16
milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvi va o‗zaro bog‗liqligi
kengayishi, umumjahon
xo‗jaligi yuzaga kelishi ro‗y beradi.
A. Smit keyinchalik o‗zining juda mashxur bo‗lgan erkin savdo shiorini
olg‗a surgan edi. Uning konsepsiyasini esa keyinchalik ingliz iqtisodchilari D.
Rikardo, R. Torrens va Jon Styuart Mill rivojlantirdi. Ushbu klassiklarning
xalqaro mehnat taqsimoti to‗g‗risidagi ilmiy nazariyasiiing asosiy yutuqlarini biz
ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlar nazariyasida ko‗ramiz.
Bu nazariya xalqaro
savdo to‗g‗risidagi iqtisodiy ta‘limotning ―klassik‖ asosi hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga qanday
omillar ta‘sir qiladi? Birinchidan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish,
ikkinchidan, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‗tarish, uchinchidan,
ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirishga intilish zarurati kabi omillar ta‘sir qiladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy
yo‘nalishi – ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan chambarchas
bog‗liq. Xalqaro kooperatsiya va xalqaro ixtisoslashuv xalqaro mehnat
taqsimotining asosiy shakllari hisoblanadi.
Turli davlatlardagi korxonalarning ma‘lum bir tovarlarni chiqarishga
ixtisoslashuvi zamonaviy ilmiy-texnika inqilobiga chambarchas bog‗liq.
Jahon
iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi
ikkita yo‗nalish (ishlab
chiqarish va hududiy yo‗nalish) bo‗yicha rivojlanib boradi, o‗z navbatida ishlab
chiqarish yo‗nalishi:
a) sohalararo;
b) davlatlararo;
v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo‗linadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli – xalqaro ishlab
chiqarish kooperatsiyasidir. Uning ob‘ektiv asosi, ishlab chiqarish rivojlanishining
o‗sib borayotgan darajasi hamda mamlakat tashqarisida ro‗y berishidan qat‘iy
nazar, mustaqil korxonalar o‗rtasida ro‗y berayotgan barqaror ishlab chiqarishdagi
aloqalar jarayoni hisoblanadi.
17
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma‘lum bir munosabatlar
tizimi sifatida
xizmat
ko‗rsatayotgan faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o‗zining rivojlangan shakllarida
hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan bo‗lib, ular quyidagilardan iborat.
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
Savdo
va
taraqqiyot
bo‗yicha
konferensiyasi (YUNKTAD) ma‘lumotlariga qaraganda, global qo‗shilgan qiymat
zanjirlari (GQQZ) xalqaro mehnat taqsimotida borgan sari rivojlanib bormoqda.
Jahon iqtisodiyotida korxonalarning GQQZga ulanishini nazarda tutuvchi
jarayonlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo‗lmoqda
9
. Hozirga kelib, xalqaro
savdoning 80 foizi
GQQZ orqali amalga oshirilib
10
, mazkur jarayonda transmilliy
korporatsiyalar yetakchi rol o‗ynamoqda
11
.
Do'stlaringiz bilan baham: