O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


-jadval. Muammoli kreditlar kelib chiqishiga qarzdor bilan bog`liq bo`lgan va bog`liq bo`lmagan omillar tasnifi.4



Download 65,11 Kb.
bet6/9
Sana18.07.2022
Hajmi65,11 Kb.
#822411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BANKLARNI KREDIT OPERATSIYALARI VA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

2-jadval. Muammoli kreditlar kelib chiqishiga qarzdor bilan bog`liq bo`lgan va bog`liq bo`lmagan omillar tasnifi.4
Bank faoliyati bilan bog`liq bo`lgan sabablar ham turlicha bo`ladi. Biroq, bankka bog`liq bo`lmagan sabablarga ham, shuningdek, iqtisodiy holatning birdaniga yomonlashuvi, bank tizimiga ishonchning yo`qolib ketishi, tabiiy ofatlar kabi noxush holatlarni kiritish mumkin. Kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida bank tomonidan yo`l qo`yiladigan kamchiliklar natijasida muammoli ssudalar paydo bo`ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
• loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini past darajada tahlil qilinishi;
• qarzdorning kredit mablag`laridan foydalanishi ustidan monitoringning yaxshi olib borilmasligi, ya`ni qarzdorning moliyaviy holati yomonlashishi, pul oqimlarining salbiy dinamikasi holatlarida kreditni restrukturizatsiyalash hamda kredit statusini o`zgartirishni qamrab oluvchi choralarni o`z vaqtida ko`rmaslik;
• mijozning moliyaviy holatiga to`g`ri baho berilmaganligi, kreditni chuqur iqtisodiy tahlil qilish asosida emas, balki tanish- bilishchilik asosida berish;
• hujjatlarning to`liq talab qilinmaganligi;
• korxonaning o`ziga xos tarmoq xususiyatlarini, uning haqiqiy ehtiyojlari haqida yuzaki tasavvurga ega bo`lish oqibatida kreditni risklilik darajasini noto`g`ri hisoblanishi;
• kredit mablag`ining biznes rejada ko`rsatilgan maqsadlarga ishlatilmasligi hamda mablag`ning xufiyona o`zlashtirilishi;
• kredit ta`minoti sifatida taklif etiladigan garov predmetining talabga javob bermasligi yoki garovni yuqori baholash natijasida kredit ta`minotining yetarli bo`lmasligi;
• bank xodimlari bilan o`zaro til biriktirib, kredit mablag`ini talon - taroj qilish oqibatida;
• kreditni noto`g`ri rasmiylashtirilishi, masalan, kredit shartnomasida kreditor-bank manfaatlarini himoya qiladigan shartlarning yetarli emasligi;
• kreditdan foydalanish davrida qarzdorning faoliyati ustidan nazoratning sustligi va boshqalar.
Yuqoridagilar kreditlash jarayonining dastlabki bosqichida yuzaga keladi. Mijoz va bank o`rtasida imzolanadigan kredit shartnomalari har ikki tomon uchun majburiy hisoblanib, o`z muddatida to`liq bajarilishi talab etiladi.
Restrukturizatsiya qilingan kreditlar – qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to`lovning dastlabki shartlari o`zgargan kreditlar. Agarda bank tomonidan quyidagi amallarning hech bo`lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar restrukturizatsiyalangan hisoblanadi:
• foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan fo izlarning undirib olinmasligi;
• jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi;
• kreditni to`lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;
• foizlarga doir to`lovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz kechish;
• oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni restrukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo`lgan boshqa yon berishlar.
Kreditning o`z vaqtida qaytarilmasligini quyidagi belgilar orqali bilish mumkin: Bank quyidagilarga e`tibor berish lozim:
• Balanslarning belgilangan muddatlarda topshirilmasligi (korxonada hisob-kitob ishlari izdan chiqqanligi haqida signal);
• Debitorlik qarzini tez sur`atlarda o`sishi (tarkibini tahlil qilish, paydo bo`lish vaqti va uning o`sishi sabablarini aniqlash);
• Qisqa muddatli kreditorlik qarzining nomutanosib o`sishi;
• Likvidlik koeffitsientining pasayishi;
• Aktivlar summasida asosiy kapital ulushining o`sishi;
• Sotuv hajmining pasayishi (bozor qanday o`rganilgan va xokazo);
• Muddati o`tib ketgan qarzlarning o`sishi;
• Operatsion faoliyatdan keladigan zararlarning paydo bo`lishi va xokazo.
Aynan yuqoridagi bandlarda keltirilgan omillar kredit monitoringini samarali olib borishga, salbiy tasir ko`rsatib, muammoli ssudalarni kredit portfeli tarkibida o`sishiga olib keladi.
Muammoli kreditlar odatda, qarz oluvchining kreditni to`lashi uchun yetarli pul mablag`lari bo`lmagan hollarda yuzaga keladi. Ba`zi hollarda ular mijozning hisobida mablag`lar bo`la turib kreditni to`lashni xohlamaganda ham yuzaga kelishi mumkin. Zaxiralarning shakllantirishi aktivlar o`z qiymatini yo`qotish gumoni tug`ilganligini, ya`ni aktivlarning qadrsizlanganligining ko`rsatilishidir. Ushbu zaxiralar savdolanmaydigan aktivlar, ya`ni aktivlarning bozor bahosi bo`yicha qarzdorga talablar qo`yish amaliy jihatdan umuman mumkin bo`lmagan holatlarda majburan shakllantiriladi.
Qarz oluvchi mijozlar uchun tashqi umumiqtisodiy, siyosiy, tarmoqli va stixiyaviy noqulayliklar yoki xususiy, ya`ni mijoz faoliyatiga oid omillar oqibatida aktivlar qiymatining yo`qolish shubhasi yuzaga keladi. Ko`rsatilgan omillar qarz oluvchining moddiy ahvolining yomonlashuviga salbiy tasir qilib, qarzdorning olingan qarzni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirib, yoki umuman yo`q qilib yuborishga olib keladi. Aktivlar qiymatining yo`qolishiga, shuningdek, qarz olgan mijozning o`z majburiyatlarini bajarmasligiga sabab bo`ladi.

Download 65,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish