  tartibga  solish  funksiyalarini  moliya 
vazirliklari  bajaradi.  Bunda  moliya  vazirligi  tarkibida  milliy  fond  bozorini 
boshqarishga  javobgar  maxsus  boʻlinmalar  belgilanadi.  Angliyada  moliyaviy 
xizmatlar va moliya bozori ishtirokchilari tizimi moliya bozori yagona regulyatori 
– Buyuk Britaniya moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi Moliyaviy xizmatlar idorasi 
nazorat zonasiga  kiradi.  Bunday  holat Shvetsiyada  ham  mavjud  boʻlib,  Shvetsiya 
moliya  vazirligi  huzuridagi  mustaqil  agentlik  sifatida  faoliyat  koʻrsatuvchi  Davlat 
moliya  inspeksiyasi  moliya  bozorini  tartibga  solishni  amalga  oshiradi. 
Niderlandiyada  fond  bozorini  tartibga  solish  funksiyalari  Moliya  bozori 
boshqarmasiga yuklatilgan. 
Uchinchi  guruh  mamlakatlarda  fond bozorini tartibga solish bilan  markaziy 
banklar  shugʻullanadi.  Niderlandiyada  Moliya  bozori  boshqarmasi  fond  bozorida 
                                                
96
Закиров Э. Зарубежный опыт регулирования рынка ценных бумаг. //Бизнес-эксперт. – Тошкент, 2015№8. 


190 
 
professional  faoliyat  ustidan  bevosita  nazoratni  amalga  oshiradi.  Umumiy  holda 
mamlakat  moliya  bozorining  barcha  sektorlarini  nazorat  qilish  Niderlandiya 
Markaziy  banki  vakolatlariga  kiradi.    Rossiya  Federatsiyasida  yaqin  vaqtlargacha 
fond  bozorini  federal  tartibga  solish  Moliya  bozori  federal  xizmati  va  boshqa 
davlat organlari tomonidan amalga oshirilardi, lekin 2013 yil 1 sentyabrdan bunday 
tuzilma  bartaraf  etilib,  ularning  funksiyalari  moliya  bozorining  yagona 
megaregulyatoriga  oʻtkazilgan.  Rossiyada  megaregulyator  rolini  bajarish  Rossiya 
bankiga yuklatildi. 
Toʻrtinchi  guruh  mamlakatlarda  fond  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha 
nazorat va boshqa funksiyalar tartibga soluvchi yagona organdan tashqari mahalliy 
hokimiyat  organlari  maxsus  boʻlinmalariga  ham  yuklatilgan.  Bunday  amaliyot 
Germaniyada qoʻllaniladi. 
Va  beshinchi  guruh  mamlakatlarda  fond  bozorini  tartibga  solish  bilan  bir 
vaqtning oʻzida bozorning alohida segmentlariga ixtisoslashgan bir necha organlar 
shugʻullanadi.  Bunday  amaliyot  asosan  fond  bozorida  tijorat  banklari  faol 
ishlaydigan mamlakatlarda, masalan Fransiyada rivojlangan.     
Fond  bozorini  tartibga  solishning  shakllari  va  metodlari  xilma-xilligidan 
kelib  chiqqan  holda  uzoq  va  yaqin  xorijiy  mamlakatlar  misolida  koʻrib  chiqish 
maqsadga  muvofiq.  Qimmatli  qogʻozlar  bozorini  boshqarishga  nisbatan  umumiy 
yondashuvlarning koʻpligiga qaramasdan har bir mamlakatda fond bozorini davlat 
tomonidan  tartibga  solish  institutlarining  shakllanishi  va  rivojlanishi  oʻz 
xususiyatlariga ega.   

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish