2-chizma. Muammoli kreditlarni oldini olishdagi yondashuvlar.5 Bizga ma`lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini ta`minlash va mustahkamlash Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko`rsatishini ta`minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Har bir mamlakatda bu sohada o`rnatiladigan nazorat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo`yicha mumkin bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash masalasini qo`yadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatining pastligi, ularni to`lash bo`yicha muammolarning ko`pligi bank faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va bank tomonidan kredit siyosatini tuzish va uni olib borishda ma`lum kamchiliklarga yo`l qo`yilganidan dalolat beradi. Ba`zi banklar tomonidan berilgan kreditlar sifatini pastligini quyidagi sabablar tufayli, ya`ni birinchidan, kreditlar berishda mijozning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlari, ularning moliyaviy ahvolining yaxshi tahlil qilinmaganligi, ikkinchidan, kreditning ta`minlanganligi to`g`ri aniqlanib, rasmiylashtirilmaganligi va uchinchidan, o`z vaqtida, to`g`ri kredit monitoringi o`tkazilmaganligi tufayli yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
Tijorat banklari faoliyati, ayniqsa kreditlash jarayoni risk bilan bog`liq. Shu sababli banklar faoliyatining barqarorligini ta`minlashda kredit portfelini oqilona boshqarish muhim o`rin tutadi. Fikrlarni yagona tizimga jamlagan holda muammoli kreditlarga quyidagicha ta`rif berish mumkin: kredit risklarini amalda yaqqol namoyon bo`lishining natijasi bo`lib, obyektiv va subyektiv sabablarga ko`ra, kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida, "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o`tib qolgan kreditlar muammolidir.
Tijorat banklarida muammoli kreditlar hisobi "Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to'g'risida"gi 2696-son Nizom, "Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi", "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida"gi nizomiga asosan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Kredit shartnomasi hamda unga qo'shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o'zgartirilgan kreditlar shartlari qayta qo'rib chiqilgan kreditlar sifatida tasniflanadi va quyidagi tartibda hisobga olib boriladi.
Qisqa muddatli kreditlar bo'yicha:
Debet 12109-13209 - berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Kredit 12101-13201 - berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 12105-13205 - berilgan muddati o'tgan kreditlar
Uzoq muddatli kreditlar bo'yicha:
Debet 14505 -15505 - berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Kredit 14501-15501 - berilgan uzoq muddatli kreditlar
Kredit shartnomasiga va kreditni qaytarish grafigiga muvofiq kredit qaytarilmasa muddati o'tgan kredit sifatida tasniflanadi va quyidagicha hisobga olinadi:
Qisqa muddatli kreditlar bo'yicha:
Debet 12105-13205 - berilgan muddati o'tgan kreditlar
Kredit 12101-13201 - berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 12109-13209 - berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Uzoq muddatli kreditlar bo'yicha:
Debet 12105-13205 - berilgan muddati o'tgan kreditlar
Kredit 14501-15501 - berilgan uzoq muddatli kreditlar yoki 14505-15505 - berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Bunda muddatli majburiyatnoma K-2 ga joylashtiriladi.
Aktivlar (kreditlar) bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxira - bank kredit portfeli va balansdan tashqari majburiyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yoki mavjud zararlarni qoplash uchun qiymat summasini o'zida aks ettiradigan bankning barcha kreditlari bo'yicha zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxiralar kontr-aktiv hisobvarag'i.
Maxsus zaxira - «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan kreditlar va lizing yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo'yicha yuzaga kelish mumkin bo'lgan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zaxira.
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar ---- tijorat banki faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar.
Aktivlami tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan, bank kafolatlan, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar uchun qo'llaniladi va balansdan tashqari majburiyatiarni tasniflashni ko'zda tutadi.
Mazkur tizim boshqa bank aktivlari, jumladan, investitsiyalar, qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi, olishga doir hisobvaraqlar, uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlami bajarish bo'yicha sotib olingan talab qilish huquqi va qaytarilmaslik xatari mavjud bo'lgan boshqa aktivlami baholashda ham qo'llanilishi mumkin.
Bank tomonidan benilgan kreditlar quyidagicha tasniflanadi:
Qarzlaming o'z muddatida to'lanishiga shubha tug'dirmaydigan aktivlar sifati «standart» deb tasniflanadi. Bir foiz miqdonda zahira yaratiladi.
Qarzdorming moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendentsiyalar mavjud bo'lib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtinlgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni o'z vaqtida to'lash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo bo'lishi mumkin bo'lgan aktivlar sifati «substandart» deb tasniflanadi. 10 foiz miqdorida zahira yaratiladi.
Tijorat banki sifati «qoniqarsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun ulaming qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 foizi miqdorda maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati «shubhali» deb tasniflangan aktivlar uchun ulaming qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 50 foizi miqdonida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 100 foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Standart aktivlar bo'yicha zaxira bank sof foydasi hisobidan yaratilganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi beriladi:
Debet 31206 Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Kredit 30911 Standart aktivlar bo'yicha zaxira
Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash zahirasini shakllantirish quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:
Debet 56802 - Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni baholash
Kredit 12199-15599 - berilgan kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash zahirasi (kontr-aktiv)
"Ishonchsiz" kreditlarni ehtimoliy zararlarni qoplash zaxiralari hisobidan qoplash to'g'risidagi qaror bank Boshqaruvi tomonidan qabul qilinib, bu haqda bank Boshqaruvi bank Kengashiga uch kunlik muddat ichida ma'lumot beradi.
Zararlarni qoplash zaxiralari hisobidan qoplangan ishonchsiz aktivlarning hisobi "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvarag'ida yuritiladi.
Bunda quyidagi buxgalteriya o'tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 12199-15599 - berilgan kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash zahirasi (kontr-aktiv)
Kredit Tegishli aktiv hisobvaraq.
Berilgan kredit ta'minot hisobiga qoplanadigan bo'lsa pul mablag'lari 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag iga kirim qilingandan so'ng kreditlar bo'yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo'yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Debet 29801 Mijozlar bilan hisob-kitoblar"
Kredit - Kredit hisobvarag'i.
b) Asosiy qarz to'liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Debet 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar"
Kredit 41400-44700 Kreditlar bo'yicha foizli daromadlar.
"Ishonchsiz" aktivlarni ehtimoliy zararlarni qoplash zaxiralari hisobidan qoplash to'g'risidagi qaror bank Boshqaruvi tomonidan qabul qilinib, bu haqda bank Boshqaruvi bank Kengashiga uch kunlik muddat ichida ma'lumot beradi.
Zararlarni qoplash zaxiralari hisobidan qoplangan ishonchsiz aktivlarning hisobi "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvarag'ida yuritiladi.
Dt 95413 - Hisobdan chiqarilgan kreditlar
Kt 96397-"Boshqa ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha kontr-hisobvaraq"
Ishonchsiz aktiv va ular bo'yicha hisoblab yozilgan foizlarning balans hisobvaraqlaridan "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvarag'iga o'tkazish ushbu aktiv bo'yicha qarzlar hamda ular bo'yicha foizlarni bekor qilinishini bildirmaydi. Shuning uchun ushbu qarz, shuningdek u bo'yicha foizlar "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlarida ular bu hisobvaraqlarga o'tkazilgan paytdan boshlab besh yildan kam bo'lmagan muddat mobaynida aks ettirilishi lozim.
Bank qonunchilikka muvofiq mazkur aktiv bo'yicha asosiy qarz va foizlarni undirish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni qo'llashi zarur. Bank qarzdor majburiyatining to'liq summasini to'g'ri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar hisoblab yozishni uni "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvarag'iga o'tkazgandan keyin ham davom ettiradi.
Bunda bank muntazam ravishda, bir oyda kamida bir marta qarzdorga "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlardagi qoldiqlarga mos keladigan asosiy qarz va olinadigan hisoblab yozilgan foizlar bo'yicha muddati o'tgan qarzning mavjudligini tasdiqlovchi "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvarag'idan ko'chirmani ilova qilgan holda kredit bo'yicha qarzni qoplash va u bo'yicha hisoblab yozilgan foizlami to'lash talab qilingan da'vo xatini yuborishi lozim. Da'vo xati va ko'chirmalar bankning muddati o'tgan qarzlarni undirib olish bo'yicha sud organlariga murojaat etishi uchun asos bo'ladi.
Ichki audit xizmati va bank Boshqaruvi har chorakda "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvarag'iga o'tkazilgan ishonchsiz aktivlami undirish bo'yicha qo'llanayotgan chora-tadbirlar haqida bank Kengashini yozma ravishda ma'lumot berishlari shart.
Bank Kengashi moliyaviy yil yakuni bo'yicha bank aktsiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi kun tartibiga bankning ishonchsiz aktivlarini undirish bo'yicha qo'llangan chora-tadbirlar haqidagi masalani kiritadi.
Muammoli kreditlar hisobini to'g'ri yutirish, ularni o'z vaqtida aniqlash va kamaytirish uchun zamin yaratadi, bank moliyaviy natijasining to'g'ri hisob-kitob qilishi, byudjetga to'lovlarni to'g'ri to'lash, banklarning moliyaviy barqarorligini aniqlash hamda ta'minlashga yordam beradi.
