O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Qarz oluvchilarning asosiy guruhlari



Download 65,11 Kb.
bet4/9
Sana18.07.2022
Hajmi65,11 Kb.
#822411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BANKLARNI KREDIT OPERATSIYALARI VA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Qarz oluvchilarning asosiy guruhlari





xo`jalikka

aholiga

davlat organlariga



Yo`nalishi bo`yicha kreditlar

iste`mol

sanoat

savdo

qishloq xo`jaligi

investitsion

budjet





Kreditlar foydalanish muddati bo`yicha

qisqa muddatli

uzoq muddatli



Miqdori bo`yicha kreditlar

yirik

o`rta

mayda



Ta`minlanganlik bo`yicha

ta`minlanmagan

ta`minlangan

garovli

sug`urtalangan

kafolatlangan





Bank kreditlari maqsad bo`yicha

qishloq xo`jaligiga berilgan ssudalar



ipoteka ssudalari

savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar

moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar

lizing moliyalashtirish

jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar

boshqa ssudalar




1-chizma. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga beriladigan kredit turlari.2
Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari bo`yicha xo`jalikka, aholiga, hukumatning davlat organlariga berilgan kreditlarga bo`linadi. Yo`nalishi bo`yicha kreditlar: iste`mol, sanoat, savdo, qishloq xo`jaligi, investitsion, budjet. Kreditlar foydalanish muddati bo`yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo`linadi. Miqdori bo`yicha kreditlar yirik, o`rta, mayda kreditlarga bo`linadi. Ta`minlanganlik bo`yicha ta`minlanmagan (ishonch) kreditlar, ta`minlangan kreditlarga bo`linadi.
O`z navbatida ta`minlangan kreditlar ta`minlanish xarakteriga ko`ra garovli, kafolatlangan, sug`urtalangan kreditlarga bo`linadi.
Bank kreditlari maqsad bo`yicha ipoteka ssudalari, moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar, qishloq xo`jaligiga berilgan ssudalar, savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar, jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar, boshqa ssudalar, lizing moliyalashtirishlarga bo`linadi. Bunda bank o`zining qaysi tarmoqqa ko`proq e`tibor berishiga qarab, u yoki bu kredit ulushi kredit portfelida ko`proq bo`ladi. Bu uning kredit siyosatidan kelib chiqadi. Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy o`rinni egallaydi va bank daromadining katta qismi ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Bank yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini to`g`ri tashkil qilishi zarur bo`ladi. Bank o`lchami ham uning kredit portfeliga ta`sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi, ayniqsa bir qarz oluvchiga beriladigan kreditning maksimal miqdorini belgilovchi kapitali hajmi muhimdir. Katta banklar odatda ulgurji kreditorlar hisoblanadilar, ular o`zlarining kreditlarining asosiy miqdorini korporatsiyalar va boshqa firmalarga beradilar. Kichikroq banklar esa fuqarolarga kichik ssudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, ferma va rancho egalariga kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yo`naltirilganlar.
Bundan tashqari kredit portfeli tarkibiga kreditlashning turli ko`rinishlari sohasida menejerlarning tajriba va malakasi, hamda o`z kredit inspektorlariga ma`lum ko`rinishdagi kreditlarni bermasligi ko`rsatilgan bank kredit siyosati ham ta`sir ko`rsatadi.
Kredit portfelining tarkibi ma`lum darajada bankning kutilayotgan daromadiga ham bog`liq, chunki bank odatda kutilayotgan daromadi maksimal bo`lgan ssudalarni berishni ma`qul ko`radi. Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to`g`ri va sifatli olib borishlari zarur. Xo`jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho`t ma`lumotlaridan kelib chiqqan holda, kredit buyurtmasi va iltimosnomasini tuzadi.
Iltimosnomada kredit olish zarurligi, uning samaradorligi, qaytarilishi, to`lovi va ta`minlanishi, shuningdek, o`z kapitali tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qilinadi.
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• kredit buyurtmasi;
• pul oqimi tahlili ko`rsatilgan biznes reja;
• oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari va to`lov muddati 90 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalar talqini bilan birga;
• foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot;
• aylanma mablag`larini aylanishi hisob-kitobi.
Kredit xodimi yuqorida qayd etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda
quyidagilarni aniqlaydi:
• subyektlarning kredit va to`lov qobiliyati, uning reyting bahosini, shuningdek kredit maqsadlarining ustav faoliyatiga muvofiqligi, kredit turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik, qoplash, muxtoriyat, qarz mablag`larini jalb qilish, foyda va aylanma mablag`lari aylanishi koeffitsientlaridan foydalanadi.
Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit biti mlarining turli sohalariga, balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o`rganib chiqqach, bank xodimi kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko`rsatiladi:
• kreditning maqsadi, muddati va miqdori;
• kredit qaytarilishining ta`minlanishi;
• foiz miqdori va boshqalar.
Umuman olganda mijozning kreditga layoqatliligini baholashning asosiy ko`rsatkichlarini ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq Bular edi:
• likvidlik koeffitsienti.
• qoplash koeffitsienti.
• muxtorlik koeffitsienti va qo`shimcha ko`rsatkichlardan, aylanish koeffitsientlari aniqlanadi.
Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarzlarni to`lash uchun o`z mulkini pulga aylantirish imkoniyati haqida dalolat beradi.