Xulosa
Aksariyat hollarda "muammoli kredit"ning belgilari kreditlash jarayonining
dastlabki bosqichida, ya`ni kredit so`rab murojaat qilgan mijozning arizasini ko`rib
chiqish davrida yuzaga keladi. Chunki, uning kredit tarixi to`liq o`rganilmaydi,
moliyaviy hisobotining haqiqatda to`g`ri tuzilganligiga hech kim kafolat bermaydi,
faqat bankning o`zigina hisobotni tahlil qilish vaqtida va mijoz bilan suhbat
jarayonida o`rganishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan bog`liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda bir qancha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarli bo`lmoqda.
Banklar jalb qilingan mablag`lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag`larni "kredit oluvchi"dan to`laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olish zarur. Chunki, bank sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma`lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi.
Bizning mamlakatimizda ham "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ko`proq qo`llanilmoqda va bahs munozaralarga sabab bo`lmoqda. Chunki Respublikamiz bank tizimining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi ancha yuqori foizni tashkil etmoqda.
Ilmiy adabiyotlardarda muammoli kreditlarga bir qancha ta`ri flar berilgan. Ayrim adabiyotlarda, tijorat banklari faoliyatida xavfli bo`lgan qo`yilmalar - bu muammoli kreditlar shakliga kirgan qo`yilmalardir deb ta`riflansa, ayrim adabiyotlarda muammoli kreditlar deganda, obyekti, subyekti va ta`minotiga nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo`lgan kredit deya ta`rif berilgan. Shuningdek, agar berilgan kredit muammolari ta`minotga ega bo`lsa va ushbu ta`minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo`lsa, bu holda ushbu kredit muammoli kredit hisoblanadi, substandart va undan past tasniflanuvchi kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi.
Ilmiy doiralarda muammoli kreditlar bo`yicha bahs -munozaralarning davom etib kelishiga qaramasdan, "muammoli kredit" terminiga iqtisodiy kategoriya sifatida yagona, umume`tirof etilgan ta`rif hozirgacha berilmagan. Buning sabablari qator holatlar bilan izohlanadi. Avvalambor, mazkur muammoning nisbatan yangiligi hamda muammoli kreditlar kelib chiqishining ma`lum bir hodisa sifatida murakkabligidir va tadqiqotlar natijasi shuni beradiki, muammoli kreditlar kelib chiqishi har bir bankda har xil omillar ta`sirida qilingandir. Chunki bank tomonidan amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan jarayonlar iqtisodiy omillar bilangina emas, balki muammoli kreditlarning xususiyatlariga bevosita ta`sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, texnik va boshqa qator omillar bilan ham
belgilanadi.
Muddati o`tgan kreditning asl ma`nosiga ko`ra muammoli kreditlar deb bo`lmaydi, negaki kredit bo`yicha dastlabki to`lovlarning qisqa muddatgacho`zilishi uning umuman qaytmaslik xatarini anglatmaydi. Biroq kreditni so`ndirish bo`yicha to`lovlarning o`z vaqtida bo`lishi uning ishonchli ekanligini kafolatlamaydi, ya`ni ayni paytda o`z vaqtida qaytarilayotgan kredit kelajakda ishonchsiz kreditlar turkumiga o`tib qolishi mumkin.
Shunga qaramasdan, kreditlash tamoyillarining buzilishi bank uchun kreditlash jarayonini tashkil etish vaqtida yechilishi kerak bo`lgan jiddiy muammodir. Bu tamoyillar barchasi kredit shartnomasi shartlarida to`liq aks etganligi uchun muammoli kreditlarga ta`rif berishda kredit shartnomasi shartlarining buzilishi jumlasining ishlatilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Ma`lumki, amaliyotda "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar sifatida tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Oʼzbekiston Respublikasininі Konstitutsiyasi.-T.:"Oʼzbekiston", 2022.-72 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga moijallangan 0‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “2022 — 2026-yillarga mo`ljallangan yangi o`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli farmoni.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasida iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish asosida 2021 yilda strategik maqsadlarga erishish yuzasidan amalga oshiriladigan ustuvor yoʼnalishlarni keng jamoatchilik orasida targʼib qilish boʼyicha ilmiy-ommabop risola. - T.: «Maʼnaviyat», 2021. - 248 bet.
Z. A. Umarov — Banklarda buxgalteriya hisobi. (Darslik) - T.: «Nihol print» OK, 2021. - 508 b.
Umarov Z.A., Ibragimov A.K., Rizaev N.K., Marpatov M.D. — Banklarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari / darslik — T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2019 - 500 b.
Abduilaeva Sh.Z., Azizov U.O, Bank ishi. —T.: Iqtisod-moliya, 2019. 344 b.