Likvidlik koeffitsienti:
pul mablag`lari+tez sotiladigan talablar
Lk = -------------------------------------------------------------------------;
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
Qoplash koeffitsienti:
1,2,3 - guruh likvid mablag`lari
Qk = -------------------------------------------------------------------------;
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
Aylanma mablag`larning aylanishi koeffitsienti (Ak) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga tezligini xarakterlab, u ma`lum davr ichida aylanma mablag`lari necha marta aylanganligini ifodalaydi:
Realizastiya qilingan mahsulot hajmi
Ak = -------------------------------------------------------------------------;
aylanma mablag`larning o`rtacha xronologik qoldig`i
Ak ni hisoblash aylanishini prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma mablag`larning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin, bu ko`rsatkich korxona aylanma mablag`larining bir marta (P-T-I/Ch-T-P) aylanishi uchun necha kun ketishini ko`rsatadi:
aylanma mablag`lar o`rtacha qoldig`i x 360
Ak (kuniga) = ----------------------------------------------------------;
realizastiya hajmi
Aylanma mablag`lar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to`lashi shuncha tez amalga oshiriladi.
Muxtorlik koeffitsienti:
O`z mablag`lari manbalari
Mk= --------------------------------------------------------- x 100%
balans jami summasi
Qisqacha aytganda, kreditlash jarayoni yuqoridagicha tashkil etish, bank risklarining oldi birmuncha olinib, sifatli kredit portfeli shakllanishiga xizmat qiladi. Kreditga layoqatlilikni aniqlash kreditlash jarayonining asosiy tomoni hisoblanadi. Shu sababli ham yuqoridagi usullarni aniq va to`g`ri amalga oshirish kreditlarning sifatini yaxshilaydi. Tijorat banklarning operatsiyalari uning aktiv operatsiyalari ichida asosiy o`rinni egallaydi, shuning uchun bank kredit portfelining sifati uning faoliyati natijalarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Har qanday bankning kredit portfeli boshqarib turiladi, chunki kredit portfeli sifati, boshqa bank xizmatlari sifatiga nisbatan, riskni va bank ishonchliligini baholash uchun muhimdir. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o`rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin.
Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba`zi hollarda qayta moliyalashtirish va o`z mablag`lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy bank va shunga o`xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin. Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning faoliyatiga ko`proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz riski ta`sir qiladi. Tijorat banklari faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yo`naltirilgan bo`lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog`i ham yuqori bo`ladi. Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez sotiladigan aktivlar va yuqori likvid mablag`larning mavjudligi bilan belgilanadi.
Tijorat banklarining kredit portfelini berilgan ssudalarning ta`minlanganlik
darajasiga qarab quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
• birinchi darajali ta`minotga ega bo`lgan;
• boshqa ta`minotga ega bo`lgan;
• to`liq ta`minlangan;
• ta`minlanmagan ssudalarga bo`linadi.
Birinchi darajada ta`minlangan kreditlar guruhiga to`liq ta`minlangan kreditlar kiradi. Ular quyidagilar bilan ta`minlanadi:
• O`zbekiston Respublikasi hukumati kafolati;
• O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari kafolati;
• Erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov;
• O`zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog`ozlari ko`rinishidagigarov;
• Standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo`yilmalari ko`rinishidagi garov.
Boshqa ta`minotga ega bo`lgan ssudalar guruhiga quyidagilar:
• mol-mulk garovi;
• qimmatli qog`ozlar ko`rinishidagi garov;
• boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalarkiradi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to`la - to`kis olib boorish ular tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog`liq, banklar o`zlarning kredit siyosatiga ko`ra mijozlarning ta`minotini belgilashlari mumkin.
O`z navbatida, tijorat banklari kredit portfeli sifatini muntazam tahlil qilib borishlari zarur. Bu kreditlarni boshqarish, kredit portfeli sifatini yaxshilash, shuning natijasi o`laroq bank foydasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kreditlash jarayonida yo`l qo`yilgan xato bank kredit siyosatining noto`g`ri tuzilganligidan dalolat beradi. Muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli davrning ko`p berilishida kuzatilmoqda. Shuningdek kredit monitoringida doimiy nazoratning olib borilmasligi va uning natijasida kredit va unga to`lanadigan foizlarni vaqtida to`lanmasligi, oxir-oqibatda mijozning kreditorlik yukini oshib ketishi va uni to`lash bo`yicha moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Ta`sir etuvchi omillar

Ta`sir etish
darajasi (%)

Ichki omillar

67 %

Ta`minot yetishmasligi

22 %

Ssuda buyurtmasini o`rganishda axborotni
noto`g`ri baholash

21 %

Operatsiya nazoratining zaifligi, hamda
dastlabki ogohlantiruvchi belgilarni o`z vaqtida
aniqlamaslik va ular yuzasidan tegishli choralar
ko`rmaslik

18 %

Garov ta`minoti sifatining pastligi

5 %

Shartnomada ko`rsatilgan ta`minotni olish
imkoniyati yo`qligi

1 %


Download 65,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish